Ritm, surhatni tarbiyalash.
Nutq surhati nutqning tezlik darajasidir. Nutq ritmi esa bo`g`inlar so`zlarning vaqt jihatidan bir mehyorda navbatlashib kelishidir.
SHuni alohida tahkidlash joizki, kichik sinflardagi aqli zaif o`quvchilarning ko`pchiligini ifodali o`qishi, intonatsiyalari (V.A. Artemov) juda kuchsiz ko`zga tashlanadi. Ularning nutqi monaton intonatsiyalari kambag`al, urug`larni noto`g`ri qullash va keraksiz pauzalarni qo`llash bilan xarakterlanadi. Ayrimlarda qo`zg`aluvchan oligofrenlarda o`ta tezlashgan nutq kuzatiladi. Impulg’siv shoshqaloq, bezovta bo`lgan bu bolalar o`z fikrlarni tashkillashtira olmaydilar va tashqi tuzilishini umuman kuzata olmaydilar. O`quvchilarning bunday nutqini xarakterlab M.F. Gnezdilov so`zlar oqimi va chalkash tovushlarda oxiriga yetmagan va aytilmay qolgan deb yozgan. Aqli zaif bolalarning boshqa tormozlangan uyatchan yoki bo`shashgan qismida nutq potologik sekinlashgan bo`ladi. Ular past, sekin, xuddi tili zo`rg`a xarakatga kelayotgandeq so`zlarni cho`zib gapirishadi.
Nutq tempini buzilishi bolani atrofdagilar bilan aloqa bog`lashga, ularga qaratilgan nutqni tushunishga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Aqli zaif bolalarning ifodali gapirishga o`rgatish borasida sistematik yo`naltirilgan ish olib boradi. SHuni sezish mumkinki aqli zaif bolalar ko`p holda defektologga taqlid qilishadi. Turli xil ifodalarni qo`llab bolalarda gapirishga qiziqish uyg`otadi va chiroyli, aniq gapirishga o`rganadi.
Aqli zaif bolalar nutqning intonatsion tomonini chuqur egallashni, gapiruvchilarning ovozi va gapirishi belgilariga diqqat bilan o`arashini va o`zlari ham shunday foydalanishga xarakat qilishlari uchun talim jarayonida turli xil metodlardan foydalanadi. Bularga yod olingan shehrni ifodali o`qish, rollarga bo`lib o`qish, qiyin bo`lmagan ertaklarni sahnalashtirish bir jumlani o`zini xissiyatga berilib o`qish (qo`rquv bilan, xursandchilik bilan) va xokozolar.
Maxsus koorektsion ish oligofren bolalarni nutq tempini normallashtirish uchun olib boriladi. Nutq tempi tezlashgan bolalar bilan defektolog mahlum darajada bosiq, sekinroq gaplashadi.
Agar bolalar nutq tempi keskin sekinlashgan bo`lsa birinchi navbatda bo`layotgan voqealarga qiziqish uyg`otish, aktiv muloqatga kirishini faoliyati shakllantiriladi..
Korrektsion ishni amalga oshirish jarayonida o`quvchi o`z nutqidagi kamchilikka tanqid bilan qarashga o`rgatish lozim. Ana shundan keyin shu kamchiliklarni bartaraf etishga va xohish istak bilan xarakat qilishga o`rgatish kerak.
Nutq ritmining buzilishi nafas olishning takomillashmaganligidan, lozim bo`lgan so`zni darhol topa olmaslikdan kelib chiqadi. Bolalarda nutq surhatini va ritmi to`g`ri tarkib topish uchun ularning tevarak-atrofdagi kattalar aniq hamda osoyishta so`zlashlari lozim.
Bog`cha bolalarida to`g`ri ritm va surhatni tarbiyalash uchun tanish shehrlarni doira va chapak sadolari ostida o`qish, ashulali o`yinlarni ohista surhatda pauza bilan aytib o`ynash, musiqa mashg`ulotlarida ashula aytish harakati bilan shehrlar o`qish va boshqa usullardan foydalaniladi.
Ovozning bunday sifatini (kuchli va baland-pastligini) tarkib toptirish uchun tushuntirish metodidan masalan, kichkintoylarga nima uchun uyqu xonasida sekin gaprish kerakligini. Katta guruhlarda didaktik hikoyalarni, masalan: «Katta qurilishga ekskursiya» singari hikoyalarni tushuntirish metodidan foydalanish lozim.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning bo`g`zi kattalarnikiga qaraganda qisqa, tovush pardalari ingichka va qisqa, o`pkasi kichkina bo`ladi. SHuning uchun ham ularning ovozlari past kuchsiz, bir oz chinqiroq, nutqi esa bir ohangdir. Defetologning muhim vazifasi bolalar ovozini saqlashdan iborat bo`lib bolalar uchun zararli shovqin-suronga qarshi kurashish, bolalarni sovuq va nam havoda ashula aytishlariga yo`l qo`ymaslik kerak.
Ovozni tarbiyalashda turli mashqlardan foydalanishadi.
Ovoz kuchini rivojlanish uchun paychalari ostidagi havo bosimining darajasiga un paychalarining zichligiga bog`liq. Ovoz kuchini o`zgartira bilish - nutqning ifodalilik vositalaridan biridir. Bolani baland ovozda, lekin baqirmasdan, aniq, ovozining kuchini sekin-asta o`zgartargan holda gapirishiga, baland ovozdan o`rta va sekin ovozga o`tish va aksincha, o`rta ovozdan baland ovozga o`tishga o`rgatish lozim.
Ovoz balanligini o`zgartirish, rivojlantirish nutqning ifodalilik vositalaridan biridir.
Ovoz balandlini rivojlantirish uchun ovoz diapazonini kengaytiruvchi modulyatsiyasini, yahni ovoz tembrini rivojlantiruvchimashqlar bajariladi.
Ovoz tembri og`iz-burun-hiqildoq rezonatorining faoliyatiga, tuzilishiga va funktsiyasiga bog`liq.
Og`iz-burun-hiqildoq rezonatorining barcha qismlari o`zaro muvofiq holda ishlaganida ovoz jarangli, tekis, aniq, mustahkam va chidamli bo`ladi.
Ovoz tembri ustida ishlashda quyidagi vazifalar hal qilinadi:
a) ovozning jarangligini hosil qilish;
b) bo`yin va bo`g`iz muskullarini bo`shashtirish yo`li bilan tamoqning va ovozning qisilishini yo`qotish;
v) ovoz chiqarish uchun to`siq bo`layotgan holatlarni yo`qotish;
g) ovozning tekisligi, turg`unligini hosil qilish;
d) ovozning chidamliligini hosil qilish, yahni ovoz nagruzkasini qancha davom etishdan qathi jaranglanish sifatini saqlash.
Ovoz kuchi va balandligi jihatidan individual fiziologik imkoniyatlaridan ishlamasligi kerak.
Ovozdan foydalanish xarakteri va unga baho berish kishilar bilan aloqa munosabati uchun muhimdir. CHunki ovozning ifodalilik darajasiga qarab odamning ruhiy holatini aniqlash mumkin.
Ovoz kuchini boshqara olish malakasini va ovoz balandligini rivojlantirish bo`yicha mashg`ulotldardan namuna keltiramiz.
«Gudok» o`yini. Bolalar bir qator bo`lib o`tirishib, qo`llarini ªndan yuqoriga ko`tariladi. So`ngra asta-sekinlik bilan ªnlari tushiraladi. ¡o`lni ªndan pastga tushiraªtganda u tovushini avval baland ovozda, so`ngra past va yanada pastroq ovozda talaffuz etadilar. ¡o`llarini pastga tushirganda u tovushini talaffuz etishdan to`xtaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |