19 – Mavzu: Aqli zaif bolalarni rasm chizishga va loy yoki plastilindan o`yinchoqlar yasashga o`rgatish
REJA:
Aqli zaif bolalarni rasm chizishga o`rgatish
Aqli zaif bolalarni loy yoki plastilindan o`yinchoqlar yasashga o`rgatish
Ta`limning birinchi ikki yilida rasm, loy ishi, applikatsiya va qurish-yasash mashg`ulotlarini tarbiyachi olib boradi. Haftada 4 marta mashg`ulot o`tkaziladi (barcha faoliyat turlariga bittadan mashg`ulot to`g`ri keladi). Ta`limning uchinchi yilidan boshlab qurish-yasash mashg`ulotini o`qituvchi defektolog olib boradi, tarbiyachi esa faqat bolalarni tasviriy faoliyatga o`rgatadi (haftasiga 4ta mashg`ulot: loy yoki plastilindan narsa yasash yoki applikatsiya xaftada 1ta, rasm 3 marta, shulardan 1ta predmetli, 1ta syujetli, 1ta dekorativ). Hamma mashg`ulotlar kunning birinchi yarmida, guruhchalarga bo`lingan holda. Bir-ikki yil ta`lim olayotgan bolalar guruhida mashg`ulotlar 15-20 daqiqa davom etadi, 3-4yil ta`lim olayotganlarda 35daqiqagacha davom etadi. Mashg`ulot o`tkazish uchun bolalarning stullari tarbiyachi stoli oldiga yarim doira shaklida qo`yiladi. Stullarni bunday joylashtirish frontal mashg`ulotda yakka ishlash imkonini beradi: har bir bola ishni qanday bajarayotganini ko`radi, naturani u barcha bolalarga yaxshi ko`rinishi, ko`z o`ngida bo`lishi lozim;tarbiyachi stoliga shunday joylashtirish kerakki, mashqlar o`tkazish uchun kerakli o`yinchoqlarni joylashtirish zarur.
Mashg`ulotlar, odatda, quyidagi tartibda quriladi:
1.Tayyorlov qismi.
Suhbat, tayyor tasvirni ko`zdan kechirish, tarbiyachining bolalar hayotidagi vaziyatni qog`ozga bo`yoq bilan yoki doskaga mel bilan tasvirlash, ertak yoki hikoya o`qish, predmet xususiyatlarini(shakl, rang, kattalik bo`yicha elementlarning mosligi, fazoda joylashganligi) xususiyatlarni idrok etishni rivojlantirishga doir o`yin va mashqlar o`tkazish,ko`ruv-xarakat koordinatsiyalarini shakllantirishuning mazmunini tashkil qiladi
2. Asosiy qism. Predmetli rasm chizish,loy yoki plastilindan narsa yasash,applikatsiya ishlarini bajarishdan avval naturani tekshiriladi.Unda predmetli loy ishi, rasm chizish, applikapiyadan avval naturani tekshirish ishini o`tqazish;namuna taxlil qilinadi,quri yasashdan oldin namuna taxlil qilinadi;syujetli rasm chizish,loy yoki plastilin,applikatsiya ishlarining mazmuni rejalashtirish amalga oshirilgach,bolalarning mustaqil faoliyati boshlanadi.
3 Mashg`ulot bolalar faoliyatini baxolash va tayyor ishni tahlil qilish bilan yakunlanadi.
Ta`limning hamma yillari uchun mashg`ulotlarga asosiy talablari qo`yidagilar:
Taklif etilayotgan vazifalarga aqli bolalar qiziqishini o`stirish mos hissiy holatni tashkil etish;
bolalar faoliyatining kerakli motivatsiyasini (ko`pincha o`yin) tahminlash. SHu munasabat bilan har bir mashg`ulotning boshlang`ich xolatini to`g`ri tashkil etish juda muhim.
Bolalarda tasvir obhektiga,syujet mazmuniga nisbatan qiziqish uyg`otish, syujetli rasm chizish va loy yoki plastilin bilan ishlash etapida qiziqarli mazmun aks etish talabini shakllantirish.
Bolalarda idrok etilgan faoliyatni rivojlantirish uchun vazifa bajarishda mustaqillikni shakllantirish bo`yicha tizimli
ish olib beriladi. Faqat shunday sharoitdagina aqli zaif bolalar syujeli va mavzuga oid rasm, loy yoki plastilin,applikatsiya bo`yicha narsalar yasash darajasiga o`tadilar.Tassavvvuri bo`yicha narsalarni tasvirlashda butun tasvirni barcha xususiyatlari bilan mustaqil tasvirlash xususiyatiga ega. Bolalarda o`z tasviriy tajribalarini so`z bilan ifodalashga diqqat qaratiladi. Masalan, tasvirning mazmunini bir necha sodda gap bilan bayon qilish, ular nimani yasashgani, chizishgani, yopishtirishgani haqida hikoya qilib beradilar. Bolalarga avval pedagog yordamida, keyin mustaqil ravishda rejalashtirib olishga o`rgatiladi.So`z yordamida rejalashtirish bolalarda tasavvur bo`yicha chizish, yasash, yopishtirishni rivojlantirish uchun tasvirning vazifasini ajratish uchun, mashg`ulotning yakuniy etapini maqsadga yo`naltirilgan holda o`tkazish, yahni bajargan tasvirlarini baholash uchun katta ahamiyatga ega.
O`zlarining tasviriy tajribalarini so`z bilan ifodalash qobiliyatlarini rivojlantirishga, chizgan, yasagan, yelimlangan narsalari haqida so`zlab berishlariga, tasvir mazmunini bir necha sodda gaplarda yetkazib berishlariga katta ehtibor qaratiladi. Har bir bolaning oldida turgan faoliyatlarini elementar rejalashtirish (Avval tarbiyachi bilan, keyin mustaqil) ham ehtiborsiz qoldirilmaydi.
Aqli zaif bolalar, 4 yil mobaynida tasviriy faoliyatlarini shakllantirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat. zaif bolalar, 4 yil mobaynida tasviriy faoliyatlarini shakllantirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat.
Ta`lim ning 1-yili propedevtik xarakterga ega.Bu vaqtda bolalarga turli tasvirlarni idrok etishga o`rgatiladi tasviriy faoliyat vosita va materiallari bilan tanishtiriladi, ko`ruv-harakat koordinatsiyasini koordinatsiyasini rivojlantiriladi.Bu vaqtda tarbiyachi bolalar uchun kup chizadilar.Ta`lim yili oxirida bolalar malakasi primitiv tasvirlash darajasiga yetadilar.
Ta`lim ning birinchi yilida bolalarning kattalarga taqlid qilish va namuna obraz asosidagi xarakatlari qo`llaniladi.
Ta`lim ning ikkinchi yili turli predmetlarni tasvirlash malakalarini o`zlashtirish davri sifatida ko`rish mumkin.Predmetli chizish, loy yoki plastilin bilan ishlash, va applikatsiya faqat natura asosida o`tkaziladi.Maqsadga qaratilgannaturaning taxlili -tekshirishi asosida-bolalar rasm chizadilar, yopishtiradilar, quradilar, bu ishlar tarbiyachi raxbarligida bajariladi.Bolalarga asosiy qismni ajratishni, predmetni shakli, rangi,elementlar joylashishini ko`ra olishga, o`rgatiladi. Bu barcha xususiyatlar va sifatlar tekshirish jarayonida aniqlanadi,ular so`zda keyin tasvirda namoyon bo`ladi.
Predmetlar bilan tanishtirishda predmetlarni butun xolda idrok qilish, unga ijobiy xissiy munosabatlarni shakllantirishga diqqat qaratiladi buning natijasida bolalar tomonidan bajarilgan tasvirlarning sifati yaxshilanadi va oshadi.
SHu vaqtda bolalarni hajmli va tekis namunalarni taxlil qilishga o`rgatiladi.
Uchinchi va turtinchi ta`lim yili syujetli rasm chizish, loy yoki plastilindan narsa yasashni rivojlantirish, shuningdek bolalarning ijodiy fikrlarini rivojlantirish davri hisoblanadi.Bu vaqtda bolalarni oldindan rejalashtirish, fikrlarini anglash, tasvirlarni solishtirish, o`zi va o`rtoqlarining ishini baholashga o`rgatiladi.
Tabiiy ravishda tasviriy faoliyatning mavzulari kengayadi.Bolalarni rasm va loy yoki plastilin bilan ishlash syujetli-rolli o`yinlar, hikoyalar, ertaklar, tanish shehrlarning mazmunini tasvirlashga undaydi.
Katta guruhlarda bolalar bo`sh vaqtlarida hohlaganlarini chizish, yasash imkoniyatlari bo`lishi uchun tasviriy faoliyat burchaklari tashkil etiladi.
Har bir bolada rasm uchun o`z alg’bomi bo`lishi kerak. Ular alohida varaqlarda bo`lmasligi kerak, chunki bu bola faoliyati xarakteriga tahsir ko`rsatadi.
Aqli zaif bolalarda tasviriy faoliyatnirivojlantirish ishining muvaffaqiyati ko`p jihatdan ta`lim metodlariga, mashg`ulotlarda ish turlarini to`g`ri tanlashga, har bir bolaning yakka imkoniyatiga bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |