1 – mavzu: Maktabgacha oligofrenopedagogika kursining predmeti, vazifasi, maqsadi, metodlari


O`z-o`zini tekshirish uchun savollar



Download 0,69 Mb.
bet45/58
Sana30.12.2021
Hajmi0,69 Mb.
#95310
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58
Bog'liq
makt oligo маъруза 4-kurslarga (2)(1)

O`z-o`zini tekshirish uchun savollar.

1. Kichik guruhda kattalik tushunchalarini shakllantirish bo`yicha ishlar jarayonini so`zlab bering.

2. O`rta kattalik tushunchalarini shakllantirish bo`yicha qanday ishlar ol ib boriladi ?

3. Katta guruhda kattalik tushunchalarini shakllantirish bo`yicha ishlar jarayonini so`zlab bering,

4. Tayyorlov guruhda kattalik tushunchalarini shakllantirish buyicha olib boriladigan ishlar haqida aytib bering.



16 – Mavzu: Aqli zaif bolalarda fazoviy tasavvurlarini shakllantirish

REJA:


  1. Kichik guruhda fazoviy tasavvurlarini shakllantirish

  2. O`rta guruhda fazoviy tasavvurlarni shaklantirish ishlari

  3. Katta guruhda fazoviy tasavvurlarni shaklantirish metodikasi

  4. Tayyorlov guruhda fazoviy tasavvurlarni shaklantirish metodikasi


Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning fazoviy tasavvurlarini shakllantirish metodikasi
Dasturning asosiy vazifasi maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga o`ziga nisbatan mo`ljal olishni o`rgatishdan iborat. Bolalarni o`zidan oldinda, orqada kabi fazoviy yo`nalishlarni ajrata olishga o`rgatishni shart qilib qo`yadi.

Fazoviy yo`nalishlarni farq qilishda bolalarning o`z gavda qismlarini aniq farq qilishi va o`ziga nisbatan tomonlarni aniqlashi asos bo`lib xizmat qiladi. Masalan «oldinda» deganda bola o`zining yuzi tomonni, «orqada» deganda esa - gavdasining orqa tomonini tushunadi.

SHuni ehtiborga olib, o`quv yili boshida aqli zaif bolalarning tomonlarni «o`zlariga nisbatan aniqlay olishlarini, gavda va yuz qismlarining nomini bilishlarini tekshirib ko`rish muhim ahamiyatga ega». Bolalar bunga kundalik turmush faoliyatda o`rgatib boriladi.

Bolalarning yuvinishi va kiyinishi vaqtida defektolog ular bilan erkin suhbatlashib, gavda va yuz qismlari nomini aytadi: «Burningni, qulog`ingni, peshonangni art», «boshingga ro`mol o`ra», «bo`yninga sharf bog`la». Kichkintoylarning o`zini gavda va yuz qismlari nomini aytishga undash muhim ahamiyatga ega. Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar tomonlarni o`zlariga nisbatan yetarli darajada yaxshi aniqlay olmaydilar. SHuning uchun «Qo`g`irchoqni cho`miltiramiz», «Qo`g`irchoqni o`xlashga yotqizamiz», «Qo`g`irchoqni kiyintiramiz» kabi didaktik o`yinlardan foydalaniladi. Bu o`yinlar vaqtida bolalarning diqqati faqat yuvintirish, kiyintirish jarayonlariga emas, balki gavda va yuz qismlarini farq qilishga va nomini aytishga ham qaratilishi muhimdir. Bolalardan biriga qo`g`irchoqning ko`kragini, yelkasini va boshqa ahzolarini yuvish taklif qilinadi. Bu vaqtda guruhdagi boshqa bolalardan o`zlarining gavda qismlarini ko`rsatishlari so`raladi. «Sizning orqangiz qani? Yelkangiz qani? Qulog`ingiz-chi?

Kichkintoylar o`zlarining yuz va gavda qismlari kaerdaligini bilib olganlaridan so`ng, ularga uzlarining turli tomonlarini aniqlash o`rgatiladi. Defektolog boladan so`raydi: «Sening orqangda nima bor?», «Oldingda-chi?» (ko`kraq qorin, yuz). Yoki «Sening orqang qaerda, ko`kraging-chi?»

Bolalarga ayni bir vaqtda o`zaro qarama-qarshi juft yo`nalishlarni, yahni yuqorida-pastda, oldinda-orqada degan tushunchalarni farq qilish mashq qildiriladi, chunki bolada ularning biri haqida tasavvur hosil qilish ikkinchisi haqidagi tasavvurlarning shakllantirilishiga tayanadi.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar ayniqsa o`ng qo`l bilai chap qo`lni farq qilishda ancha qiynaladilar. Agar defektolog qo`lning nomini shu qo`l bilan bajarilayotgan va avvalo har qaysi qo`l uchun harakterli bo`lgan ishlar bilan doimo bog`lab borsa, bu qiyinchiliklar yo`qoladi.

Defektolog nonushta yoki tushki ovqat vaqtida, mashg`ulotlar va boshqa paytlarda bolalar diqqatini nima qilayotganliklari va qaysi qo`llari bilan qilayotganliklariga jalb etadi. Bolalar qaysi qo`llarida qoshiqni, qaysi qo`llarida nonni, qaysinisida qalamni, mo`yqalamni, qaysinisida esa qog`ozni ushlab turganliklari haqida aytib berishlari kerak.

O`ng va chap qo`lni bir-biridan farq qilish va nomini aytish mashqi boshqa harakatlarni bajarishda ham o`tkaziladi. Masalan, defektolog musiqa va jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida bolalarga o`ng qo`llariga havo rang bayroqchani, chap qo`llariga esa yashilini yoki o`ng qo`llariga uzun lentachani, chap qo`liga esa kaltasini olishni taklif qiladi, kichkintoylardan qaysi qo`llarida qanday predmet borligini so`raydi.

O`ng va chap qo`lni farqlashga va nomini aytishga o`rgatish jarayonida o`zidagi turli tomonlarni: bosh – yuqorida, oyoqlar - pastda ekanligini, o`ng oyoq, o`ng quloq, chap quloq va hokazolarni bilish ko`nikmasini o`stirishga katta ahamiyat beriladi. Bu ish individual suratda ham, bolalarning uncha katta bo`lmagan guruhi bilan ham, o`tkaziladi. Defektolog ularga ko`plarini tizzalariga tekkazishlarini va qaysi oyoqlari chap, qaysinisi ung ekanligini topishni taklif qiladi. Kichkintoylar chap qo`l qaysi tomonda bo`lsa chap oyoq shu tomondaligini, o`ng oyoq esa o`ng qo`l tomonda ekanligini bilib oladilar. Xuddi mana shu yo`sinda bolalar o`ng tomon qaysi-yu, chap tomon qaysi ekanligini fahmlab oladilar.

Mashqlar o`tkazilayotgan vaqtda bolalarni bir-birining qarshisiga, doira shaklida yoki burchak burchaklarga o`tkizmaslik kerak. CHunki shunday qilinsa, bolalar va defektolog bir tomonga o`tirishlari yoki turishlari kerak.

Bolalardagi bu ko`nikmalarga tayanib, ularni o`zlariga nisbatan fazoviy yo`nalishlarni: oldinga, orqaga, chapga, o`ngga kabilarni ko`rsatib berishga o`rgata boshlash mumkin.

Jismoniy tarbiya va musiqa mashg`ulotlarida bolalarda joyni bilish va birinchi navbatda yo`nalishlarni topish mashqlarini bajarish uchun katta imkoniyatlar bor. Masalan, defektolog bolalardan bayroqchalar (yoki shaqldoqlar)ni olishni va qo`llarini har tomonga cho`zishni buyuradi. Qisqa bir vaqt ichida bolalar havo rang bayroqchani chap qo`llarida ushlab u bilan chap tomonni ko`rsatadilar.

Pedagogning ko`rsatmasiga binoan bolalar bayroqchalar bilan pastni, yuqorini ko`rsatadilar. Ular aytilishi bilan oldinga engashishni, qo`llarini yuqoriga ko`tarishni, pastga tushirishni va shu kabilarni o`rganadilar. «Bekinmachoq», «Koptokni qaerga tashladingiz» o`yinlaridan foydalaniladi. Bunday o`yin mashqlarini 6-8 marta takrorlash lozim, ularga taxminan 4-5 minut vaqt ajratiladi.

Kichik guruhda bolalar qog`oz betidagi har xil joyni bilish yuzasidan dastlabki ko`nikmalarni hosil qiladilar. Mashg`ulotlarda ularga narsalarni qog`oz betining yuqorisiga va pastiga tartib bilan qator qilib qo`yib chiqish o`rgatiladi.

Pedagog rasm solish mashg`ulotlarida predmetlarni tasvirlash usullarini ko`rsatib qo`l xarakati yo`nalishining nomini: yuqoridan pastga, pastdan tepaga va x.k. deb aytib beradi. Bolalar harakat yo`nalishining yoki tekislikdagi predmetlar joyining nomini aytishga undaladilar. «Halqachalar qaerda ko`proq?», («Pastda»), «Qaerda kamroq?» («Yuqorida»).

Kichik guruhda bolalarning ertalab, kunduzi, kechqurun va kechasi kabi vaqt oraliqlari haqidagi tasavvuri aniqlanadi. Sutka qismlarini kichkintoylar o`z faoliyatlari mazmunining o`zgarishiga hamda shu vaqt oralig`ida atroflarida bo`lgan katta yoshdagi kishilar faoliyatiga qarab farq qiladilar.

aniq kundalik tartib, bolalarning uyqudan turish, ertalabki badantarbiya, nonushta, mashg`ulot vaqtlari qathiy belgilab qo`yilganligi va xokazolar sutkaning bo`laklari haqida tasavvur hosil qilish uchun real sharoitlar yaratadi.

Defektolog vaqt bo`lagining nomini aytadi va bolalarning shu vaqtga moe bo`lgan faoliyat turlarini sanab chiqadi. «Hozir, ertalab biz gimnastika qildiq yuvindiq endi esa nonushta qilamiz». Yoki «biz allaqachon nonushta qilib bo`ldiq shug`ullanib ham bo`ldik. Hozir kunduz kun. Tez orada tushki ovqatni yeymiz». Masalan boladan quyidagilar so`raydi: «Hozir ertalab. Sen ertalab nima qilasan. Sen o`rningdan qachon turasan?» va shu kabilar.

Kun davomida bolalar bilan birgalikda kunning turli bo`laklarida bolalar va kattalarning faoliyatini tasvirlaydigan rasmlar ko`rib chiqiladi.

Rasmlar shunday bo`lishi kerakki ularda vaqtning mazkur bo`lagi uchun harakterli bo`lgan belgilar aniq ko`rinib tursin. Defektolog rasmda tasvirlangan bolalar (kattalar) nima ish qilayotganliklarini va bu harakat qaysi vaqtda bajarilayotganligini aytadi. U bolalarga savollar beradi. «Sen erta bilan nima qilding? Kunduzichi?» yoki «Sen qachon o`ynaysan? Qay vaqtda sayr qilasan? Sen qachon uxlaysan?» Keyin bolalar, masalan, erta bilan kunduzi yoki kechqurun kattalar yoki bolalar nima qilayotganliklari tasvirlangan rasmni tanlab oladalar.

Bolalar asta-sekin erta bilan kunduzi, kechqurun, kechasi so`zlarining aniq mazmunini tushunib oladilar. Ularga emotsional rang beriladi. Bolalar o`z nutqlarida ulardan foydalana boshlaydilar.


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish