1 – mavzu: Maktabgacha oligofrenopedagogika kursining predmeti, vazifasi, maqsadi, metodlari


– Mavzu: Aqli zaif bolalarda oddiy matematik tasavvurlarini shakllantirish mazmuni va vazifalari



Download 0,69 Mb.
bet42/58
Sana30.12.2021
Hajmi0,69 Mb.
#95310
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58
Bog'liq
makt oligo маъруза 4-kurslarga (2)(1)

14 – Mavzu: Aqli zaif bolalarda oddiy matematik tasavvurlarini shakllantirish mazmuni va vazifalari

REJA:


  1. Oddiy matematik tasavvurlarni shakllantirish mamuni va vazifalari

  2. Oddiy matematik tasavvurlarni shakllantirishning usullari

  3. Miqdoriy tasavvurlarni shakllantirish bo`yicha har g’ir o`quv yilida olib boriladigan ishlari

  4. Aqli zaif bolalarda o`quv faoliyatining elementar ko`nikmalari

Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari sharoitida matematika o`qitishning umumtahlimiy, korrektsion-tarbiyaviy va amaliy vazifalarini hal qilish defektologning kasbiy tayyorgarligiga bog`liq.

Matematika o`qitish aqli zaif bolalarning ma`lum bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirib olishlarinigina emas, balki ularning psixik jarayonlarini korrektsiyalash uchun ham imkoniyat yaratadi. Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar uchun aqliy yetishmovchilik xarakterli xususiyatlardandir. Bu hol ularda mavhum umumlashtirishga, atrof muhitdagi narsalar va voqealar o`rtasidagi aloqa hamda bog`liqlikni belgilay olmaslikka, taxlil va sintez qilishga qobiliyat yo`qligida ifodalanadi. Aqli zaif bolaning tafakkuri yaqqol-obrazli situatsion xarakterda bo`ladi va bir qancha o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`ladi.

Aqli zaif bolalarning matematikani muvaffaqiyatli o`zlashtirishlari ko`pincha bir tomondan, ularning matematik bilimlarni o`zlashtirish xususiyatlariga va qiyinchiliklarni hisobga olishga, ikkinchi tomondan aqli zaif bolalarning mavjud imkoniyatlarini hisobga olishga, shuningdek matematika o`qitishni to`g`ri rejalashtirish va tashkil qilishga bog`liq.

Bu bo`limda quyidagi masalalar hal qilib boriladi:

Maxsus bolalar bog`chasining har bir bir guruhida elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga oid ishlarni tashkil qilish;

Maxsus bolalar bog`chasida mashg`ulotlarni rejalashtirish va tashkil qilish;

Matematika mashg`ulotlariga qo`yiladigan didaktik talablar;

Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish usullari.

Bu bo`limda maxsus bolalar bog`chasi sharoitida matematika o`qitishning tashkiliy masalalari ochib berilgan.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga ushbu o`quv yilida bir turdagi, keyinchalik esa har xil turdagi buyumlar ichidan taqlid qilish, namunaga qarab, so`z instruktsiyasi bo`yicha bitta va ko`p buyumlarni ajratishga o`rgatishdan ish boshlanadi.

Bir xil va har xil turdagi buyumlar ichidan ikkita va uchta buyumni ajratib, "qancha?" degan savolga javob berishga o`rgatiladi. 1, 2, 3 ta buyumni barmoqlar soniga moslashtirish bo`yicha mashqlar bajartiriladi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar 3 ichida buyumlar guruhini ustma-ust qo`yish yoki yonma-yon qo`yish usulidan foydalanib taqqoslaydilar. 3 ichida buyumlarni sanash va "hammasi nechta? degan savolga javob berishga o`rgatiladi.

Kattaligi bo`yicha keskin farq qiluvchi buyumlarni taqqoslash, geometrik jismlardan shar, kub (kubik), uchburchakli prizma (tom), parallelipiped (brusok), geometrik shakllardan kvadrat, doyra, to`g`ri to`rtburchaklarni nomlamasdan farqlashga o`rgatiladi. Kichik guruxda sutkaning keskin farq qiluvchi bo`laklari (kun va tun) bilan tanishtiriladi.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan ishni tashkil qilishda didaktik materiallar bilan ishlashi, vazifalarni mahlum tartibda bajara olishi katta ahmiyatga ega. Mashg`ulotga tayyorlanayotgan material, bola uchun amaliy-xayotiy ahamiyatga ega bo`lishi kerak. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar mashg`ulotda o`zlashtirayotgai bilimlar o`yin va amaliy faoliyatda, kundalik turmushda zarurligini anglab yetishlari lozim.

Matematika o`qitishda defektolog suhbat, ekskursiya, kuzatish, taqqoslash usullari bilan bir qatorda, mo`yqalamda aylantirib chiqib yelimlash, plastilindan berilgan miqdorda sharchalar, kubiklar va boshqa 2 narsalarri yasash kabi amaliy ishlarni va didaktiq xarakatli uyinlarni keng ko`llaydi.

O`qitish jarayonida didaktik o`yinlarning ahamiyati shundan iboratki, ular o`rgatish maqsadlarida o`ylab topiladi, bolalarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga xizmat qiladi. O`yinlar vaqtida paydo bo`ladigan ijobiy tuyg`ular bolalar faoliyatini faollashtiradi. O`yinda bolalar o`zlari payqamagan holda matematik tushunchalarni o`zlashtirib boradilar.

Ko`p buyumlar ichidan taqlid kilish, namunaga qarab so`z instruktsiyasi bo`yicha 4 ta buyumni ajratish, uni sanash, sanalgan buyumlarning natijasini aytish (masalan, hammasi 4 ta quyoncha), 4 ichidagi buyumlar sonini barmoqlar soniga mos keltirishga o`rgatib boriladi. Rasmda turli joyda tasvirlangan buyumlarni idrok etib, miqdorini aytish bo`yicha mashqlar olib boriladi.

4 ichida ikkita guruh buyumlarni yonma-yon va ustma-ust qo`yish usuli orqali taqqoslash malakalari shakllantiriladi. Buyumlarning miqdori, ularning fazoda joylashishi, rangi, shakli, kattaligiga bog`liq emasligini bolalarga misollar asosida tushuntiriladi.

Kattalik bo`yicha buyumlarni taqqoslashga o`rgatiladi. Geometrik shakllar haqida olgan bilimlarini tasviriy faoliyat, o`yin jarayonida qo`llaydilar.

Mashg`ulotlar davomida guruh xonasidagi buyumlarni o`ziga nisbatan mo`ljal olishga o`rgatiladi. Sutka bo`laklaridan ertalab, kunduzi, kechqurunni farqlash bo`yicha mashqlar olib boriladi. Yil fasllaridan kuz, qish, yozning asosiy belgilarini tabiat qo`ynida kuzatish orqali tanishtiriladi va mustahkamlanadi.

Maktabgacha yoshdagi aqlsh zaif bolalar tomonidan bilimlar turli darajada o`zlashtirilishini va materialning asta-sekin o`rganilishini hisobga olish uchun defektolog materialni to`g`ri rejalashtirishi muhim. SHuningdeq defektolog aqli zaif bolalarning bilim imkoniyatlarini hamda ularning bilimlari holatini, ko`nikma va malakalarini aniq, tasavur qilishi shart.

Ushbu guruhda maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga 5-6 ichida buyumlarning sanasi va natijasini aytish, ko`p buyumlar ichidan so`z instruktsiyasi bo`yicha 4 ta, namuna va taqlid qilish asosida 5 ta buyumni sanab ajratish, 5-6 ichida buyumlar sonini barmoqlar soniga moslashtirishga o`rgatiladi.

Buyumlar guruhini miqdori bo`yicha taqqoslash: kattaligi va miqdori bo`yicha teng, kattaligi bo`yicha bir xil, ammo miqdori bo`yicha turlicha (ko`p, kam), kattaligi va miqdori bo`yicha turli xil 5 ichida ochiq natija bilan 4 ichida yopiq natija bilan arifmetik misollarni yechish bo`yicha mashqlar beriladi. Katta guruhda maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar sodda masalalar tuzish va yechishga o`rgatiladi.

Buyumlarni balandligi, uzunligi, qalinligi bo`yicha solishtirish malakalari shakllantiriladi. Bolalarning turli faoliyatlarida tanish geometrik shakllardan foydalanishga o`rgatish davom ettiriladi hamda ularni qo`lda paypaslab ko`rib, nomlash bo`yicha didaktik o`yinlar qo`llaniladi. Mashg`ulotlarda, kun tartibining barcha vaqtlarida va turli faoliyat jarayonlarida aqli zaif bolalarga fazoda mo`ljal olish bo`yicha ishlar olib boriladi.

Sutka bo`laklarini bir-biridan farqlashga, hafta kunlarining nomini to`g`ri aytishga, to`rt faslning asosiy belgilarini bilishga o`rgatiladi.

Maktabga tayyorlov guruhida kuchli o`zlashtiruvchi bolalar guruhi bilan 10 ichida, kuchsiz o`zlashtiruvchi bolalar bilan 7 ichida sanash malakalari rivojlantirib boriladi.

Ko`p buyumlar ichidan so`z instruktsiyasi bo`yicha beshta buyumni ajratish, beshdan birgacha teskari sanash, 7 ichida berilgan sondan berilgan songacha sanash, 10 ichida to`g`ri sanash malakalari shakllantiriladi. 5 raqami bilan tanishtirib, buyumlar miqdorini ko`rsatilgan raqamlarga, har qaysi raqamni buyumlar miqdoriga moslashtirish bo`yicha amaliy mashqlar olib boriladi. 4-5 soni doirasida sodda masalalar yechishga o`rgatiladi. Buyumlarni teng ikki qismga bo`lish bo`yicha amaliy mashqlar o`tkaziladi.

Maktabga tayyorlov guruhida geometrik shakllar haqidagi tasavvurlari mustahkamlanadi va kengaytiriladi. Bolalar tevarak atrofdan o`ziga tanish shakllarni topadilar, geometrik shakllarni shakli bo`yicha guruhlarga ajratadilar.

O`ziga, boshqa buyum, boshqa odamga nisbatan hamda qog`oz varag`ida mo`ljal olishga o`rgatiladi.

Sutka bo`laklari, hafta kunlari, yil fasllarining asosiy belgilarini aytib berish malakalari shakllantiriladi.



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish