1 – mavzu: Maktabgacha oligofrenopedagogika kursining predmeti, vazifasi, maqsadi, metodlari


O`z-o`zini tekshirish uchun savollar



Download 0,69 Mb.
bet28/58
Sana30.12.2021
Hajmi0,69 Mb.
#95310
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58
Bog'liq
makt oligo маъруза 4-kurslarga (2)(1)

O`z-o`zini tekshirish uchun savollar.

  1. Nutqning tovush madaniyati deganda nimani tushunasiz?

  2. Eshituv idrokini shakllantirish bo`yicha qanday ishlar olib boriladi?

  3. Artikulyatsiya va burro gapirishni (diktsiyani) tarbiyalash bo`yicha qanday ishlar olib boriladi?

  4. Ritm, sur`atni tarbiyalash. bo`yicha qanday ishlar olib boriladi?

  5. Ovozni tarbiyalash. bo`yicha qanday o`yinlar o`tkaziladi?


9 – Mavzu: Maxsus maktabgacha ta`lim muassasasida lug`t ishi va nutqning grammatik tizimini shakllantirish metodikasi

REJA:


  1. Maxsus bolalar bog`chasida lug`at ishining vazifalari

  2. Maxsus bolalar bog`chasida lug`at ishining usullari

  3. Maxsus bolalar bog`chasida lug`at ishini olib borishda suratlar bilan ishlash

  4. Aqli zaif bolalarning so`z boyligini oshirishda didaktik o`yinlarning ahamiyati

  5. Aqli zaif bolalarni grammatik jihatdan to`g`ri nutqqa o`rgatish bo`yicha olib boriladigan ishlar tizimi

Maxsus bolalar bog`chasining ta’lim va tarbiya dasturida bolalarni tevarak-atrof bilan tanitirish va ularni lug`atini boyitishga katta o`rin berilgan.

Aqli zaif bolalarning so`z boyligini oshirish maxsus pedagogikaning dolzarb masalalaridan bo`lib kelgan.

So`z nutqning eng asosiy xom ashyosidir. Mudomiki shunday ekan, maktabgacha oligofrenpedagogika fanining oldida turgan eng asosiy talablardan biri bolalarni so`zlar xazinasiga olib kirish, bu xazinadan baxramand qilishdir. Bu murakkab vazifani so`z ustida mutasil ish olib bormay turib amalga oshirib bo`lmaydi.

Aqli zaif bolalar bilan olib borilgan kuzatishlar tahlili shuni ko`rsatadiki, ular predmetlar va holatlarni bildiruvchi so`zlarning mahnosini tushunishda qiyinchilik va xatolarga duch keladilar, hayotiy tajribalarida kam uchraydigan predmetlarni hatto ko`rsata olmaydilar.

SHuning uchun maxsus bolalar bog`chasida bolalarning faol lug`atini ularga notanish va qiyin so`zlar hisobiga boyitish ustida ishlash muhimdir.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar lug`atini kengaytirish ishi uni qurshab olgan olam bilan tanishtirish asosida olib boriladi.

Har bir insonning faol va passiv lug`ati bo`ladi.

Faol lug`at so`zlovchining faqat tushunibgina qolmay, balki o`z nutqida qo`llaydigan so`zlaridir. Passiv lug`at so`zlovchining muayyan tilda tushunadigan so`zlaridir.

Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning passiv so`z boyligi salmog`i faol nutqidan yuqori turadi. Rasmdagi tasvirlarni mazkur toifadagi bolalar ko`rsatib bera oladi, ammo nomlashga aqliy imkoni yetmaydi. Faol so`z boyligining kamligi aqli zaif bolalarning atrofdagilar bilan muloqot qilishda qiyinchilik tug`diradi. Aqli zaif bolalar bahzi so`zlarning rasmdagi tasvirini aytib beradi, lekin boshqa sharoitda va vaziyatda shu so`zlarning mahnosini tushunmaydi.

SHu bilan birga, so`z boyligining kambag`alligi tufayli bolalar bir guruh so`zlardagina foydalanishi natijasida nutqning bir yoqlama, noaniq bo`lishga olib keladi.

Maxsus bolalar bog`chasidagi lug`at ishning vazifalari quyidagilardan iborat.

a) Bolalar lug`atini boyitish — bolalarni yangi va mustaqil o`zlashtirib olishlari uchun qiyin bo`lgan so`zlar bilan reja asosida muntazam ravishda tanishtirib borish demakdir. Bolalarning lug`ati ularning tevarak-atrofdagi voqealar bilan bevosita tanishishlari asosida, bilish faoliyatlari jarayonida: kuzatishlar, ko`zdan kechirish, ekskursiyalar va hokazolar vaqtida boyib boradi. Yangi so`zlarni o`zlashtirib faqat muomala qilishgagina yordam bermay, u bolalarni tafakkurini takomillashtirish vositasi bo`lib ham hisoblanadi. CHunki bu jarayonda bolalar butunni qismlarga bo`lish, alohida belgilarni bir-biridan farq qilish, taqqoslash, umumlashtirish, bir tizimga solishni o`rganadilar.

b) Bolalar nutqida bo`lgan bor lug`atni mustahkamlash va unga aniqlik kiritish. Bu vazifa bolalarning xususiyatlariga, ularning nutqining taraqqiyot xususiyatlariga muvofiq ravishda ilgari suriladi. Aqli zaif bolalar so`zlarni ko`p marta takrorlashga muhtojdir. Avvalo bolalar uchun qiyin bo`lgan so`zlar ularning xotirasida mustahkamlash bilan maxsus shug`ullanish lozim. Bolalar uchun yangi bo`lgan tovushlarni to`g`ri talaffuz etilishiga ehtibor berib boriladi. Ko`pincha so`zlarni xotirada mustahkamlash bilan bir qatorda boshqa vazifalar so`zlarning mahnosini aniqlash, ularning mahnosini chuqurlashtirish ham amalga oshiriladi. Bu jarayon butun maktabgacha tarbiya yoshida davom etadi.

So`zlarning mahnosini aniqlash uchun defektolog aqli zaif bolalar ko`rib turgan narsani ko`rsatish va ularning nomini aniq aytib berish usulidan keng foydalanadi.

v) Bolalarning lug`atini faollashtirish maxsus bolalar bog`chasidagi lug`at ishining eng muhim vazifalardandir. Lug`atni faollashtirish nutqda foydalanadigan, mazmuni bolalarga aniq tushunarli bo`lgan so`zlarni ko`paytirishdir.

Turli yosh guruhlarida qilinadigan lug`at ishining mazmuni «Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni o`qitish va tarbiyalash» dasturida belgilab berilgan. Dasturda lug`at ishi bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish asosida olib borishni nazarda tutadi. Dasturda bolalarning aktiv lug`atiga muayyan talablar qqyiladi. Tevarak-atrofdagi buyumlar hamda hodisalar haqidagi bilim va tasavvurlarni chuqurlashtirish asosida bolalarning aktiv lug`atiga buyumlar, ularning sifati, qanday materialdan tayyorlanganligini anglatuvchi so`zlarni kiritib boriladi. Lug`at ishining mazmuni har bir yosh guruhida murakkablashtirib boriladi.



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish