Idiotlik - oligofreniyanint eng og`ir darajasi bo’lib, ular idroklarida qo’pol rivojlanmaganlik ko’rinadi. Atrof - muhitga bo’lgan munosabati mos emas. O’z shaxsini aniq bilmaydi. Ularning tafakkuri deyarli yo’q. Ular o’zlariga qarab gapirilgan gapdan ko’ra mimika va yuz harakatlarini nisbatan ilg`ab oladilar. Idiotlar nutqi aqliy nuqson chuqurligiga bog`liq. Ular nutqi ma`nosiz tovushlardan, ba`zan alohida so’zlar yig`indisidan iborat bo’lishi mumkin. Hissiyotlari haddan tashqari sodda bo’lib, fiziologik xohishlar bilan bog`liqdir, Xursandchiliklari, qoniqishlarining asosida o’zlarining to’qligi, turar joyining issiqligi, patologik intilishlarini qondirish bo’lishi mumkin (jinsiy o’z - o’zini qondirish, barmoqlarini so’rish, eb bo’lmaydigan narsalarni chaynash). Xafagarchiliklari esa sovuq, ochlik, og`riqdan bo’lishi mumkin. O’zlarining xursandchiliklarini harakat, qichqirish, mimika harakatlari bilan namoyon etsalar, xafagarchiliklarini esa qaysarlik, o’z tana organlarini jarohatlash bilan ko’rsatishlari mumkin. Idiotlarning nisbatan engilroq turlarida ijtimoiy hislarning saqlanganligini ko’rish mumkin. Bunday xislatlar ularni boqadigan kishilarga birmuncha bog`lanib qolganliklarida, maqtaganida ularning xursand bo’lishlarida ko’rish mumkin. Ularning umumiy kayfiyatlari goh befarq, goh bo’shanglik va xursandchilik bilan ifodalanishi mumkin. Harakat tizimlarining haddan tashqari kambag`alligi natijasida xatto yurish va tik turish malakalari ham buzilgan bo’ladi. Faoliyatlari deyarli ko’zga tashlanmaydi. O’zlariga xizmat qilish malakalari shakllanmagan. Xulqlari asosan ularning o’z talablarini qondirish bilan bog`liq. Ba`zilari bir xildagi stereotip harakatlar qiladilar. Ritmik ravishda tana harakati, bir xildagi bosh, bo’g`inlar harakatini kuzatish mumkin. Idiot darajadagi aqliy nuqsonlilikda turli tutqanoqlar kuzatilishi, ba`zan jismoniy rivojlanishida qo’pol nuqsonlar uchraydi — “teri” nuqsonlari, ichki organ kamchiliklari, endokrin va modda almashinuvining buzilishini ko’rish mumkin.
O’z vaqtidagi ta’lim - tarbiya, mehnat malakalarini berish aqliy nuqsonni murakkablashtiruvchi asab - ruhiy ta’surotlarni yo’q qilish orqali debil bolalarni muvaffaqiyatli holda hayotga moslashtirish mumkin. Bu bolalarda intilishlarining borligi, kelajakda jamiyatda o’z o’rinlariga ega bo’lishlarini bilishlari asosida mehnat malakalarini egallashlariga yordam beradi.
“Psixik va jismoniy rivojlanishida nuqsonga ega bo’lgan bolalarning rivojlanishidagi nuqsonlarni erta aniqlash, boshqa unga o’xshash holatlardan farqlashga, diagnozini aniqlashga, tegishli maxsus muassasalarga yuborishga va u erda o’zlariga mos taalluqli korrektsiyalarga yo’naltirilgan o’quv – tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishga imkon beradi.
Psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni iloji boricha erta aniqlash va tegishli maxsus muassasalarga yuborishning zarurligi shundaki, umumta`lim maktablarida rivojlanishda turli nuqsonlari bo’lgan bolalarning ko’pchiligi o’qiydilar va ushbu maktab dasturini o’zlashtirishga qiynaladilar. Tegishli organlar va defektologlarning vazifalari shundan iboratki, bolalar o’zlarining aqliy bilim imkoniyatlariga va hissiy – irodaviy doiralarining xususiyatlariga mos sharoitda ta`lim olishlari hamda tarbiyalanishlariga imkoniyatlar yaratib berishlari kerak”4.
Adabiyotlar:
1. Autene D.Y. Rechevoe obshenie umstvenno otstalыx detey doshkolnogo vozrasta. Defektologiya, 1997.
2. Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. Toshkent “O’qituvchi” 1993.
3. Morozova N.G. Formirovanie poznavatelnыx interesov u detey doshkolnogo vozrasta s otkloneniyami v razvitie Sb. Osobennosti razvitiya i vospitaniya detey doshkolnogo vozrasta s nedostatkami sluxa i intellekta. Pod. Red. Nasksvoy YA.P. Moskva, 1994.
4. Umstvennoe vospitaniya detey doshkolnogo vozrasta. Pod. red. Poldyakova N.P., Soxina F.A. Moskva, 1998.
5. D.A.Nurkeldiyeva. Maktabgacha oligofrenopedagogika. Ma`ruzalar matni. TDPU, 2010y.
Do'stlaringiz bilan baham: |