1 – mavzu: Maktabgacha oligofrenopedagogika kursining predmeti, vazifasi, maqsadi, metodlari


– MAVZU: Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning jismoniy va aqliy tarbiyasi jihatidan tarbiyalash



Download 0,69 Mb.
bet17/58
Sana30.12.2021
Hajmi0,69 Mb.
#95310
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58
Bog'liq
makt oligo маъруза 4-kurslarga (2)(1)

4– MAVZU: Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning jismoniy va aqliy tarbiyasi jihatidan tarbiyalash

REJA:

1. Bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishining birligi. Bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashning vazifalari. Asosiy harakatlarni rivojlantirish. Umumrivojlantiruvchi mashqlar.

2. Chiniqtirish jismoniy tarbiyaning ajralmas qismi. O’ziga xos harakat buzilishlari va bolalarning jismoniy rivojlanishini korreksiyalash.

3. Jismoniy yuklamani aniqlashda individual va differensial yondashish.

4. Bolalar jismoniy tarbiyasi mazmunini belgilaydigan omillar, shart-sharoitlar.

5. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda madaniy-gigienik ko’nikmalarni shakllantirish xususiyatlari.

6. Idrok va tasavvurlarni rivojlantirish

7. Tafakkurni shakllantirish

Aqliy tarbiya maxsus maktabgacha tarbiya muassasasi ishining eng muhim, shu bilan birga eng murakkab tomonidir.

Aqli zaif bolalarda bosh miyaning organik jarohatlanishi natijasida bilish faoliyati va nutqi turg`un buzilgan bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar kattalarning suhbatlari mazmunini, ertaklarning mazmunini yaxshi tushunmaydilar. Zarur ko’rsatmalarni tushunmaganliklari sababli o’yinlarda ishtirok eta olmaydilar.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning tasavvurlari kambag`al, parcha tarzda bo’ladi.

Eshitish va ko’rgazmali tasavvurlarning kambag`alligi, o’yin tajribasining chegaralanganligi, nutqning ravon rivojlanmaganligi o’z navbatida tafakkurning rivojlanishiga salbiy ta`sir ko’rsatadi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning ko’rsatib o’tilgan xususiyatlari maxsus maktabgacha tarbiya muassasasida aqliy tarbiyaning vazifalarini aniqlab beradi.

Bolalarning aqliy tarbiyasi ular tomonidan bilim va fikrlash faoliyati usullarini egallab olishdangina iborat bo’lmasdan, balki shaxsning ma`lum sifatlarini shakllantirishdan iboratdir.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash kattalar bilan muloqotda bo’lish, o’z tengdoshlari bilan o’ynash va tizimli ta`lim jarayonida amalga oshiriladi.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash bo’yicha korrektsion – tarbiyaviy ishlar bolalarda idrok, diqqat va xotirani rivojlantirishni nazarda tutadi. Tafakkur va diqqatni shakllantirishga qaratiladi. Bu ish maktabgacha tarbiya muassasalarida kundalik hayotda tevarak – atrof bilan tanishishda, barcha bolalar faoliyatini shakllantirish jarayonida va nutq o’stirish, oddiy matematik tasavvurlarini shakllantirish mashg`ulotlarida, o’yinga o’rgatish, tasviriy faoliyat, o’z – o’ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirishda amalga oshiriladi.

DIQQAT VA XOTIRANI RIVOJLANTIRISH

Diqqat va eslab qolish – bolalar tomonidan bilim va ko’nikmalarni muvaffaqiyatli o’zlashtirib olishni ta`minlaydigan shartlaridan biri. SHuning uchun bolaning kattalar bilan hissiy aloqasini rivojlantirish bilan birga o’qitishning dastlabki davridanoq diqqat va eslab qolishni shakllantiruvchi mashg`ulotlar (o’yin va mashqlar) zarur.

Ko’rish diqqatini rivojlantirishda fazoda predmetlarni joyini o’zgartirish bo’yicha o’yinlar katta ahamiyatga ega. Joyini o’zgartirish sekin, bolalar harakatini kuzata oladigan tarzda o’tkazilishi lozim. Bunda qo’g`irchoq teatridan foydalanish mumkin. Masalan, bolalarga sichqon mushukdan qanday berkinishini ko’rsatsa bo’ladi. Kechqurun “Soyalar teatri”dan foydalanish mumkin. Bolalar predmetlarni ularning ko’zlari oldida (o’ngida) siljishini kuzatishni o’rganib olganlaridan so’ng, bolaning ko’zidan berkitilgan predmetlarni siljishga o’tish mumkin. “Ku - ku” o’yini o’tkaziladi, qo’g`irchoq avval shirma ustida ko’rinadi, so’ngra undan o’ngda, yana shirma ustida, yana o’ng tomonda ko’rinadi. Bolalar uni kuzatib, yuqorida, o’ng tomonda paydo bo’lishini kutishlari lozim. Ammo, aqli zaif bolalarda bunday bo’lmaydi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar ekran ortidagi qo’g`irchoqning yo’lini tasavvur qila olmaydilar. SHuning uchun qo’g`irchoq bo’lganidan keyin o’sha tomonga qaraydilar. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda kuzatib turishga qiziqish uyg`otish uchun ikkinchi – uchinchi mashg`ulotlarda bolalarda qo’g`irchoq hozir qaerda ko’rinishini ko’rsatish so’raladi. Bolalar ko’rsatganlaridan so’ng qo’g`irchoq ko’rinadi va ularning ta`sirlarini tasdiqlaydi (yoki rad etadi). So’ngra pedagog bolalarga qo’g`irchoqning ekran orqasida qanday harakat qilishini ko’rsatadi. Buning uchun bolalar ekran orqasiga o’tadilar. So’ngra bolalar o’z joylariga qaytadilar va o’yin davom ettiriladi.

Diqqatni rivojlantirish mashg`ulotlarda eslab qolishni rivojlantirish, ixtiyoriy diqqatni shakllantirish bilan chambarchas bog`lanadi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar maktabgacha tarbiya muassasasiga kelganda unda ixtiyoriy diqqat shakllanmagan bo’ladi – u ongli ravishda o’z irodasi bilan unga berilgan dastur materialni eslab qola olmaydi. Bu bola hech narsani eslab qolmaydi degani emas, bola ixtiyorsiz ravishda unga taassurot uyg`otganlarini eslab qoladi. Ixtiyoriy eslab qolishni bolada shakllantirish lozim. Buning uchun bolalar bilan esda saqlab qolish asta – sekin murakkablashib boradigan didaktik o’yinlar o’tkaziladi.

Birinchi o’quv yilida “O’yinchog`ingni top”, “Nima o’zgardi?”, “Nima etishmaydi?” o’yinlari o’tkaziladi. Asta – sekin diqqat va eslab qolishni rivojlantirish uchun o’tkaziladigan o’yinlar murakkablashtirilib boriladi.

IDROK VA TASAVVURNI RIVOJLANTIRISH

Maktabgacha tarbiya yoshida bilish faoliyatining asosini sezib bilish – idrok va ko’rgazmali tafakkur hisoblanadi. Sezib bilishni rivojlantirish bilan barcha maktabgacha tarbiya muassasalari maxsus shug`ullanishlari lozim. SHuning uchun maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar uchun maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida sezib bilishni rivojlantirish bilan bog`liq bo’lgan ko’pgina vazifalar ommaviy maktabgacha tarbiya muassasasining vazifalari bilan mos keladi. Ammo, maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida aqli zaif bolalarning idroki va ko’rgazmali tafakkurining rivojlanishidagi nuqsonlarni korrektsiyalash va kompensatsiyalash bilan bog`liq maxsus vazifalar ham hal qilinadi.

Bolalarda atrof – olam haqidagi tasavvurlari va idrokning to’liq bo’lishi uchun ularni shakllantirish va rivojlanitirish bo’yicha maxsus ishlar olib borilishi lozim. Bolani ko’rib chiqish, ushlab ko’rish, eshitishga va hokazolarga o’rgatish, ya`ni unda pertseptiv harakatlarni shakllantirish kerak. SHuningdek, bolani ranglarni, shakllarni, tovushlarning munosabatini aniqlashga o’rgatish lozim. Buning uchun bola o’lchovlarni bilishi kerak. Insoniyat tarixi davrida umumqabul qilingan o’lchovlar, etalonlar ishlab chiqilgan. Ular bilan idrokning natijalari taqqoslanadi, solishtiriladi. Bular geometrik shakllar, kattaliklar shkalasi, og`irlik o’lchovlari, tovushlari balandligi qatori, ranglar spektri, ona tilidagi fonemalar tizimidir. Idrokni shakllantirish jarayonida ushbu sensor etalonlarning tizimini o’zlashtirib olishni tarbiyalash zarur.

Tajribalar shuni ko’rsatadiki aqli zaif bolalar faoliyatlarida idrokning ularda mavjud imkoniyatlaridan mustaqil ravishda foydalana olmaydilar. Bularni ham aqli zaif bolalarga o’rgatish lozim.

Idrok etish jarayonida bolada ko’rish, eshitish, harakat qilish, ushlab ko’rib sezish, ta`m bilish obrazlari asta – sekin shakllana boradi. Bu vaqtda ta`limning muhim vazifasi bolada hosil bo’lgan tasavvurlarni so’z bilan o’z vaqtida va to’g`ri bog`lashdir. Agarda obrazlar so’z bilan mustahkamlangan bo’lsa, bunday tasavvurlar aniq, turg`un bo’ladi.

Aqli zaif bolalarda idrokning rivojlanishi orqada qolgan bo’ladi. SHuning uchun birinchi maxsus korrektsion vazifa rivojlantirishni iloji boricha erta boshlashni ta`minlashdir.

Aqli zaif bolalarda idrokning rivojlanishini orqada qolishi bilan birgalikda idrokning sekin sur`atda rivojlanishi kuzatiladi.

Ikkinchi vazifa idrokning rivojlanish sur`atini tezlashtirish, jadallashtirishdir. Nuqsonli rivojlanish – orqada qolish va turli buzilishlar bilan xarakterlanadi. Bir holatda – korreksiyalash, boshqa holatda kompensatsiyalashdir.

Aqli zaif bolalarda idrok va tasavvurlarni rivojlantirish samarali bo’lishi uchun maxsus metodikalarni qo’llash lozim. Avvalo, ta`limning og`zaki va ko’rgazmali metodlarini to’g`ri, birgalikda qo’llash zarur.

Idrokni rivojlantirish bo’yicha ishlarning muhim yo’nalishlaridan biri predmetning butun obrazini hosil qilishdir.

Aqli zaif bolalar predmetlarning alohida xususiyatlarinigina emas, balki predmetlarni bir butunligini ham etarlicha aniq, to’g`ri idrok qila olmaydilar. Ta`limning boshlanishida bolalar ko’pincha kerakli predmetni boshqalari orasidan ajrata olmaydilar. Ajratish va predmetni butunligicha idrok etishga o’rgatish ta`limning dastlabki davridanoq boshlanadi. Bunda diqqatni predmetlar bilan harakat qilishga taqlid qilishni, eslab qolishni rivojlantirishga qaratilgan o’yin va mashqlardan foydalaniladi. Bunday o’yin va mashqlarda bolalar alohida predmetlarni ajratishga, ularning joylashishlarini kuzatishga boshqa predmetlar ortida ajratishga o’rganadilar.

Predmetning butun obrazini hosil qilishga qismlardan shakllarni yig`ish yordam beradi. Masalan, kartondan qirqilgan uychalarni, qo’ziqorinlarni yig`adigan mashina manometlarini yig`ish.

Idrokning va tasavvurlarning rivojlanishi faoliyatning rivojlanishi bilan chambarchas bog`liq. Bunday bog`lanish ikki tomonlama bo’lib, bir tomondan har bir faoliyat idrokning ma`lum darajada rivojlanmaganligida shakllanadi. Boshqa tomondan esa, idroknnig o’zi faoliyat jarayonida rivojlanadi. Masalan, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolada predmetning rasmini chizish shakllanmagan. Buning asosiy sababi – idrokning past darajada rivojlanganligidir.

Aqli zaif bolalarda maktabgacha tarbiya muassasalariga qabul qilinayotgan davrda idrok va tasavvurning yig`ilgan (yo’naltirilgan) obrazlari deyarli mavjud bo’lmaydi.

TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda tafakkurning 3 shakli: ko’rgazmali – harakat, ko’rgazma – obrazli va so’z – mantiq shakllari o’zaro aloqada bo’ladi.

Tafakkurning ushbu shakllari dunyoni bilishning yagona jarayonini hosil qiladi. Bilish faoliyatiga nutq qo’shiladi. Nutq harakat tajribasini uzatish vositasi sifatida xizmat qiladi va tafakkurning turli shakllarini rivojlanishining turlidavrlarida nutqning funktsiyalari o’zgarib boradi.

Ko’rgazma – harakatli tafakkur insonning yangi sharoit va amaliy muammoli topshiriqni echishning yangi usuli bilan to’qnashganda paydo bo’ladi. Bunday turdagi topshiriqlarga bola butun bolalik davrida – maishiy va o’yin vaziyatlarida (holatlarida) duch keladi.

Ko’rgazma harakatli tafakkurning muhim xususiyati shuki, holatni o’zgartirish usuli bo’lib, amaliy harakat xizmat qiladi va u sinab ko’rish (proba) metodi bilan amalga oshiriladi.

Oddiy ko’rgazma – obrazli tafakkur (harakatning ichki rejasi) u yoki bu vazifani echishda predmetlarning aniq obrazlari bilan ish ko’rmoq qobiliyati deb ko’riladi

Aqli zaif bolalarda ko’rgazma – harakatli tafakkurning rivolanishida o’ziga xos xususiyatlar namoyon bo’ladi. Aqli zaif bolalarda ko’rgazma – harakatli tafakkurning rivolanishi orqada qoladi. Aqli zaif bolalar predmet – asboblar bilan harakat qilishlarining har kungi tajribalarini mustaqil umumlashtira olmaydilar. SHuning uchun aqli zaif bolalarda umumqabul qilingan qurollardan foydalanishni talab etadigan anglash bosqichi rivojlanmagan bo’ladi. Aqli zaif bolalar noto’g`ri harakatlar variantini tashlamay, noto’g`ri harakatlarni takrorlayveradilar. Aqli zaif bolalarda haqiqiy sinab ko’ruvchi harakatlar bo’lmaydi va amaliy vazifalarni echishda nutqdan foydalanmaydilar. Amaliy harakatlar va ularni so’z belgilari o’rtasidagi aloqa etarlicha bo’lmaydi. Nutqni tashkil etuvchi va boshqaruvchilik vazifasini bajaradi.

Aqli zaif bolalarda ko’rgazmali – harakat tafakkurini shakllantirish asosida muammoli amaliy vazifa va vaziyatlarda mustaqil mo’ljal olishni rivojlantirish kiritilishi lozim.

Buning uchun quyidagilar lozim:

1. Ko’rgazmali – harakat tafakkurinirivojlantirish uchun manba barpo etish, amaliy va o’yin topshiriqlarini bajarish jarayonida maqsadga yo’naltirilgan predmet – qurolli faoliyatni shakllantirish, yordamchi predmet va qurollar haqida umumlashgan tasavvurlarni shakllantirish, bolalarni muammoli amaliy vaziyatlar bilan tanishtirish, ushbu vaziyatlarni tahlil qilish malakalarini shakllantirish va predmetlardan foydalanishga o’rgatish;

2. Muammoli amaliy vazifalar sharoitida mo’ljal olish usullarini shakllantirish va uni bajarish usullari ko’rgazmali – harakatli vazifalar echishning asosiy metodi sifatida sinab ko’rish metodlarini shakllantirish;

3. Muomila – amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida nutqdan foydalanish.

Ko’rgazma – harakatli tafakkur asosida ko’rgazma – obrazli tafakkur shakllanadi. Avvalo, shuni esda tutish kerakki, ko’rgazma – obrazli tafakkurda sinab ko’rishning imkoni yo’q, bola vazifani bajarishning to’g`ri yo’lini tasavvur etish lozim. Buning uchun bolada aniq va ravshan obraz – tasavvurlar shakllangan bo’lishi kerak, bola maqsadni tafakkur qila olishi lozim. Masalan, koptok juda yuqorida turipti, unga qo’l bilan etishning iloji yo’q. Kichik stulchaga chiqib ham etib bo’lmaydi. Bola predmetlarni fazoda ko’chishini – katta stulni shkafning yoniga surishi va unga chiqib, koptokni olishni tasavvur qila olishi kerak. Bola ko’rish usuli bilan ko’rgazma – harakatli topshiriqlarni echar ekan, barcha harakat bosqichlarini aniq belgilab olmaguncha binoda ko’rib chamalashga o’ta olmaydi. Belgilab olish esa ko’rgazma – harakatli vazifalarni echish jarayoniga nutq qo’shilganda sodir bo’ladi. SHunday qilib, ko’rgazma – obrazli tafakkurni shakllantirishga zamin bo’lib, mo’ljal olish – tadqiqot faoliyatining ma`lum rivojlanish darajasi va ko’rgazmali – harakat vazifalarini echishga nutqning qo’shilish darajasi xizmat qiladi.



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish