Kitobni sev unga do’st tutin
Uyqusi kelib, erinibgina “Alibe”sini o’qib o’tirgan bolakay birdaniga kitobini otib yubordi-yu, she’rini yodlay olmayotganidan nolidi. Bu holatni ko’rgan otasi o’g’lini yoniga oldi va biroz o’yga toldi.
Yoshligi ko’z oldidan o’tdi-yu, bir voqeani o’g’liga aytib bergisi keldi:
6 yasharligimda otam poyezd yo’lida qolib vafot etdilar. O’sha kecha otamni qidirib qattiq yomg’irda oyoqyalang yugurdim. Bor pulimiz bilan onam maracalarini o’tkazdilar. Biroq o’shandan keyin men to’shakka mixlanib qoldim. O’sha kecha qattiq shamollagan edim, shifokorga pulimiz yo’q edi. Ro’zg’orimiz bisotimizdagi yagona sigir-u 3 ta tovuq bilan o’tardi. Men tufayli onam ishlolmasdilar. Kun davomida onam o’qib beradigan uyimizdagi yagona kitob: “Alisher Navoiy”ning “Farhod va Shirin” dostonini eshitib o’tirardim. Kitobdagi Farhodning mardligi, ko’rsatgan jasoratlari haqida fikr yuritardik. Onam esa Shirinni go’zalligi, o’rtalaridagi sof, samimiy, pok muhabbatni ta’riflar edilarShu tarzda oradan 2 oycha vaqt o’tdi. Onam kitobni yana bir bor o’qib tugatdilar. So’ngi varog’ini yoparkanlar, kitobga termulib o’yga toldilar, ko’zlarida yosh qalqidi.
“Bu kitobni dadang 1-uchrashuvimizda sovg’a qilgan edilar”— dedilar-u chiroqni uchirdilar. Agar o’shanda bu kitobni boshqa ko’rmasligimni bilganimda unga ko’proq termulib turgan, onam aytgan gapning mag’zini chaqishga urinardim.
Ertasiga ko’zimni ochganimda stolda turgan tortni ko’rib beixtiyor chinqirab yubordim. Bugun tug’ilgan kunim edi. Eng baxtli kunim. Dadamning vafotlaridan keyin bunday shirin narsa yemagan edim. Lekin o’sha kundan keyin sevimli kitobimni qayta ko’rmadim. Onamdan so’rasam, “Kitobni deyarli yod bilamiz-ku, uni olib qo’ydim”— derdilar. Bir-necha haftadan so’ng men tuzalib qoldim. Hayotimiz yaxshilana boshlanadi. Biroq 16 yoshimda onam kuchli charchash va zo’riqish oqibatida xastalikdan vafot etdi. Kichik firma ochdim, hammasi yaxshilana boshlagan edi. Biroq bir kuni ko’chada qo’shnimizning jajji qizalog’i qo’lida kitob ko’tarib o’tirgandi. Ichimda nimadur uzilib ketgandek bo’ldi, chunki qo’lidagi o’sha men uchun yod bo’lib ketgan, sevimli, onajonim uchun qadrli bo’lgan kitobedi. Ha, rostdan ham o’sha kitob edi. Qizcha kitobni bermadi. Biroq onasi bu kitobni 10 yillar ilgari onam bir kosa shakarga almashganini va o’shanda kitobni asrashlarini aytganini so’zlab berdi. Qo’shnimizdan ruhsat oldim, qizchaga shirinliklar olib berdim-u, kitobni yana o’zimniki qildim…
oilamiz uchun qadrli bo’lgan, dadam tarafidan onamga berilgan yagona sovg’a, mening qadrdon do’stim, tug’ilgan kunimning torti uchun bir kosa shakarga almashilgan edi…
Bola otasining so’zlarini diqqat bilan eshitdi, so’ng o’rnidan turib, kitobini bag’riga bosdi, otasiga mo’ltirab qarab,” men kitobimni sevaman, u mening do’stim dedi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |