REJA:
1. Maxsus bog`chada bolalar faoliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratish. Predmetli faoliyatni shakllantirish va predmetli harakatlarga o’rgatish - maxsus bolalar bog`chasining korrektsiyalash ishida asosiy vazifasi.
2. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni o’yin, tasviriy va elementar mehnat faoliyatiga intilishlarini shakllantirish.
3. Psixologik-pedagogik adabiyotlarda maktabda o’qishga «tayyorlash» tushunchasining mazmuni.
4. Tayyorlov guruhida korrektsion-pedagogik ishning xususiyatlari. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda o’qish faoliyatiga ijobiy munosabatni shakllantirish.
5. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolani maxsus maktabda o’qishga tayyorlashda bog`cha va oilaning o’zaro hamkorligi.
Har qanday fanning ajralib turishi va normal faoliyat ko’rsatishi uning o’zida xususiy tushunish apparatining mavjudligi muqarrar shart bo’lib hisoblanadi. Haqiqatdan ham har bir fan ichki izchillik va mantiq bilan bog`liq bo’lgan, predmetning rivojlanish mantig`ini aks ettiradigan tushunchalar sistemasidan iboratdir. Aynan ana shu ichki dialektika bilan predmet mantig`ini biz fan metodi deb ataymiz. Shu bois aqli zaif o’quvchilarga ta’lim - tarbiya berish, rivojlantirish ham o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Bilish jarayoni kabi ta`lim jarayonida ham aqli zaif o’quvchilar bilmaslikdan bilishga, noto’g`ri va noaniq bilimdan tobora to’liqroq va aniqroq bilishgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tadi. Bu jarayonda hissiy idrok etish ham, abstrakt tafakkur ham, amalda sinab ko’rish ham bo’ladi.
Muayyan fan va hodisalar ob`ektiv dunyoni bilish jarayonidan o’rganiladi va ularning tashqi, ichki mohiyatini o’zlashtirish jarayonida omillar aniqlanadi. Mushohada, tasavvur va tafakkurga asoslanib, dalillar umumlashtiriladi va ilmiy xulosalar chiqarish natijasida nazariyalar, qonunlar hamda kategoriyalar yaratiladi.
Bilish ikki qismga – nazariya va amaliyotga bo’linadi. Nazariya yangi bilimni yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir. Nazariya har xil shakllarda ifodalanadi: aksioma, teorema, qonun, formula, grafik raqam va boshqalar. Nazariyada g`oyalar shakllanadi.
Amaliyot bilimlarning haqiqiyligini ko’rsatuvchi mezondir. Kuzatish, tajriba, o’zgartirish, yaratish – bular amaliyot shakllariga kiradi. Amaliyot ijtimoiy hayot va tabiatning murakkab jarayonlarini bilib olishda inson uchun asosiy qurol bo’lib xizmat qiladi.
Maxsus maktablardagi ta`limning umumiy vazifalari bilan birgalikda maxsus vazifalar, ya`ni, aqli zaif o’quvchilarning nuqsonlarini tuzatish vazifasi bilan birga olib boriladi.
Maxsus maktab ta`limining yana bir xususiyatlaridan biri shuki, ta`lim nazariya va amaliyot bilan birga qo’shib olib boriladi. Maxsus maktab ta`limi amaliy yo’nalishga ega. Amaliyot aqli zaif o’quvchilarning nazariy bilimlarni egallashlariga hamda ularni amaliyotda sinab ko’rishlariga yordam beradi.
Aqli zaif o’quvchilarga tarbiya, ta’lim berish fan sifatidagi oligofrenopedagogikaning asosiy tushunchalaridir. Tarbiya ijtimoiy munosabatning shunday bir turiki, unda aqli zaif o’quvchilar shaxsini yo’naltirilgan holda shakllantirish maqsadida bir xil toifadagi odamlar boshqa bir toifadagi odamlarga ta’sir o’tkazadi.
Shaxsning rivojlanishi bolaning voqelikni o’zlashtirish yuzasida xususiy faoliyati orqali ro’y beradi. Shuning uchun ham tarbiya aqli zaif o’quvchilar hayoti va faoliyatining tashkil etilshini taqozo etadi. O’ynash, bilish, mehnat qilishi, sport bilan shug`ullanish, faoliyatning badiiy va boshqa turlari jarayoni natijasida, ularni doimiy ravishda ongi o’sib boyib va qayta o’zgarib borishi natijasida kattalar bilan muloqot qilishi, do’stlari bilan mustaqil muloqoti tufayli bola faollikning oddiy ko’rinishi tariqasidagi taqlidchilik faoliyatining mustaqil usullariga, ijodiy faollik sari o’zini tarbiyalash sari asta sekin qadam qo’yadi.
Kishi jamiyatda yashaydi va shu jamiyatning talablaridan chetda qolishi mumkin emas. Bu talablar birinchi galda kishining axloqiy, ma’naviy fazilatlariga, uning xulq - atvoriga daxldor bo’ladi. Talablar alohida birovlar tomonidan o’ylab chiqilmagan, stixiyali va ixtiyoriy tarzda paydo bo’lmagan, balki birgalikda mehnat qilish va aloqa jarayonida tarkib topgan, kishiga nisbatan muayyan qoida tariqasidagi talab tusini olgan. Bu talablarda har bir kishining, jumladan Maxsus maktab o’quvchisining ham jamiyatga, boshqa odamlarga o’ziga nisbatan burchlari mujassamlashgandir.
Aqli zaif o’quvchilari axloqiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, estetik tarbiya, ekologik, huquqiy, iqtisodiy, jismoniy va jinsiy tarbiyaning birga olib borilishini ta’minlaydigan kompleks yondashuv asosidagina ular shaxsi har tomonlama shakllanishiga erishish mumkin. Aqli zaif o’quvchilarga faqat kompleks tarzdagi tarbiyaviy ta’sirgina chinakamiga ijobiy natijalar beradi.
Maxsus maktabda o’qitish jarayoning vazifalari.
Maxsus maktabda o’qitish ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash kabi uchta funksiyani o’z ichiga oladi.
Birinchisi, elementar bilimlarni egallash, o’quv ko’nikmalari va malakasini shaqllantirish jarayonidan iboratdir.
Ikkinchisi, aqli zaif o’quvchilarni aqliy jihatdan mumkin fadar maksimal rivojlantirilishini o’z ichiga oladi.
Uchinchidan, tarbiyalash funsiyasi shundan iboratki, o’quv faoliyati aqli zaif o’quvchilarni tarbiyalaydi, unda vatanparvarlik, axloqiy fazilatlar, o’ziga xos nuqtai nazar, e’tiqod, estetik tuyg`u, intizomlilik, mehnatsevarlik shakllanadi.
Vazifa shundan iboratki, aqli zaif o’quvchilarda zarur fazilatlarni hosil qilish maqsadida ushbu funksiyalarni boshqarishga, bolalarning ongiga, hissiyotiga, irodasiga sobitqadamlik bilan sistemali tarzda ta’sir o’tkazishga urganish kerak. o’qitishning ta’lim berish, korreksion - rivojlantirish va tarbiyalash funksiyalari amalga oshirilishi natijasida Maxsus maktab o’quvchisi shaxsini shakllantirish jarayoniga kompleks yondashuvga erishiladi. Aqli zaif o’quvchilar shaxsini ta’lim -tarbiya asosida to’g`ri shakllantirish nazarda tutiladi.
Aqli zaif o’quvchilargi ta’lim - tarbiya beruvchi, karreksion - rivojlantiruvchi, ular shaxsini risoladagidek shakllantiruvchi yagona maskan - bu Maxsus maktabdir. Chunki aqli zaif o’quvchilarnig hayotida yagona o’quv maskanidagina ularni hayotga tayyorlab boriladi.
Oligofrenopedagogikaning maxsus markazida turadigan manba nuqsonning o’zi emas, balki u bilan bog`liq holda buzilgan ruhiy holatdir. Shu bilan birga biz aqli zaif deb bu holatning turg`unligini ham tushunamiz, Mana shu mezonning bor yoki yo’qligiga qarab aqliy qololikning boshqa unga o’xshash turlaridan farqlashimiz lozim va shunga qarab ular shaxsini shakllantirish, ular xarakteridagi salbiy xulq atvorlardan xolis qilishda maxsus psixologik yondashish taqozo etiladi.
Hozirgi oligofrenopedagoglarimiz biologik omillarga katta e’tibor beribgina qolmay, balki ta’lim-tarbiya va atrof - muhitga ham alohida e’tibor beradilar. Maxsus maktablarning boshlang’ich sinflaridagi korreksion - tarbiyalovchi ta’lim ta’sirida aqli zaif bolalar ruhiy jarayonlarida juda katta siljishlar ro’y beradi.
Muhit aqli zaif o’quvchilarning shaxsi shakllanib borishi uchun sharoit sifatidagina emas, balki manba sifatida ham namoyon bo’ladi. Bola dunyoga kelgan dastlabki kunlaridanoq, uni o’rab olgan ijtimoiy muhit bilan o’zaro munosabatda va uning ta’siri ostida bo’ladi, bu muhit uning shaxsi shakllanib borishini belgilab beradi. L.S.Vigotskiy aytganidek, «bamisoli uning kamol topishini yo’lga solib beradi». Ammo irsiy komponent, bunda oz darajada bo’lsa ham, har holda, psixik funksiyalarning tarkib topishida ham ishtirok etadi.
Aqli zaif o’quvchilar shaxsini shakllantirib, borishda har bir psixik funksiyaning tarkib topib borishi jarayonida L.S.Vigotskiy ko’rsatib o’tganidek, aqli zaif o’quvchilar shaxsini shakllantirib borishning o’z optimal bosqichi bo’ladi. Aqli zaif o’quvchilar shaxsini shaklantirishda turli psixik funksiyalarning ayni bir vaqtda, ayni bir maromda tarkib topmasligi xarakterlidir.
Inson shaxsida hamisha ikkita asos - tabiiy va ijtimoiy asoslar mujassamlashgan bo’ladi. Shaxs ijtimoiy munosabatlarning jonsiz nusxasi emas, ongli, jonli va faol harakat qiluvchi ijtimoiy organizmdir. Shaxs - nerv sistemasining somatik strukturasini, tipini bilish, hayajonlanish va irodalilik jarayonlarini, iztirob chekish, mulohaza yuritish, qiliq va harakatlar qilish chog`ida namoyon bo’ladigan ehtiyojlar va yo’nalishlarni o’z ichiga oladi. Shu bois aqli zaif o’quvchilar shaxsini shakllanib borish jarayonini yaxlit sistema sifatidagi ularda bir xil belgilar, struktura elementlari ustunlik qilib turgan bir vaqtda boshqalari voqelik talablariga bolaning o’zi mavjud bo’lgan vaziyatda hal etayotgan vazifalariga bog`liq sustlashishi mumkin va hokazo.
Aqli zaif o’quvchilar shaxsi strukturasini umuman emas, balki ginezi bilan, hayot va tarbiyaning konkret tarkib topgan sharoitlari bilan tarbiya topgan sharoitlari bilan bog`liq holda o’rganish kerak.
Yaqin atrof - muhiti yoki mikromuhit o’zida ijtimoiy - muhitni ifoda etadi. Mikromuhit bu ijtimoiy - muhitning bir qismi bo’lib, oila, maktab, do’stlar, tengqurlar, yaqin kishilar va shu kabi elementlardan tarkib topadi. Aqli zaif o’quvchilarni qurshab turgan muhitda ijobiy va salbiy progressiv va konservativ hodisalar mavjud bo’ladi. Shaxs atrof - muhit ta’sirini o’ziga singdiribgina qolmay, balki unga qarshilik ko’rsatib ham shakllanadi. Shu munosabat bilan muhim ijtimoiy - pedagogik muammo maydonga chiqadi: aqli zaif bola ichki tuyg`ular zamirida hosil bo’ladigan konfliktlarni to’g`ri hal etishga, tashqi salbiy ta’sirlarga qarshilik ko’rsata bilishga shaylikni tarbiyalay borib, muhitni pedagogikaga ilmiy jihatdan asosli tarzda moslashtirish, muhitning nazorat qilinishi mumkin bo’lgan ta’sirini boshqarish va yulga solib turish lozim.
Rivojlanishning shart - sharoitlari aqli zaif bolaning o’zi ularga nisbatan qay holda turganiga va uning bu sharoitlarida shaxsiy munosabatlar qay tarzda tarkib topishiga bog`liq bo’lgan holda shaxsning shakllanishiga ta’sir ko’rsata oladi yoki ko’rsata olmaydi. Masalan, shu narsa ayon bo’ldiki, agar bola o’rtoqlari orasida hurmatta ega bo’lsa, agar unga ma’suliyatli topshiriqlarni ishonadigan bo’lsa, bu hol unda o’ziga ishonchning faollikning, til topishib ketishning rivojlanishiga yordam beradi. Yoki aksincha bo’ladi.
Shunday qilib aqli zaif o’quvchilar shaxsini shakllantirilishi - bu ularning irodasi va ongiga bog`liq bo’lmagan hamda stixiyali ravishda harakat qiladigan va muayyan maqsadlarga ko’ra, muayyan vositalarni ishga solgan holda harakat qiladigan kishilarning irodasiga bog`liq barcha ob’ektiv va sub’ektiv tabiiy va ijtimoiy ichki va tashqi omillar yig`indisining ta’siridir.
Ko’rib turibmizki, tarbiya kishini shakllantirish bilan shug`ullanadi. Lekin shaxsning shakllanishi tarbiyadan mustasno tarzida yuz berishi ham mumkin, Tarbiya inson shaxsi kamolotining irodasi va ongi umuman ko’pgina omillar ta’sirini yo’qota olmaydi va man eta olmaydi, Bu holda shunday savol tug`iladi: tarbiyachi shaxsni shakllantirishning ko’pincha unga bog`liq bo’lmagan tarzda yuz beradigan jarayonga ta’sir qila oladimi?
Bu savolga ikki xil javob berish mumkin, tarbiyaning shunday vositalarini ishlab topish kerakki, ular tarbiyachi qo’lida bo’lishi mumkin bo’lgan na tarbiyachiga bog`liq boshqa omillar ta’sirini bartaraf etishga qodir omillar bo’lishi kerak. Yo shunday vositalarni izlab topish kerakki, ular yordamida tarbiyachi kishini shakllantirish omillariga ta’sir o’tkaza olishi, bu omillarning harakat qonunlarini egallab olishi va shu tariqa ularning ta’sirini istalgan yo’nalishga bura bilishi lozim.
Jamiyatimizni takomillashtirishning ilmiy manzarasini chuqurlashtirish oligofrenopedagogika nazariyasi va tajribasining ko’pgina yirik muammolari yuzasidan bizning tasavvurlarimiz jiddiy tarzda boyitilishini taqazo etadi. Jumladan, jamiyatning shaxsning har tomonlama kamol toptirish maqsadini ko’zlaydigan ko’rsatmalarini amalga oshirish, maxsus maktablarda o’quv - tarbiya jarayonini ekonomika va madaniyatini jadal va uyg`un tarzda rivojlantirish, ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirish manfaatlari yo’lidagi pirovard natijaga erishish sari yunaltirish; ta’limni unumli mehnat bilan, jamiyatimizning yangi qurilishi praktikasi bilan boglab olib borish to’g’risidagi hozirgi zamon talab darajasidagi g`oyalarni rivojlantirish; maxsus maktablarda mehnat ta’limini turli yo’nalishlarini, korreksion - tarbiya va kasbga yo’naltirishni yaxshilash; ta’limning tarbiyaviy funsiyasini kuchaytirish, tarbiyaviy jarayonni yangi dastur, metodik mazmun bilan boyitish.
Yuqorida aytib o’tilganlarni oligofrenopedagogika fani o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan va Respublikamizning defektolog olimlari ana shu maqsadni amalga oshirishning ilmiy - nazariy manbalarini ishlab chiqishga va uni amaliyotga tadbiq, qilishga tinimsiz intilmoqdalar va birmuncha yangiliklar yaratmoqdalar.
Maxsus maktab oldiga hozir katta talablar qo’yilgan. Maxsus maktabni tubdan isloq qilish, ularga bilim berish korreksion - tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish, mehnat faoliyatiga, ijtimoiy hayotga tayyorlashning optimal variantlariii ishlab chiqish, «Sog`lom avlod» dasturini amalda qo’llash kabi bir qator vazifalar hozirgi kun talabidir.
Aqli zaif bolalar Maxsus maktabda barcha umumta’lim fanlaridan ma’lum hajmda nazariy amaliy bilimlar oladilar. Kasbiy mehnat malakalarini egallaydilar. Maxsus maktab ta’lim jarayonida korreksiyalash ish tizimini amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |