1 – mavzu: Maktabgacha oligofrenopedagogika kursining predmeti, vazifasi, maqsadi, metodlari



Download 0,69 Mb.
bet57/58
Sana30.12.2021
Hajmi0,69 Mb.
#95310
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
makt oligo маъруза 4-kurslarga (2)(1)

Nazorat uchun savollar

  1. Aqli zaif bolalarni rasm chizishga o`rgatishda nimalarga e`tibor berish kerak?

  2. Aqli zaif bolalarni loy yoki plastilindan o`yinchoqlar yasashga o`rgatish?


20 – Mavzu: Yopishtirishga va qurish – yasashga o`rgatish metodikasi

REJA:

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tekislikdagi tasvirlar bilan harakatlar bajarishga o`rgatish

  2. Aqli zaif bolalarni qurish – yasashga o`rgatish metodikasi



Tekslikdagi tasvirlar bilan harakatlar bajarish.

Agar loy va plastilindan yasalgan yasamalar bilan o`iinchoq kabi harakat bajarib bo`lsa, rasm va applikatsiyada boshqacha yo`l tutiladi. Rasm va applikatsiyada real predmetni ko`ra olishga o`rgatksh uchun, ularda tekslikdagi tasvirni tushunishni shakillantirish uchun bu tasvirlar bir qator boshqa predmetlar bilan solishtiradilar, boshqatordan uni tanlash amalga oshiriladi.

Tasvirlash uchun, odatda, bir emas bir kancha predmetlar tanlanadi. Masalan, tarbiyachi stolga 3-4 xil kichik hajmli o`yinchoqlarni qo`kib, ulardan birini kog`ozga flamaster bilan tasvirlaydi. Bolalar tasvirni tanib, nomlaydilar. So`ngra tarbiyachi tasvirni biron-bir bolaga berib taalluqli predmetga qo`yishni taklif etadi. Bu yerda bu vazifani qanday berish muxim. Tarbiyachi bolaga savol bilan murojaat qiladi: “Men nima chizdim? (yopishtirdim)”, so`ngra javobni tasdiklaydi yoki rad etadi. “Endi o`ylab ko`r, rasmni qaerga qo`yish kerak? Bu yergami? Balki bu yergami? O`ylab ko`r”. Mashg`ulot davomida tarbiyachi bola imkoniyatiga qarab predmetlar sonini ko`paytirib boradi. O`qitishning boshidanoq bolalar joylashtirishi xarakatini tushunmaydilar. Ular predmetlarni qatordan tanlamaydi, balki kattalar ko`rsatgan tashqi harakatlarnigina idrok qilib, tasvirni ulardan xohlaganiga joylashtiradi. tarbiyachi bolaga ko`rsatishi va solishtirish ishorasi yordamida bu usulga o`rgatiladi: «Bu yerda nima chizilgan? To`g`ri archa. Bu yerda archa qani? Ko`rsat. To`g`ri chizilgan archani qaerga qo`yamiz? Ko`rsat. Ana endi qo`yishing mumkin». SHuni o`zidayoq yana qandaydir predmet tasvirlanib, boladan uni topishni so`raladi va joylashtirishni bajaradi. Endi kattalar yordamisiz o`zi mustaqil bajaradi (ishora orqali taqqoslash, joylashtirish, nomlash, tanlaganini tushuntirish). Bu turdagi ishni o`tkazishdagi eng keng tarkalgan xatolardan biri quyidagi. Boladan tarbiyachi qog`oz varag`ida nima chizganini so`rab murojaat qiladi, javob olinadi: «To`g`ri men piramida chizdim, endi piramidani piramida ustiga qo`y», deb aytadi. Bu ko`rsatmada qatordagi predmetlarni tanlashga berilgan masalaning tayyor yechimi mavjud bo`lib, bolalar doim joylashtirishni to`g`ri bajaradilar. Birok bolaning tarbiyachi ko`rsatmalari qanday yo`l tutishi nomahlum. Tarbiyachi katordan predmetlarni ajratish masalasini bola joylashtirish vazifasini bajarib bo`lgandan keyin o`rnini yoki o`zini boshqa predmet bilan almashtirishi, boshqalarini qo`yishi ham mumkin. Tarbiyachi keyingi predmetni tasvirlashga o`tadi. Keyin boshqa bolaga joylashtirishni amalga oshirishni so`raydi. Zaruriyat bo`lsa, yana o`qitishga o`rgatadi. Bunda faqat nomlabgina qolmasdan, balki ko`rsatish va taqqoslovchi ishoralardan ham foydalaniladi. Mashg`ulotda faqat shu vaqtda rasm yoki applikatsiya bilan ishtirok etayotgan bola emas, balki barcha bolalarning diqqati faollashtiriladi.

Tanlash shartlarini vaqt o`tishi bilan predmetlar sonini ko`paytirish yoki bolalarning yangi, keyinroq aqliy xarakatlarini egallashlariga tahsir etuvchi sifat o`zgarishlarini kiritish orqali murakkablashtiriladi.Buning uchun bolalar diqqatini nafaqat boshqa qatordagi premetlardan keragini ajratishga,turli predmetlardan turli belgilarni (rang,shakl,xajm va xk) ajratishga jalb qilinadi. Tashqi ko`rinishdan bu ish yetarli darajada kiyin. Masalan, mashg`ulotning maqsadi asosiy belgilardan biri xisoblangan predmetning rangiga bolalar diqqati qaratiladi. Stol ustida bitta belgisi buyicha farq qiluvchi bir turdagi predmetlar turibdi (rangi buyicha). Piramidalar-qizil, sariq ko`k, oq. Tarbiyachi varaqqa avval ko`k rangli qalam bilan chizadi. SHundan keyin bolalardan piramida qanday rangda chizilganligi so`raladi va xokazo. Bolalar diqqatini bir-biridan farq qiluvchi belgilarga qaratiladi. Bolalar mustaqil farklarni ajratishi va unga tayanib,joylashtirishini amalga oshiradi.(Bu rasm qaerga to`g`ri keladi? Uni qaerga qo`yamiz? Qaysi piramidaga? Bunga to`g`ri keladimi? Yuk. Bu yergachi?. ana endi to`g`ri. Nima uchun?. chunki bu ko`k piramida, men ham shunday ko`k rangda chizdim). Pedagog avval tushuntiradi, bolalar esa faqat qaytaradilar: Bunda bolalar kerakli ranglarning nomini biladimi yoki yo`qmi bunga qaralmaydi. asosiysi xarakatni boshlashdan avval taklif qilinayotgan predmetlar diqat bilan ko`rib chiqilib, o`zlari asosiy farq qiluvchi belgini ko`rishlari, ko`rsatish ishorasi bilan tasvirni mos premetga taqqoslaydilar. Xuddi shu printsipga asoslanib, bolalarni predmet shaklini mo`ljalga olish urgatiladi.Buning uchun faqat shaklan farq qiladigan predmetlar tanlanadi.(xajmi,rangi bir xil).Bular yelim to`plamidan olingan shar, kubik, bo`lishi, to`g`riturtburchak, doira, uchburchak, yulduz shakliga ega bo`lgan didaktik material to`plamidagi predmetlar bo`lishi mumkin. Taklif qilingan predmetlar ichidan bolalar rasmda tasvirlangan predmetni tanlab, ajratilgan farqli belgisi asosida mustaqil predmetni topadilar,applikatsiya yoki rasm joylashtiradilar.




Maxsus o`yinlar yordamida bolalar turli shakllar, rang, kattaliklarni solishtirish, farqlash, idrok qilishni mashq qildiradilar. Bunday o`yinlar, odatda, mashg`ulot bosqichlari orasida yoki uning boshida qo`llaniladi. Ular kup vaktni olmaydi,lekin uning uchun yetarli darajada tayyorgarlik kurishi kerak.Ularning ko`pchiligi asosida namunaga qarab tanlash yotadi ("Xuddi shundayni ber" tamoyili asosida). Rasmlardgi tasvirlar predmetli bo`lishi muhim, chunki faqat geometrik figura yoki rangli kvadratlar tasvirlangan rasmlar bolalarda kam qiziqish o`yg`otadi.

Predmetlar tasvirlangan rasmlarni esa xuddi shakl va rangni ajratish uchun qo`llagandek, boshqa maksadlarda ham qo`llash mumkin. Bolalar predmetning mazmuniga ko`ra turli yakka materiallar olganlarida o`yin, ayniqsa, qiziqarli o`tadi.

Masalan, o`iin maqsadi: rangli namunaga karab bolalarni predmet tanlashga o`rgatish. Buning uchun tarbiyachi 6 ta to`plam rasm tayyorlaydi. Har bir komplektga bir predmetning 6 xil rangdagi tasviri chizilgan. Bir bola turli rangli ko`ylak tasvirini, ikkinchisi- rumollar uchinchisichisi-paypoqlar turtinchisi-qo`lqop,beshinchisi-tufli,oltinchisi-shim tasvirini oladi. Uz rasmlarini bolalar oldilariga qo`yadilar, tarbiyachi esa hammasi bir xil rangda bo`yalgan varakni ko`rsatib, bolalarga murojaat qiladi: "O`z rasmlaringizga karang. Kaysi biri mening varag`imga mos bo`ladi. Tug`ri. Sen-chi, Nargiza, qara mening varag`im qanday(ko`targan rasmga yaqin olib kelib, uni solishtiradi v ax k).

Albatta yo`q,qarachi sening rasmlaringda nimalar tasvirlangan?Tuflilar.Qani shunday rangli tufli?Mana.Endi to`g`ri.Bu qizil tufli.Nima uchun u qizil tuflini ko`rsatdi?U qanday rangda?Qizil.Lola senda nima kizil rangda?Qizil ro`mol va boshqalar.



Bu mashg`ulotda shakl va rangni idrok etishni rivojlantirish Uchun,shuningdek har bir bolaning aqliy faoliyatini faollashtirishga qaratilgan korrektsion-pedagogik ishni tahkidlash mumkin.


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish