Oligofrenopedagogika – (grekcha “oligos” – kam, “fren” – aql so’zlaridan olingan) aqli zaif bolalarni o’qitish va tarbiyalash haqidagi fan bo’lib, defektologiya bo’limlaridan biri hisoblanadi.
Aqli zaiflikning engil darajalarida bu nuqson tashqaridan qaraganda uncha ko’zga tashlanmaydi. Bunday bolalarni odatdagi nuqsonni tengqurlaridan ajratib olish ham ko’p hollarda qiyinchilik tug`diradi. Ba`zi hollarda tegishli ta`lim - tarbiya amalga oshirilmasa, bunday bolalar pedagogik qarovsiz bolalar safiga kirib qoladilar. Ko’p hollarda engil darajadagi aqli zaiflik hollari ilk yoshlarda aniqlab olinmasligi natijasida rivojlanishi orqada qolgan, sustlashgan bolalarga aralashtirib yuboriladi. Nuqsonli bolalarni diagnostika kilish ishlaridagi xatoliklar ba`zi hollarda ko’ngilsiz natijalarga olib kelishi mumkin. Masalan, ommaviy maktabga tushib qolgan aqli zaif bola nuqsonsiz tengqurlari singari ular bilan birga o’quv materiallarini o’zlashtira olmaydi. O’z vaqtida malakali yordam olmagandan keyin borgan sari bunday bolalarning bilim saviyalari pasayib, surunkali o’zlashtirmovchilar qatoriga kirib qoladilar. Xuddi shu tarzda aqli zaiflar qatoriga noto’g`ri qo’shib qo’yilgan nuqsonsiz bola sun`iy ravishda o’z rivojlanishidan orqada qola boshlaydi. CHunki nuqsonli bolalar ta`limi materiallari unga engillik qiladi, u o’z ong bilim doirasiga mos bilim olmasligi natijasida uning aqliy rivojlanishi sekinlashadi. YOrdamchi maktab dasturi materiallari elementar, sodda mazmunda tuzilganligi uchun nuqsonsiz bolalarning bilishga bo’lgan talablarini qondira olmaydi. Bolaning aqliy rivojlanishigina emas, balki umumiy rivojlanishi ham orqada qoladi. Ayniqsa, shaxsiy sifatlari noto’g`ri shakllana boshlaydi. Bulardan tashqari, bunday bolalarning ota-onalariga ham og`ir ruhiy ta`sir etkaziladi. Bunday noxush, ko’ngilsiz holatlar aqli zaiflikning mohiyatini tushunib etmaslik natijasida sodir bo’ladi. SHuning uchun oligofrenopedagogikada aqli zaiflik masalasi alohida o’rganishni talab etadigan mavzulardan biridir. Aqli zaiflik deganda me`yoriy ruhiy rivojlanishdan chetlashib, haqiqiy, real aqliy nuqsonlikka olib keluvchi holat tushuniladi. Bunday holat «aqli zaiflik» nomi bilan atala boshlandi. Bu erda «Aqliy qoloqlik» bilan «aqli zaiflik» tushunchasi orasida hech qanday farq yo’q. Ammo keyingi yillarda «aqliy qoloqlik» tushunchasiga e`tibor kuchaymoqda. Qandaydir ilmiy asoslar etarli bo’lmasada, turli manbalarda ba`zan bir - birlarini to’ldiruvchi fikrlar uchrab turadi. «Aqli zaif» yoki «aqli kam» tushunchalarida aqlning etarli emasligi qayd etiladi. «Aqliy qoloqlik”da esa aqlning etarli emasligini e`tirof etish bilan birga, aqlning rivojlanish imkoniyatlarini inkor etmaydi. CHunki sekinlashish, orqada qolish deganda rivojlanish to’xtagan degan ma`no kelib chiqadi.
“So’nggi yillarda aqli zaiflik mohiyatini tushuntirishda ma`lum ruhiy kasalliklar emas, balki qobiliyatlarining rivojlanmasligi asosida kelib chiqadigan xulqning buzilishidir, deb ko’rsatish odat tusiga kirib qolmoqda. SHular asosida noto’g`ri holda «aqliy qoloqlik» tushunchasi kengaytirilib, unga pedagogik qarovsiz bolalar, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar, huquq-tartib normalarini buzuvchi bolalar ham kiritilmoqda.
Aqli zaiflikning mohiyati nuqsonning moddiy asosi bilan bog`liq, bunga bosh miyaning organik buzulishini ko`rsatadilar. Boshqacha aytganda aqli zaiflikning moddiy asosi sifatida kasallangan bosh miya e`tirof etiladi. Bu kasallik natijasida bolaning bilish faoliyatlari keng ma`noda buzulib, aqliy rivojlanish tezligi, samaradorligi pasayadi. Bosh miya kasalliklari sababini kelib chiqishiga ko`ra ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) sabablarga bo`lishimiz mumkin. Aqli zaiflikni keltirib chiqaruvchi sabablar turli ilmiy, uslubiy, psixologopedagogik va tibbiy adabiyotlarda turlicha bayon etiladi. Bu sabablarni qisqacha quyidagi tarzida ifodalash mumkin:
a) homila davrida turli salbiy ta’sir etuvchi infeksiya, intoksikasiya va jarohatlar;
b) tug`ilish vaqtidagi jarohat va asfeksiya;
c) chaqaloqning ilk yoshida salbiy ta`sir etuvchi yuqumli intoksikatsiya, ovqatlanishning buzilishi va boshqalar;
d) turli irsiy yo`l bilan avloddan avlodga o`tadigan gen, xromosoma kasallaiklari.
Aqli zaif bolalar bosh miyasi chuqur zararlanganligi sababli barcha asab faoliyatlari buzilgan bo’ladi. Bu buzilishlar bosh miyaning (qo’zg`alish va tormozlanish jarayonlarida ham o’z aksini topali. Hatto ikki signal sistemalarining o’zaro aloqalarida buzilishlar ko’zga tashlanadi. Defektolog va psixologlarda L.S.Vigotskiy, L.V.Zankov, Suxareva, G.M.Dulnev, T.A.Vlasova, G’.B.Shoumarov, P.M.Po’latova va boshqalar tomonidan ta’kidlanishicha, aqliy qoloqlikda ruhiy nuqson murakkab tuzilishga ega ekan. Ularning ko’rsatishicha, bir tomondan birlamchi nuqson ta’sirida oddiy aqliy jarayonlar buzilsa, ikkilamchi nuqson sifatida ruhiyatning oliy shakllari, xotira, xarakter belgilari buziladi.
Oligofrenopedagogikaning maxsus markazida turadigan manba nuqsoning o’zi emas, balki u bilan bog`liq buzilgan ruhiy holatdir. SHu bilan birga, biz “aqli zaiflik” deb bu holatning turg`unligini ham tushunamiz. Mana shu mezonning bor yoki yo’qligiga qarab, aqliy qoloqlikni boshqa unga o’xshash turlaridan farqlashimiz lozim. Aqli zaiflikning asosiy belgilari:
A) bosh miyada organik buzilishning mavjudligi;
B) bilish faoliyatlarining umumiy va chuqur buzilganligi;
V) bilish faoliyatlari buzilganligining turg`un xarakterdaligidir.
Aqli zaif bolalar guruhiga quyidagi bolalar kirmaydi:
A) aqliy rivojlanmaganlik bosh miyaning organik buzilishlari bilan bog`liq bo’lmagan pedagogik qarovsiz bolalar;
B) ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar;
V) aqliy jihatdan sog`lom bo’lib, chuqur nutq kamchiliklari mavjud bo’lgan bolalar”3.
Hozirgi vaqtda yordamchi maktablarimizda asosan aqli zaiflikning engil darajasi — debil bolalar ta`lim - tarbiya oladilar. Bular bir toifaga kirmaydigan bolalardir. Bular orasida amalda sog` va kasalliklari davom etuvchi bolalar ham uchraydi.
Amalda sog` bolalar toifasiga aqliy nuqsonlar ilk rivojlanish davrida kasallikka chalinib, kasalliklarining rivojlanishi to’xtagan bolalar kiradi. Bunday bolalarning keyingi aqliy rivojlanishi nuqson asosida davom etadi. Ammo bular amaldagi sog` bolalardir. Oligofren bolalar bu toifaning asosiy, tipik vakillaridir. Bu bolalar maxsus maktab o’quvchilarining asosiy qismini tashkil etadi. Maxsus maktab o’quvchilarining ikkinchi toifasini aqliy nuqsonlilikni keltirib chiqargan kasalliklari davom etadigan bolalar tashkil etadi. Bunday bolalar ma`lum rivojlanish davrigacha meyorida rivojlanib, keyinchalik kasallikka chalinganlardan iborat. So’nggi yillarda tabiiy fanlarning rivojlanishi asosida oligofreniyaning etiologiyasi va patogenezi haqidagi ma`lumotlar yanada kengaydi.
G. E. Suxarevaning (1965, 1972) tasnifnomasi birmuncha keng tarqalgan. G. E. Suxareva tomonidan oligofreniyaning quyidagi shakllari ajratilgan:
I. Endogen xarakterdagi oligofreniya (daun, mikrotsefaliya).
II.Embrion va fetopatiya (yuqumli kasalliklar, zaxm, garmonal buzilishlar).
III. Turli zararli ta`sirlar oqibatida kelib chiqadigan oligofreniya.
Qator oligofreniya tasnifnomalari klinik-patogenetik printsip asosida tuzilgan. Bularga rus psixolog, defektologlardan M. S. Pevzner (1959, 1965, 1979), S. S. Mnuxin (1961), O. E. Freyerov (1964), D. E. Melexov (1965), G. E. Suxareva (1965), D. N. Isaev (1970)larni ko’rsatish mumkin.
M. S. Pevzner tasnifnomasida asosiy nuqson tuzilishi bilan birga neyrodinamik, psixopatologik va boshqa buzilishlarni ajrata olish imkoniyatlari berilgan. Oligofreniyani bunday tasniflash ular bilan olib boriladigan psixologo-pedagogik tuzatish usullarini belgilashga yaxshi yordam beradi. M. S. Pevzner oligofreniyaning quyidagi asosiy turlarini ajratib ko’rsatadi:
1. Oligofreniyaning murakkablashmagan turi.
2. Neyrodinamik jarayonlari buzilgan oligofreniya
3. Xulqi psixopat xarakter kasb etuvchi oligofreniya.
4. Turli analizatorlari buzilgan oligofreniya.
5. Peshona qism etishmovchiliklari yaqqol ko’rinib turuvchi oligofreniya.
Oligofreniyaning murakkablashmagan turida qo’pol ruhiy, jismoniy buzilishlar deyarli uchramaydi. Bunday bolalar odatda mehnatsevar, intizomli bo’ladilar, ularning asab sistemalari turg`undir. Biror ish bajarganda ular etarli darajada diqqatlarini bir joyga yig`a oladilar. Hissiyotlari ham nisbatan saqlangan. Maktabda, oilada turli yumushlarga yordam beradilar. Maxsus maktab dastur materiallarini muvaffaqiyatli o’zlashtiradilar. Murakkablashmagan oligofreniyada nevrologik buzilishlar, tana tuzilishidagi nomutanosibliklar juda kam uchraydi.
Neyrodinamik jarayonlari buzilgan oligofrenlarda aqliy nuqson qo’zg`aluvchanlik yoki tormozlanuvchanlik bilan birga keladi. Aqliy faoliyat diqqatning tarqoqligi, impulsivligi, harakat tizimlarning buzilganligi natijasida yanada ko’proq buziladi, tez-tez bo’lib turadigan bosh og`rig`i, vegetativ distoniya, nevroz xarakterdagi buzilishlar, aqliy faoliyat jarayonlariga o’zining salbiy ta`sirini o’tkazadi. Bu toifaga apatik - dinamik buzilishlari bo’lgan oligofrenlarni ham kiritish mumkin. Xulqi psixopat mazmun kasb etuvchi oligofrenlarda jinsiy intilishlarning buzilishi, daydib yurishga moyillik, o’g`rilikka ruju qo’yish holatlari uchrab turadi. Bunday nuqsonlar asosan meningoentsefalit, meningit, bosh miyasi jarohat olgan oligofrenlarga xosdir.
Bosh miya organik buzilishlari natijasida kelib chiquvchi aqliy nuqson bilan birga ma`lum analizatorlarning jarohatlanishi ham yuz berishi mumkin. Aqliy nuqson ko’rish, eshitish, nutq va harakat tizimidagi nuqsonlar bilan birga keladi. Ba`zi hollarda aqliy nuqson markaziy falajlar bilan qo’shilib ham kelishi mumkin. Buning sabablari turli - tuman, bo’lishi mumkin. Organizmda modda almashinuvining buzilishi, rezus faktor, genetik nuqsonlar ham bunday turdagi oligofreniyaning kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin.
Aqliy nuqson peshona qism kamchiliklari bilan birga kelganda, bilish faoliyatining maqsadga muvofiqligi qo’pol buzilgan bo’ladi. Ayrimlarida passivlik, bo’shanglik, so’zsiz bo’ysunish ko’zga tashlansa, boshqalarida uyatsizlik, kayfiyatning sababsiz ustunligi, tez - tez diqqatning tarqalib turish hollari uchrashi mumkin. Bunday bolalar nutqi tashqi tomondan juda "boy, sermazmun bo’lib tuyulsa-da, aslida ularga o’zlarining gaplarini tushunmaslik, birovlarning fikrlarini qaytarish, o’zlariga tanqidiy qaramaslik xislatlari xosdir. Salbiy ta`sirlarning bola organizmiga ikki yoshidan keyingi ta`siridan kelib chiqadigan oligofreniya dementsiya deb yuritiladi. Dementsiyani keltirib chiqargan sabablar, uning kechish xususiyatlari, asoratlariga qarab organik, epileptik va shizofrenik dementsiya turlarga ajratiladi.
Barcha maxsus maktab o’quvchilarini amaliy maqsadda ikki guruhga bo’lish mumkin:
Birinchi guruhga rivojlanish davrining ma`lum bosqichlarda bosh miyasi zararlanib, nuqson asosida rivojlanayotgan amaldagi sog` bolalar kirsa, ikkinchi turiga esa maktab ta`limi davrida ham kasalliklari davom etib boruvchi bolalar kiradi.
Birinchi guruhga kiruvchi bolalarni yana ikkita tipik guruhlarga bo’lamiz. Birinchi kichik guruhni shartli ravishda “A” deb belgilasak, ikkinchi kichik guruhni “B” deb belgilaymiz. “A” guruhga kiruvchi bolalarning bosh miyasi homila yoki ilk chaqaloqlik davrida zararlangan bolalar (oligofrenlar) kirsa, “B” guruhga esa bosh miyasi zararlangan bog`cha yoki kichik maktab yoshidagi bolalar kiradi. Ikkinchi guruhga esa hayotda, ta`lim - tarbiya jarayonida kasalliklari davom etuvchi aqliy nuqsonlilar kiradi. Bunday kasalliklarga -misol qilib, asab sistemasining revmatizmi, bosh miya zaxmi, epilepsiya (tutqanoq), shizofreniya, gidrotsefaliya va boshqalar kiradi.
Aqliy nuqsonning chuqurligiga qarab oligofreniyani uch darajaga ajratiladi: debillik, imbetsillik va idiotlik. Har qaysi daraja haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |