Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti



Download 22,25 Kb.
Sana08.07.2022
Hajmi22,25 Kb.
#757271
Bog'liq
Akparov mustaqil ish 7


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA YO’NALISHI
3 – kurs talabasi Akparov Inomjonning
Tabiiyot va geografiya o’qitish metodika” fanidan

MUSTAQIL ISHI


Mavzu : GEOGRAFIYA TA’LIMI JARAYON QISMLARI
Qabul qildi : Avezov M .

TOSHKENT-2022


Reja:

  1. Ta’lim jarayoni va uning tuzilishi

  2. Geografiya ta’limining jarayon qismlari

  3. Geografiya ta’limida bilim va dalillar (faktlar)ning o‘rni

O’qituvchi reja asosida darsning tarkibiy qismlari, unda belgilangan ishlarni bajarish, darsda talabalar faolligini oshirish, ta’lim jarayonining obyektiv va subyektiv sifatida faoliyat ko’rsatishni ta’minlashni asosiy maqsad qilib oladi. Har bir dars o’quvchilar va o’qituvchining birgalikdagi faoliyati shakli sifatida tashkil etiladi. Buning uchun esa dars tarkibiy qismi, uning har bir bosqichidagi ishlarni aniq rejalashtirish zarur. Ushba vazifani bajarish uchun dars tarkibi bo„yicha talabalarning bilim va ko’nikmalari, reja bo’yicha bilimlar aniqlanadi.


Darsni tarkiban quyidagi qismlarga ajratish mumkin:

  1. tashkiliy qism;

  2. o’tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash);

  3. yangi mavzuni tushuntirish;

  4. yangi mavzuni mustahkamlash;

  5. o’quvchilarni baholash;

  6. uyga vazifa berish.

Dars ishlanmasini tayyorlashda o’qituvchi darsning har bir qismini e’tiborga olishi maqsadga muvofiq. Dars ishlanmasi (konspekt) hamma o’qituvchida bo’lishi shart. Lekin dars ishlanmasi qanday mazmunda, hajmda va necha varaqdan iborat bo’lishi o’qituvchining dars o’tishdagi o’ziga xos yondashuvidan kelib chiqqani ma’qul. Bunda hamma o’qituvchi uchun bir xil chegara, cheklov o’rnatib bo’lmaydi. Agarda o’qituvchi dars berayotgan o’quvchilarning o’zlashtirish samaradorligi yuqori bo’lsa, ular turli ko’rik-tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan bo’lsa, o’qituvchining dars jarayoniga maktab ma’muriyati va hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralari xodimlari tomonidan halaqit berishlariga yo’l qo’yilmaydi.
Bilim – tashqi dunyoni, ob’ektiv borliqni ongimizda aks etishini yozma va og’zaki shakli. Bilimlar nazariy va emprik bilimlarga bo’linadi.
Nazariy bilimlar narsa va hodisalarni mohiyatini, ular orasidagi bog„liqlik va aloqalarni aks ettiradi. Nazariy bilimlar – bu umumlashgan bilimlardir, ularga nazariyalar, qonunlar, qonuniyatlar, sabab va oqibatlar, tushunchalar kiradi.
Emperik bilimlar – geografiya borliq va hodisalarni tashqi xususiyatlarini aks ettiradi. Unga tasavvur va dalillar kiradi. Hozirgi paytda geografiyada nazariy bilimlarning salmog’i oshib bormoqda.
Geografiya kurslarining hammasida umumiy tushunchalar (relef shakllari, iqlim turlari, iqtisodiy rayonlar, mehnatni geografik taqsimlanishi, sabab va oqibatlar muhim o’rin tutadi.
Nazariy bilimlar. Tushuncha – borliqning kishi tafakkurida aks etishini bir shakli. Tushunchalar obstrakt tafakkur natijasida hosil bo’ladi. Tushuncha bilishning asosiy birligi hisoblanib umumiy va aniq tushunchalaraga bo’linadi.
Umumiy tushunchalar deganda alohida voqea va hodisalar haqida emas, balki umumiy bir xil nomga ega bo’lgan voqea va hodisalar tushuniladi. Masalan, daryolar, tog’lar, xalq xo’jaligi tarmog’i, iqtisodiy rayon. Umumiy tushunchalarning mohiyatini aniqlaganda, hamma voqea va hodisalar uchun umumiy bo’lgan xususyatlar ochib beriladi.
Masalan: “Geosinklinalar” deb yer qobig’ining harakatchan qismlariga aytiladi. Umumiy tushunchalar geografiya kurslarining ilmiy asosini tashkil qiladi. Maktab dasturida quyidagi umumiy tushunchalarni ko„rishimiz mumkin: “Quyosh radiatsiyasi”, “Havo massasi”, “Mehnat resurslari”, “Urbanizatsiya”.
Aniq tushunchalar – o’zining nomiga ega bo’lgan aniq geografik borliq, hudud. Volga daryosi, Qora dengiz. Aniq tushunchalarning mohiyati geografiyak bayonlarda ochib beriladi. Aniq tushunchalar: Afrika, Fransiya, Pomir.
Tushunchalar asosiy va bo’ysungan tushunchalarga bo’linadi. Masalan: “tog’ jinslari” asosiy tushuncha, “matematik tog’ jinsi” bo„ysungan tushuncha.
Sabab va oqibatlar – geografik voqea va hodisalar orasidagi sabab va oqibatlarni aks ettiradi. Tabiiy geografiya kurslarida quyidagi sabab va oqibatlar ochib beriladi: relef, iqlim, quruqlik suvlari, Dunyo okeani, tuproqlar. Relef Erning ichki va tashqi kuchlarini oqibati deb qaraladi. Tabiiy geografik komplekslar ham sabab va oqibatlarni ochib berish tufayli ajratiladi. Iqtisodiy geografiya kurslarida sabab va oqibatlarni quyidagi turlari ochib beriladi: Ijtimoiy-iqtisodiy to’zum va xo’jalik o’rtasidagi: davlat tarixiy rivojlanishi va xo’jaligining hozirgi xususiyatlari o’rtasidagi: davlatni rivojlanishi bilan uning iqtisodiy geografik joylanishi o’rtasidagi: tabiiy sharoit va xo’jalikning tuzilishi o’rtasidagi.
Qonuniyatlar – geografik borliq, hodisa va jarayonlar orasidagi eng muhim va nisbatan mustahkam aloqa va bog’liqliklarni aks ettiradi. Tabiiy geografiyada quyidagi qonuniyatlar ochib beriladi: bir butunlik, moddalarning aylanma harakati, davriylik, zonallik hamda ayrim tabiat tarkiblarini vujudga kelish qonuniyatlari (iqlim, relef).
Nazariya – bu kishilar ilmiy faoliyatini umumlashmasidir. Nazariya tabiat yoki jamiyatning ayrim qismlarini rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiradi. Masalan, tabiiy geografik rayonlashtirish nazariyasi, iqtisodiy geografik rivojlantirish nazariyasi, TTK nazariyasi va h.k.
Emprik bilimlar – tasavvur - geografik borliqning xayoliy tasviri shakli, tasavvuri, obrazi. Aniq tasavvur voqea va hodisalarni bevosita
Ko’rish orqalim paydo bo„ladi. Xayoliy tasavvur esa ma‟lum bir hodisalarni va sharoitlarni bayonini yoki ta’rifini o’qish orqali paydo bo’ladi.
Dalillar – maktab geografiyasi mazmunida ko’proq ob’ektning o’lchamlari, yog’inlar, havo, suv sarfi, iqtisodiy dalillar uchraydi.
Ko’nikmalar – bu faoliyat metodlari, bu metodlar orqali talabalar olgan bilimlarini amalda qo„llashadi. Ko’nikmalarning qo’llash har safar o’ylashni talab qiladi, shuning uchun ko’nikmaga avtomatizm xos emas.
Malaka-avtomatik ravishda tez bajariladigan faoliyat. Ko’nikmalar o’quv vazifasiga va maqsadlariga qarab turli guruhlarga bo’linishi mumkin. Bu esa quyidagi ko’nikmalarni bir-biridan ajratishga imkon beradi: ob’ektlar bayoni: TTK va TICHK ta’rifi va h.k.
Ko’nikmalar yordamida talabalar turli xil tafakkur metodlarini qo’llashi mumkin: analiz, sintez, umumlashtirish, abstrakt qiyoslash.
Dunyoqarash g„oyalari. Bu aniq geografik bilimlarning g’oyaviy umumlashmasidir. Tabiiy geografiyada tabiatga dialektik nuqtai nazardan qarash g’oyasi mavjud, ya’ni hamma tabiat tarkiblari bir-biri bilan chambarchas bog’langan.
Ichki predmetlararo aloqalar. Ichki predmetlararo aloqalar bu har bir kursning ma’lum bir dastur asosida o’rganishdir. Bunda bilimlarni, ko’nikmalarni va dunyoqarash g’oyalarini hosil bo’lishini ketma ketligi alohida o’rin tutadi.
Tabiiy geografiya kursida bir qancha bilimlar tizimi bor: geologikgeomorfologik, iqlimiy gidrologik va TTK lar va h.k. Ushbu har bir tizimga ham nazariy ham emprik bilimlar, aniq ko’nikmalar kiradi. Masalan, ob-havoni kuzatish, iqlim xaritalarini o’qish ko’nikmalari.
Bilimlar har bir kursda rivojlanib boradi. Iqtisodiy geografiya kursining mazmuni quyidagi asosiy tushunchalar bo’yicha ichki aloqalarni hisobga olgan holda ishlab chiqish: iqtisodiy geografik joylanishi, tabiiy resurslar, mehnat resurslari, uning muhim tarmoqlari.
Tabiiy va iqtisodiy geografiya o’rtasidagi aloqalar ham chambarchasdir, chunki ishlab chiqarish tabiiy geografiyada insonni tabiatga ta’siri o’rgatiladi. Bunda ishlab chiqish mohiyati muhim o’rin tutadi. Iqtisodiy geografiyada tabiiy geografik bilimlar tabiiy boyliklarga xo’jalik jihatdan baholashda ishlatiladi.


FOYDANILGAN ADABIYOTLAR
1. GEOGRAFIYА O’QITISH METODIKASI . H.VAHOBOV, .R.ALIMQULOV, N.B. SULTANOVA Toshkent-2020
2.WWW.WIKIPEDIA.UZ
3. WWW.ZIYONET. UZ
Download 22,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish