1 – mavzu: Maktabgacha oligofrenopedagogika kursining predmeti, vazifasi, maqsadi, metodlari



Download 0,69 Mb.
bet25/58
Sana30.12.2021
Hajmi0,69 Mb.
#95310
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
Bog'liq
makt oligo маъруза 4-kurslarga (2)(1)

Metodik qo`llanma: tarbiyachi o`yinni boshlashdan avval bolalarga shunday deydi, har bir so`zdan keyin to`xtalib, bo`lib-bo`lib gapirmaslik kerak. Agar bola tarbiyachi bergan savolga to`g`ri javob bera olmasa, yoki bo`lib-bo`lib gapirsa, tarbiyachi to`g`ri nutq namunasini beradi. So`ngra bola takrorlaydi.

Artikulyatsiya va burro gapirishni (diktsiyani) tarbiyalash.

Artikulyatsiya tovushlarni aniq hosil qilish uchun nutq apparatini to`g`ri holatda turish va ishlatish muhimdir. Diktsiya esa so`zlashganda va ashula aytayotgan so`zlarni aniq tushunarli talaffuz etishdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bolalarda nutqning noaniqligi, labning bo`shashi, tilning sust erinchoq harakat qilishi, pastki jag`ning kam harakatlanishi natijasida og`izning yomon ochilishi kabi hollar uchrab turadi. Bularning sababi artikulyatsiya apparatining lab, til, pastki jag`ning sust va yetarli harakatlanmasligidir.

To`g`ri artikulyatsiya va hammadan avval unli tovushlarni to`g`ri talaffuz etish so`zlarni aniq talaffuz etishni tahminlaydi.

Defektologning vazifasi aqli zaif bolalarda nutq ahzolarining harakatini rivojlantirish yo`li bilan diktsiyani tarbiyalashdir.

Artikulyatsiya va diktsiyani tarbiyalashga yordam beradigan asosiy vositalardan biri bolalarning tovushlarga taqlid qilib o`ynaladigan o`yinlaridir. Bu o`yinlarda faqat artikulyatsiya va diktsiyagina emas, balki umumiy nutq malakasi: surhat, ritm, ovoz ham tarbiyalanadi. Bu o`yinlar jarayonida defektolog tovushlarni ko`p talaffuz etishni ko`rsatadi, bolalar unga taqlid qilish orqali o`z nutq ahzolarini mashq qildiradilar.

Tovushga taqlid qilishda hayvon yoki ovoz chiqaruvchi narsalarning ovoziga to`liq o`xshatishga harakat qilmaslik kerak. Tovushlarga taqlid qilish o`yinlari uchun artikulyatsiya harakatlari sekin-asta qiyinlashib boradigan tovushlardan foydalanish mumkin: Avtomobilg’ bi-bi-ib, tramvay din-din, soat chiq-chiq , bolta urishi tuk-tuq poezd tu-tu yoki pish-pish, sigir mo`-mo`, qo`y ba-ba, echki be-be , mushuk miyov-miyov, it vov-vov, tovuq qo-qo-qo, jo`ja pi-pi-pi, g`oz g`a-g`a-g`a, o`rdak g`aq-g`aq-g`aq, samolyot r-r-r-, asalari z-z-z, qo`ng`iz j-j-j, qarg`a qarr-qarr-qarr.

Artikulyatsion apparatlarni tovushlarni tasdiq qilish shaklida mashq qildirish uchun turli xildagi didaktik o`yinlardan foydalanish mumkin. Masalan: «Ajoyib xaltacha» o`yinida tarbiyachi xaltacha ichiga 10-12 ta hayvonlarni tasvirlovchi o`yinchoq soladi, chaqirilgan bola xaltacha ichida biron-bir o`yinchoqni olib uning nomini aytish va u qanday ovoz chiqarishni ovoz bilan ko`rsatish lozim.

«Top-chi, bu nima?» didaktik o`yinda bolalar tovush taqlidiga qarab hayvonning nomini aytish kerak. Bu o`yinning variantlari juda ko`p. Masalan: kichik guruhlarda bunday o`tkazish mumkin.

Defektolog: Topinglar-chi , nima shunday mahraydi. Mo`-mo`!

Bolalar: Sigir.

Defektolog: Miyov-miyov-miyov!

Bolalar: Mushuk.

Defektolog: Hozir sizlar aytasizlar, men topaman.

Defektolog hayvonlar tasvirlangan suratni o`zi qaramay, bolalarga ko`rsatadi, Bolalar esa hayvonning ovozini taqlid qilib aytadilar, defektolog uni «topadi» va nomini aytadi.

Bu o`yinni mana banday ham o`tkazish mumkin. Stol ustiga turli buyumlarning suratini teskarisi bilan qo`yiladi. Bolalar defektologning chaqirishi bilan stol oldiga keladilar, xohlagan suratlarini oladilar va suratda tasvirlangan hayvonlarning ovozini taqlid qiladilar.

Hamma bolalar shu hayvonning nomini aytadilar va xor bilan takrorlaydilar.

Tovushga taqlid qilishda harakatli o`yinlardan ham foydalaniladi. Masalan: «Poezd» o`yini. Bolalar bu o`yinda poezdning gudok berishga (du-du), g`ildiraklarining taqirlab yurishiga (taqir-tuqur, taq-taq), to`xtash va yurish oldidan (pish-pish-sh-sh-sh) ovoz chiqarishiga taqlid qilib uni aks ettiradilar. «CHumchuqlar va avtomobilg’» o`yinida chumchuqlar yo`llarda sakrab-sakrab yurib, chiriq-chiriq-chiriq deb chirillaydilar, avtomobilg’esa yurib ketayotib, bi-bi-bib deb signal beradi. chumchuqlar yo`ldan uchib ketadilar.

Tovush taqlid qilish hikoya, ertaq shehrlar orqali ham o`tkazilishi ham mumkin. Defektolog tovushlarga taqlid qiluvchi qisqa didaktik hikoyalalarni tuzish ham mumkin. Masalan: boqqa o`tkazilgan sayr haqida hikoya qilish mumkin. Bunda bolalar o`zlari eshitgan qushlarning ovozini, barglarning shitirlashini va boshqalarni aks ettiradilar. Hikoya davomida bir necha bor tovushlarga taqlid qilish orqali bolalar ularni tez o`zlashtirib oladilar.

Tovushlarga taqlid qilish mashqlarini suratlar orqali ham o`tkazish mumkin.

Maktabgacha yoshda aqli zaif bolalar bilan tez aytishdan foydalanishda quyidagilarga ahamiyat beriladi. Avvalo defektolog bola uchun tushunarli, murakkab bo`lmagan tez aytish lozim bo`lgan matnni tanlaydi. Agar bolalar bir oyda 1-2 ta tez aytishni yodlasalar, u holda o`quv yili uchun undan 8-15 tasini tanlash lozim (avvalo sodda, so`ngra murakkab beriladi).

Defektolog yengil tez aytishni o`zi yoddan, shoshmasdan, aniq, ravon, tez uchraydigan tovushlarni ajratgan holda talaffuz etadi. Uni bir necha marta, asta-sekin ohangdor qilib o`qiydi. U bolalar oldiga tez aytishni qanday talaffuz etilishini diqqat bilan eshitish va ko`rib turish, uni aniq, ravon ayta olishga o`rganish kabi vazifalar qo`yadi. So`ng bolalar uni mustaqil ravishda yarim ovoz bilan aytadilar.

Tez aytishni takrorlash uchun defektolog dastlab xotirasi, diktsiyasi yaxshi bolalarni chaqiradi. Bolalar javobidan oldin ularga takroran aniq va ohista gapirish haqida ko`rsatma beradi. SHunday so`ng tez aytishni hamma bolalar birga xor bilan aytadilar. Bunday mashqlar uzog`i bilan 3-10 minut davom etishi lozim. Tanish tez aytishlarni nutq o`stirish mashg`ulotlarning ikkinchi qismiga ko`ngli ochish vaqtiga, adabiy ertaklarga kiritish mukin.




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish