Bolalarning so`z boyligini oshirishda didaktik o`yinlardan foydalanish.
Didaktik o`yinlar aqliy tarbiya berish metodi bo`lib, bu metod vositasida bolalarning diqqat, hotira, kuzatuvchanlik. Topqirlik kabi psixik sifatlari tarkib toptiriladi. Didaktik o`yinlar bolalarning bilimlarini ular uchun oson va qiziqarli formada mustahkamlash imkonini beradi.
Didaktik o`yin nutqni o`stirishning, lug`atni mustahkamlash va faollashtirishning muhim metodlaridir. har bir didaktik o`yin o`zining dastur mazmuniga ega u buyumlar haqidagi bilimlarni mustahkamlaydi.
Bu o`yin orqali aqli zaif bolalarning his-tuyg`ularini rivojlantiriladi. Didaktik o`yinlardan asosan bolalarning aqliy faoliyatlarini rivojlantirishga ta`sir etuvchi vosita sifatida foydalanish bilan bir qatorda nutqni o`stirish, atrof-muhit bilan, tabiat bilan tanishtirishda keng qo`llaniladi. o`yin shaklida o`tkaziladigan mashqlar esa bolalarning diqqatini o`ziga jalb qiladi, qiziqtiradi, natijada bolalar o`zlarini qiynamay, majbur qilmay takrorlash lozim bo`lgan so`z yoki harakatlarni osonlik bilan takrorlaydilar. Demaq didaktik o`yinlar bolalarning nutqlarini o`stirishda keng foydalaniladigan ta`limiy vositalardan biri bo`lib hisoblanadi.
Didaktik o`yinlar jarayonida aqli zaif bolalarning so`z boyligini orttirish, tovushlarni to`g`ri talaffuz etishni mashq qildirish, so`z intonatsiyasini to`g`ri ifodalay olishga o`rgatish yuzasidan ish olib boriladi.
Didaktik o`yin uchun tanlanadigan material o`zining tashqi ko`rinishi bilan bolalarni qiziqtiradigan, o`yinga jalb etadigan bo`lishi kerak. Tanlangan narsalar mashg`ulot mazmuniga mos bo`lishi, narsalarning belgilari aniq bo`lishi kerak.
Lug`at ishi uchun qanday o`yinlardan foydalanish mumkin?
Kichik guruhlarda o`tkaziladigan didaktik o`yinlarda asosan turmush lug`ati, yahni bolalarning tevarak-atrofdagi buyumlarning nomlari, sifati va vazifalarini ifodalovchi so`zlar mustaxkamlanadi. Turmush lug`atini faollashtirish vazifasi maxsus bolalar bog`chasida ham V. I. Tixeeva tomonidan yaratilgan qo`g`irchoqlar bilan o`tkaziladigan o`yinlarda muvaffaqiyatli hal qilinadi.
«Qo`g`irchoqni cho`miltirish» o`yini natijasida bolalar ustki va ichki kiyimlarning, cho`miltirish uchun zarur buyumlar (sovun, sochiq) ning nomlarini aniqlaydilar.
«Qo`g`irchoqni uxlatamiz» o`yinida bolar ko`g`irchoqni yotqizayotib, ko`rpa-yostiq nomiga, bog`liq so`zlarning (tushak ustini yopib qo`yish, yotqizish) mahnosini tushunib oladilar.
O`rta guruhlarda turli mazmundagi o`yinlarda o`zlarining turmush lug`atlarini (kiyim - kechak idish - tovoq, tabiatga oid: hayvonlar, o`simliklar, sabzavotlar, mevalar) mustahkamlaydilar, buyumlarning belgilari sifati, vazifalarini bilib oladilar, buyumlardagi o`xshashlik va farqlarni aniqlaydilar, buyumlarni guruhlar bo`yicha klassifikatsiya qiladilar. (stol, stul, shkaf - mebelg’)
Qo`g`irchoqlar bilan o`tkaziladigan turli - tuman o`yinlarda aqli zaif bolalar so`z boyligiga yangi so`zlar kiritiladi va ularning mahnosini aniqlanadi.
«Qo`g`irchoqlarni choy bilan mehmon qilamiz» o`yinida tanish buyumlarning vazifalari aniqlanadi: choynak — choy uchun, qanddon -qand uchun, sut idish - sut uchun va hokazo.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar lug`atini faollashtirishda «Ajoyib xaltacha» o`yinidan keng fondalaniladi. Bola xaltachadagi narsalarning nomini bilmasa, uning shakli bilan tanishgan bo`lmasa, u xaltachaga qo`lini tiqib, qo`li bilan ushlagan narsaning nomini ayta olmaydi. SHuning uchun bu o`yinni o`tkazishda bolalar mahlum darajada bilim va kunikmalarni egallagan bo`lishlari kerak. Bu o`yinda bolalar narsani ko`rmasdan, ushlab, paypaslab, uning shakliga ko`ra nomini aniqlash qobiliyati tarbiyalanadi.
Katta guruhlarda buyumlarsiz - og`zaki didaktik o`yinlardan foydalaniladi. Katta yoshdagi bolalarning og`zaki nutqlarini o`stirishda, erkin so`zlay olish qobiliyatlarini tarbiyalashda, hozir javoblikka o`rgatishda narsalarsiz o`tkaziladigan og`zaki didaktik o`yinlar muhim amaliy ahamiyatga ega. Bunday o`yinlar bolalarning so`z boyligi ancha ortganidan, atrof-muhit haqida mahlum darajada bilimga ega bo`lganlaridan keyin o`tkazilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi. CHunki bunday o`yinda bolalardan berilgan savollarga javob bera bilishlari talab etiladi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning psixik rivojlanishidagi nuqsonlar buyumlarsiz og`zaki didaktik o`yinlarini o`tkazishda mahlum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning so`z boyligi sifat jihatidan tahlil qilinganda, asosan ular tomonidan yo`l qo`yilgan leksik xatolar, yahni so`zlarning mahnosiga ko`ra noto`g`ri qo`llaganliklari kuzatildi. So`z mahnosini tushunmagan bola bir so`zni ikkinchi so`z bilan almashtiradi va so`zlarni bir-biri bilan bog`lay olmaydi. Leksik mahnosi jihatidan yaqin predmetning nomi, belgisi va ish-harakatini bildiruvchi so`zlarni differentsiatsiya qilishda kamchiliklarga yo`l qo`yadilar.
SHuning uchun og`zaki o`yinlar o`tkazish tabiiy buyumlar bilan bevosita tanishilgandan keyin rejalashtiriladi, og`zaki o`yinlar tegishli lug`atni ancha mustahkamlaydigan mashqlar, buyumli o`yinlar, o`yinchoqlar va suratlar bilan almashtirilib turiladi.
«Yanglishma» o`yinida kiyim kechakni ifodalovchi lug`at faollashtiriladi. Doira o`rtasida o`tirgan ko`zi bog`liq, bola kiyimining tavsiflab berishiga qarab bolalardan qaysi birining o`z oldiga kelganini topadi.
Masalan: unga «Bu yashil ko`ylak qizil tufli kiygan, sochiga oq lenta taqqan qiz» deydilar. Topuvchi qizning nomini aytadi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan o`yinni boshlashdan oldin uni o`tkazish qoidasi bilan bolalarni tanishtirish, 2-3 marta o`yinni borishini defektolog ko`rsatib berishi lozim. o`yinda mustaxkamlanadigan so`zlar ro`yxati oldindan belgilab olinadi. har bir bolaning nutqiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda o`yinga jalb qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |