1 – mavzu: Maktabgacha oligofrenopedagogika kursining predmeti, vazifasi, maqsadi, metodlari


Bolaning qiziqishlariga, o’yinlariga doir savollar



Download 0,69 Mb.
bet8/58
Sana30.12.2021
Hajmi0,69 Mb.
#95310
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58
Bog'liq
makt oligo маъруза 4-kurslarga (2)(1)

4. Bolaning qiziqishlariga, o’yinlariga doir savollar:

Sen nimalar bilan shug`ullanishni yaxshi ko’rasan (kitob o’qish, o’ynash, teleko’rsatuvlarni tomosha qilish va h.k.)?, sen qanday o’yinlarni o’ynashni yaxshi ko’rasan?, uyingda qanday o’yinchoqlaring bor?, eng yoqimli o’yinchog`ing (o’yining) qaysi?, sen kim bilan o’ynashni yaxshi ko’rasan?, televizorda qaysi ko’rsatuvlarni tomosha qilishni yaxshi ko’rasan?, uy ishlariga yordam berasanmi?, sen nimalar qilishni bilasan?, senga maktabda o’qish yoqadimi?.

Suhbat bola xulqining kuzatish ma`lumotlari bilan birgalikda u haqida dastlabki ma`lumotlarni beradi. Bular asosida tekshiruvchi bolaga tekshirishni qanday darajada murakkablikdagi topshiriqlardan boshlash lozimligini aniqlab olishga yordam beradi.

Suhbat jarayonida bola bilan pedagogning aloqa qilish xarakteri uning shaxsiy xususiyatlarini aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega. SHunday bolalar borki, ular aloqaga qiynchilik bilan kirishadilar, suhbat jarayonida keskin, qovog`i soliq, bezovta, kamgap holatda bo’ladilar, savollarga istar – istamaslik bilan javob beradilar, negativlik reaktsiyalariga moyil bo’ladilar, boshqalari sharoitga ancha tez moslashadilar, tezda jonlanadilar, ishonuvchanlik, ochiq ko’ngillik bilan savollarga bajonidil javob beradilar.

Ba`zi bolalar suhbat jarayonida o’zlarini mustaqil tutadilar, vaziyatga qaramaydilar, savollarga o’ylamasdan, tez, oxirigacha eshitmasdan javob beradilar; boshqalari o’zlarini vazmin tutadilar, berilgan savollarga shoshilmasdan javob beradilar. Suhbat jarayonidagi bunday kuzatishlar bolani aniq faoliyat jarayonida o’rganishga va turli ma`lumotlarni tahlil qilishga, taqqoslashga yordam beradi.

To’g`ri o’tkazilgan suhbat bolaning rivojlanishi va uning shaxsiy xususiyatlari haqidagi tasavvurlarni beradi. Suhbatda bolaning ongida o’quv faoliyati qanday o’rin egallashini, o’qishdagi qiyinchiliklarni anglay olishi, o’z ishiga, xulqiga tanqidiy munosabatda bo’la olishi aniqlanadi.

Suhbat natijasida boladagi neyrodinamik xususiyatlar haqidagi ma`lumotlarni olish mumkin: bo’shanglik, tormozlanganlik yoki aksincha qo’zg`aluvchanlik, diqqatning tarqoqlagi, savol doirasida qola olmaslik bularning barchasi bolada qo’zg`alish va yoki tormozlanishning sekinlashgan va tezlashgan reaktsiyalarning ustunligini aniqlashga imkon beradi.

Suhbat orqali bola bilish faoliyatining darajasi haqida ham ba`zi tasavvurlarni olish mumkin. Suhbat jarayonida biz bu bosqichda bola uchun xos bo’lgan atrof – olamni aks etish darajasini aniqlaymiz. Suhbat bolaning atrofdagi predmetlar va voqea – hodisalar haqidagi tasavvurlarining to’g`riligini, sabab bog`lanishlarini o’rnatish va ahamiyatlisini ahamiyatsizdan ajrata bilishini aniqlashga imkon yaratadi.

Suhbatni tugatib, eksperimental – psixologik tekshirishga asta – sekin o’tish lozim. Bolaga “Endi mening ba`zi topshiriqlarimni bajarasan” yoki yanayaam soddaroq tarzdi: “Qara, menda qanday rasmlar bor (o’yin, shakllar, . . .)”, deyiladi. Eksperimental – psixologik tekshirishni o’tkazishda bolaning ishga bo’lgan munosabati, qiziqishi borligi yoki yo’qligi, maqtov yoki tanbehga reaktsiyasi va boshqalarga e`tibor beriladi. Bu kuzatishlar bola faoliyatini tuzilishini tahlil qilish, patologik xususiyatlarni ochishga imkon yaratadi.

Bolaning intellektual rivojlanishi haqida asoslangan xulosa chiqarish uchun alohida topshiriqlarni bajarish xarakteri bilan birgalikda, uning faoliyatini ham tahlil qilish lozim. Birorta topshiriqni bajarishning yaxshi yoki yomon natijalari intellektual rivojlanish darajasi haqida fikr yuritishga asos bermaydi. Bola faoliyatining xususiyatlarini ko’p miqdordagi turli tposhiriqlarni bajarishda e`tiborga olish va bola uchun xarakterli bo’lgan psixologik ma`lumotlarni (yosh, shaxs) va agarda mavjud bo’lsa, intellektual faoliyati va hissiy darajasidagi patologik tomonlarni ajratib ko’rsatish kerak. SHuningdek, bolaning tekshirishga bo’lgan munosabatini, uning xulqi, ishlash qobiliyati, toliqish darajasini ham e`tiborga olish zarur. Xotira diqqat jarayonlarining, eshitishi, ko’rishi, nutqining rivojlanishi haqidagi ma`lumotlarni sinchiklabtahlil qilish muhimdir. Bolaning intellektual rivojlanishi haqidagi xulosani yuqorida ko’rsatilgan barcha xarakteristikalar asosida chiqarish mumkin.

Agarda tekshirishga xulqi buzilgan bolalar yuborilgan bo’lsa, uning intellektual rivojlanishni optimal sharoitdagina to’g`ri baholash mumkin. Masalan, yaxshi aloqa o’rnatishda va ahamiyatli motivatsiyada. Bola javoblarining sifati uning xulqidagi buzilishlar bilan qanchalik bog`langanligini tushunish uchun, uning kontaktga kirishgunga qadar va kontaktdan keyingi erishgan natijalarini solishtirish maqsadga muvofiqdir

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning ko’pchiligi uchun tekshirish jarayonida ish qobiliyati va diqqatining pasiyishi xarakterlidir. Ba`zi bolalarda yangi materialda mo’ljal olishi, ish faoliyatiga kirishib ketish sur`atining sekinlashganligi kuzatiladi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning faoliyati normal rivojlanayotgan bolalar faoliyatiga nisbatan etarlicha maqsadga yo’naltirilmagan bo’ladi. Bu bolalarga tashkiliy va o’rgatuvchi yordam berilsa, ular tomonidan bajarilgan topshiriqlarning sifati normal bolalarnikiga yaqinlashadi.



Yengil darajadagi aqli zaif bolalarning intellektual faoliyati mo’ljal olishning sekinlashganligi, inertlik, umumlashtirishlarning yo’qligi bilan xarakterlanadi. Bu bolalarning tevarak – atrof haqidagi tushunchalari juda tor va yuzaki bo’ladi. Bolalar asosiy ranglarni va geometrik shakllarni biladilar, kesma suratlarni joylashtiradilar, yordam berilganda Koos kubiklaridan oddiy naqshlarni tuza oladilar. Qisman yordam berilganda konkret amaliy vaziyat (holat) ni tahlil qila oladilar, voqeaband rasmning ma`nosini tushunadilar, rasmlarning murakkab bo’lmagan ketma – ketligini ko’rsata oladilar. Bu bolalar sodda hikoyalarning mazmuniga tushunish imkoniyatiga ega. Engil darajadagi aqli zaif bolalar uchun bajarishda vaziyat (holat) ning ma`nosini tushunish lozim bo’lgan topshiriqlar qiynchilik tug`diradi, keng hajmdagi tushunchalarga ega emaslar. Tushunchalari voqelikni aks ettirmaydi. Fikrlash operatsiyalarini bajarishda bunday bolalar ko’pincha asosiy bo’lmagan tashqi belgilarga tayanadilar.

Og`ir darajadagi aqli zaif bolalarda tevarak – atrof haqidagi tasavvurlar juda kambag`al bo’ladi. Tushunchalari o’zi va yaqinlari haqidagi elementar ma`lumotlarpdan iborat bo’ladi. Ular rasmdagi va qisqa hikoyadagi oddiy aniq vaziyatning ma`nosini tushunadilar, shu bilan birgalikda umumiy tushunchalarga ega bo’lmaydilar. Lug`at boyliklari tanish bo’lgan predmetlar doirasi bilan chegaralangan bo’ladi. Bolalar o’zlariga yoqqan topshiriqdan boshqasiga qiyinchilik bilan o’tadilar.

Ko’rishi pasaygan bolalarda intellektning saqlanishi odatda tafakkurning rivojlanish darajasini bilish maqsadida berilgan turli topshiriqlarning bajarish xarakterinin tashkil qilish jarayonida aniqlanadi. Bunda bolalarga shunday topshiriqlar beriladiki, ularni bajarishda bu bolalar ko’rishga emas, balki nutqga, eshitishga va sezishga tayanadilar. Ko’rish qobiliyatining pasayishi tufayli bunday bolalarda ko’rish idroki rivojlanmagan va fazoda mo’ljal olishi buzilgan bo’ladi.

Intellekti buzilmagan tserebral falajli bolalarda fazoviy idroki yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. SHuning uchun ular fazodagi yo’nalishlarni mo’ljalga olishda, ba`zan esa fazoda predmetlarning joylashuvini belgilaydigan jumlalarni (ustida, yonida, u erda, bu erda) tuzishda qiynaladilar.

Psixologik tekshirish asosida chiqarilgan xulosani boshqa mutaxassislarning fikrlari bilan albatta solishtirish lozim.


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish