Bolani psixologik tekshirish
Maxsus maktablarga bolalarni saralashda psixologik tekshirishning ahamiyati juda muhimdir. Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni bugungi kunda maktabgacha yoshdayoq diagnostika tekshiruvlardan o’tkazilyapti. SHuning uchun tekshiruv komissiyasiga ko’proq avval maktabda o’qimagan bolalar yuborilayapti. Bunday yoshdagi bolalarda (maktabgacha yoshdagi) maktab bilimlari va malakalarini tekshirish, ularning intellektual va boshqa psixik jarayonlarining holati haqidagi zarur ma`lumotlarni bermaydi..
Tibbiy – pedagogik komissiyadagi psixologik tekshirishning asosiy vazifasi bolaning tafakkur (fikrlash) xususiyatlarini aniqlashdir. Bu tafakkurning ma`lum bir nuqsoni asosiy belgi bo’lib, shu asosda bolani maxsus maktabga yuborilishi bilan bog`liqdir.
Psixologik tekshirish vaqtida bolaning intellektual faoliyatining faqatgina zaif emas, balki kuchli tomonlariga ham diqqatni qaratish zarur. Tekshirishdan olingan ma`lumotlar differentsial diagnostika uchun ham materiallar beradi.
Psixologik tekshirishdan avval albatta pedagogik xujjatlarni: bolalar bog`chasi va maktab tomonidan berilgan tavsifnomalarni, ish daftarlari, chizilgan rasmlarni o’rganib chiqish zarur. Ushbu xujjatlarni tahlil qilish bolaga to’g`ri yondoshishni topishga yordam beradi. Masalan, eshitishida nuqsoni bo’lgan yoki nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarni tekshirishni nutq ko’p ishtirok etmagan topshiriqlarni berishdan boshlash lozim. Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalarni tekshirishni o’yin shaklidagi sodda topshiriqlardan boshlash lozim.
Tavsifnomadan keltirilgan ma`lumotlardan kelib chiqib, suhbat vaqtida bolani qiziqtiradigan, u yaxshi ko’radigan mashg`ulotlar bilan bog`lanadigan savollar berish mumkin, shu bilan birga suhbat vaqtida bola uchun ko’ngilsiz bo’lgan mavzulardan foydalanish maqsadga muvofiq emas.
Psixologik tekshirish vaqtida bola xulqining xususiyatlari va uning ishlash qobiliyati e`tiborga olinishi lozim. CHunki ishlash qobiliyatining va xulqning buzilishlari bolaning intellektual imkoniyatlarini yashirishi yoki u haqida noto’g`ri tasavvurni keltirib chiqarish mumkin. Tekshirishdan avval o’tkaziladigan suhbat bola bilan aloqa o’rnatishga va pedagog yoki psixologni dastlabki topshiriqlarni qanday bo’lishini (murakkabligi bo’yicha) aniqlashga yordam berishi lozim. Ko’pincha tekshirishning murakkabligi bo’yicha o’rtacha topshiriqlarni berishdan boshlash lozim, chunki o’rtacha murakkablikdagi topshiriqlar berilishidan avval bolaga bir qancha sodda topshiriqlar berilsa, u charchab, toliqib qoladi. SHuningdek, tekshirishni murakkab topshiriqdan boshlash ham mumkin emas. Topshiriqning boshlanishida murakkab topshiriq berilsa, bola tormozlanib qolishi mumkin.
Tekshirishni o’tkazish vaqtida quyida bayon etilgan metodikalarning barchasidan foydalanish shart emas. Asosiy metodikalar bilan birgalikda qo’shimcha metodikalarni ishlatsa ham bo’ladi.
Taklif qilinayotgan va ular yordamida olingan natijalarni tahlili asosan 7 – 9 yoshdagi bolalarga mo’ljallangan (1978 yildagi maxsus maktabga bolalarni qabul qilish bo’yicha ko’rsatmaga muvofiq). Kattaroq yoshdagi bolalarni tekshirish (komissiyaga ba`zan 10 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan bolalar ham yuborilishi mumkin)ham yuqoridagicha olib borilib, faqat bunday bolalarga topshiriqlarning murakkabroq variantlarini taklif qilish lozim. Komissiyada 10 – 11 yoshli bolalarda pedagogik tekshirishdan ko’pgina ma`lumotlar olinadi.
Bola bilan olib boriladigan ishni ta`lim eksperiment shaklida tashkil etish zarur. Agarda bola qiynalib qolsa, rag`batlantirish, uning faoliyatini tashkil etish, yo’naltiruvchi savollar berish, o’xshash topshiriq materialida ko’rsatish va o’rganish kabi shaklida yordam ko’rsatilishi mumkin. Olingan natijalarni tahlil qilishda bolaga qanday turda va qay darajada yordam ko’rsatilganligi, bu yordam topshirig`ini bajarishga qanchalik yordam berganini e`tiborga olish lozim.
Komissiyada bir necha marta tekshirishda ham aqli zaiflikning darajasini aniqlash, aqli zaiflikni unga o’xshash holatlardan farqlash qiyin bo’lgan bolalar ham uchrashi mumkin. Bunday bolalarni maxsus maktablarning diagnostik sinflariga yuborishlari mumkin.
Bolani kuzatish va suhbat metodlari
Psixologik tekshirish suhbatdan boshlanadi. Suhbat bola bilan hissiy aloqa o’rnatishga, unda taklif qilinayotgan ishga to’g`ri munosabat o’rnatishga qaratiladi. Bo’shang, qat`iyatsiz, qo’rqoq bolalarga nisbatan qattiqqo’l va talabchan bo’lish lozim.
Suhbat mazmuni bolaning atrof – muhit haqidagi tasavvurlarining xususiyatlarini aniqlashga qaratilishi, qiziqishlari, uning sevimli mashg`ulotlari va o’yinlariga diqqatni qaratish zarur. Suhbat jonli va erkin kechishi, suhbatni oddiy savollardan boshlash maqsadga muvofiq. Agarda bola savollarga javob berishdan bosh tortsa, unga birorta rasmni yoki o’yinchoqni ko’rib chiqishni taklif etish mumkin vaasta – sekin bola bilan kontakt o’rnatib, suhbat kerakli tomonga yo’naltiriladi. Quyida bolaga beriladigan savollar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |