1 – mavzu: Maktabgacha oligofrenopedagogika kursining predmeti, vazifasi, maqsadi, metodlari


Nutqni grammatik jihatdan o`zlashtirishda uchraydigan qiyinchiliklar



Download 0,69 Mb.
bet32/58
Sana30.12.2021
Hajmi0,69 Mb.
#95310
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58
Bog'liq
makt oligo маъруза 4-kurslarga (2)(1)

Nutqni grammatik jihatdan o`zlashtirishda uchraydigan qiyinchiliklar

Bola to`g`ri gapirishga o`rganish uchun kattalardan taqlid qilishga arziydigan va namuna bo`la oladigan nutqni eshitishi lozim. har bir grammatik forma bola uchun umumlashtirilgan mahlum munosabatni mustaqil ifoda etuvchi signal bo`lib hizmat qiladi. Lekin uzbek tilida turli-tuman formalar mavjuddir. Masalan, bolalar otlarning kelishiklar bilan turlanishini bilmaydilar.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning og`zaki nutqlarida kelishik qo`shimchalaridan foydalanishni tekshirish natijalari ular har doim ham o`z nutqlarida kelishik qo`shimchalaridan to`g`ri foydalana olmasliklarini ko`rsatdi. CHunki so`zlarni kelishikda turlay ololmaydilar. Natijada bunday bolalar suhbatga tortilganda nutqida ko`pincha bosh kelishikni qo`llash adi. Jo`nalish kelishigining qo`shimchasini o`rin-payt kelishigi qo`shimchasi bilan almashtirishadi. Nutqda so`zlarni bir-biriga bog`lashda qo`shimchalardan gapning asosiy elementi sifatida foydalana olmaydilar. Ular faqat so`zlarnigina talaffuz qildilar, natijada qo`shimchalar o`zgarishi bilan gapning mazmuni ham o`zgarishini bilmaydilar. SHuning uchun ham kattalar ularnin kelishik qo`shimchalarini qanday ishlatishlarini kuzatib, yo`l qo`ygan xatolarini tuzatib borishlari kerak.

Bolaning aktiv lug`ati boyib, munosabat doirasi kengayishi bilan u yoyiq gaplardan foydalana boshlagandan so`ng, nutqida grammatik xatolarning soni ancha ko`payadi. CHunki bola yangi o`zlashtirgan so`zlarini hamma vaqt ham yangi grammatik formada eslab qola olmaydi, yoyiq, gapdan foydalangan vaqtda uning mazmuni va formasini tekshirib ulguromaydi. Aqli zaif bolalar tuzgan gaplarda so`zlar tarkibining buzilganligi, muayyan so`zlar bilan qo`shimchalarning bir-biriga mos emasligi kabi kamchiliklar kuzatiladi. Gap tuzishdagi xatolar asosan, ularning leksik imkoniyatlarining chegaralanganligi bilan belgilanadi. Aqli zaif bolalar so`z boyligining chegaralanganligi asosan ularning vazifani bajara olmasliq so`zlarni noto`g`ri tanlash va so`zlar mahnosini hisobga olmay rap tuzishlarida o`z aksini topadi. SHuning uchun ham bolalarga ona tilini o`zlatirishda umumiy nutq madaniyatini tarkib toptirishda yordam beradigan, grammatik formalarni o`rgatadigan maxsus mashqlar o`tkazish yaxshi natija beradi. Buning uchun bu ish mustaqil bo`lim qilib ajratilib, o`zining mazmuniga ega bo`lishi, muayyan maqsadni ko`zlagan holda sistemali ravishda qtkazilishi lozim. Bu vaqtda bolalarning ehtiborini konkret grammatik formalarni o`zlashtirishga jalb qilish lozim.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ko`proq quyidagi grammatik formalarda qiynaladilar:

1. Bolalar ko`pincha otlarni kelishiklarda noto`g`ri turlaydilar. Ular so`zlaganda ko`pincha shunday xatoliklarni uchratish mumkin: Men xolamnikida bordim, bog`chada boraman, bog`chaga o`yinchoq ko`p, manga ber, mani kitobim, men bog`cha bordim.

2. Otlarni sonlar bilan turlanishida, ayniqsa, ko`plik qo`shimchasini noto`g`ri ishlatadilar: bolalar uy keldi, kapalakla uchvotdi, gulla ochildi va boshqalar.

3. Bolalar fehllarniishlatishda ham xatoliklarga yo`l qqyadilar, ayrim fehllarni qisqartirib talaffuz etadilar. Olib kel, olib bor, olib tush yoki olib keldim, olib bordim, olib tushdim qrniga obke, obor, obtush deydilar yoki "Men bog`chaga bormadim" deyish qrniga "Man bochaga bor iqq" deydilar.

4. Bahzan fehllarning zamon bilan turlanishida ham xatoliklarda yo`l qqyadilar. ("Men kecha xolamnikiga bordim" deyish o`rniga "Men ertaga xolamnikiga bordim").

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar aqli zaif nutqidagi grammatik xatolar:



  1. Bolalar ona tilining morfologik sistemasini xali yaxshi o`zlashtirmaganliklaridan.

  2. Kattalar nutqidagi nuqsonlar ta`siridan.

  3. Pedagogik ishnin yaxshi yo`lga qo`yilmaganligidan, yahni kattalarning bolalar nutqidagi xatolarga ehtibor berib, ularni tuzatib bormasliklaridan, bahzi ular nutqidagi nuqsonlarga taqlid qilishlaridan.

  4. Bola nutqining buzilishi sheva ta`siridan kelib chiqadi. Masalan, "koptok-koptov", "choynak-choynay", "soch-choch", "soat-sog`at".

Pedagog doimo mashg`ulotlar davomida va mashg`ulotdan tashqari vaqtlarda bolalar nutqini nazorat qilib borishi, kun tartibining barcha vaqtlarida aqli zaif bolalar nutqini o`rganishi va ular nutqidagi nuqsonlarni tuzatib borishi lozim.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqining grammatik tuzilishi ustida ishlash jarayonida ularning yosh xususiyatlari va o`zlashtirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi.

Guruhdagi bolalar nutqining grammatik tuzilishi quyidagi sabablarga ko`ra turlicha bo`ladi.


  1. Bolaning umumiy psixologik va jismoniy o`sish qonuniyatlari (Aqli zaif bolalarning bosh miyasining organik jaroxatlanishi natijasida bilish faoliyati, yahni psixik jarayonlari turg`un buziladi. Bu bolaning jismoniy rivojlanishiga ham o`z ta`sirini ko`rsatishi mumkin).

  2. Artikulyatsion nutq apparatining ahvoli, fonematik eshituvi so`z boyligining holati. (Aqli zaif bolalar nutq organlarida nuqsonlar bo`lishi, nutq organlari xarakatining sustligi, fonematik eshitishning yaxshi rivojlanmaganligi, so`z boyligining kambag`alligi kuzatiladi.)

  3. Grammatik kategoriyalarni o`zlatirishdagi qiyinchiliklar.

  4. Tevarak atrofdagi kattalar nutqining grammatik jihatdan qurilish ahvoliga, pedagogik nazoratga bog`liq.

Grammatik jihatdan to`g`ri nutqqa o`rgatish. Nutqni grammatik jihatdan to`g`ri tarkib toptirishning asosiy vositalaridan biri bolalarga maxsus mashg`ulotlar tashkil qilishdir. Har bir tashkil qilingan frontal va individual mashg`ulotlarda aqli zaif bolalar nutqidagi nuqsonlarni tuzatib borish imkoni bqladi. Aqli zaif bolalar nutqidagi grammatik xatlarni bartaraf etish bo`yicha olib boriladigan mashg`ulotlarda bolalar diqqatini kerakli grammatik formaga qaratadi. So`z, uning o`zgarish, so`zlarning bir-biriga bog`lanish yoki jumlalar tuzish aqli zaif bolalar bilish faoliyatining imkoniyatini ham oshiradi. Bolalar defektolog yordamida nutqning grammatik tuzilishini o`zlashtirib beradilar. Mashg`ulotda bolalar diqqati jamlanadi, pedagogning hamma tushuntirish va ko`rsatmalarini eshitadilar, o`rtoqlarining nutqlarini kuzatadilar. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalaridagi mashg`ulotlarga qo`yiladigan didaktik talablardan biri uning tuzatish, tarbiyalash yo`nalganligidir. SHuning uchun maxsus bolalar bog`chasida mashg`ulotlar jarayonida aqli zaif bolalardagi aqliy qobiliyatlar, nutqdagi nuqsonlarni korrektsiyalash uchun imkoniyatlar yaratiladi. Aqli zaif bolalar har bir mashg`ulot mazmunini o`zlashtirib, nutqidagi grammatik kamchliklarni bartaraf etib boradilar. Bu toifadagi bolalar nutqidagi grammatik xatolarni pedagog tomonidan tuzatib boriladi.

Har bir mashg`ulotda aqli zaif bolalar bilan defektolog quyidagi vazifalarni hal qiladi:

1. Aqli zaif bolalar taqlidchan bqladilar, shuning uchun grammatik jihatdan to`g`ri nutqni eshitishlari lozim.

Agar kattalar nutqida nuqsonlar bqlsa, bolalar ham xuddi shu nutqqa taqlid qiladilar. Bola bog`chada uzbek adabiy tilining grammatik normalariga javob beradigan nutqni eshitish muhimdir. Bola nutqini o`sishiga pedagogning nutqi ta`sir ko`rsatadi. SHuning uchun pedagog o`zining nutq madaniyati ustida doimo ishlashi va pedagogik mahoratini oshirib borishi zarur.

2. Hamisha bolalar nutqining grammatik jihatdan to`g`ri o`sishiga ehtibor berish va nuqsonlarni tuzatib borishi zarur.

Bu esa bolaning to`g`ri grammatik formalarni o`zlashtirib olishda muhim, shu bilan birga nuqsonlarini tuzatib borish bolalarning qanday qilganda to`g`ri gapirish mumkinligini tushunishlariga imkon beradi.

Bizga mahlumki, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar juda katta qiyinchilik bilan va faqat defektologning yordamidagina o`zlashtirgan bilimlarini o`xshash sharoitga ko`chirishni amalga oshirishlari mumkin. Agar defetolog bu bolalarni doimo nutqidagi grammatik xatolarni ko`rsatib, uni tuzatib borib, ahamiyatini tushunarli qilib yetkazsagina, bolalar mahlum muvaffaqiyatlarga erishadilar.

Aqli zaif bolalarning o`ziga xos xususiyati shuki, ular kam harakat, ruhiy jarayonlari inert holatda shu sababli ular " bir joyda tqxtab qolishga", tafakkur va harakatlarida turg`unlikka moyil bo`ladilar. Masalan, aqli zaif bolalar ko`plik qo`shimchasini o`zlashtirib olgandan keyin qo`shimchadan o`z nutqlarida noo`rin foydalanadilar. Shuning uchun defektolog doimo bolalar nutqini nazorat qilib turishi va ko`p marta takrorlash va eslatib turishni talab etiladi.

3. Agar biron bir grammatik xato guruhdagi bolalarning nutqiga keng tarqalgan bqlsa, maxsus didaktik o`yin yoki mashqlar utkazish kerak.

Agar aniqlangan nuqsonlar individual xarakterga ega bqlsa defektolog uning sababini aniqlashi kerak. Nuqsonlarni tuzatishga ota-onalarini ham jalb qilinadi. Kunt tartibining barcha vaqtlarida bolalar nutqini kuzatadi, diqqatini nuqsonlarni tuzatishga qaratadi. Agar nuqsonlar tipik xusuiyatga ega bo`lsa, ularni tuzatish bo`yicha maxsus mashg`ulotlar o`tkazish yaxshi natija beradi.



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish