1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining


Mirzacho„l iqtisodiy rayoni



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

Mirzacho„l iqtisodiy rayoni. 
 
O„zbekiston Respublikasida                  
Sirdaryo
 viloyatining  
Jizzax v
iloyatining   
 
 
 salmog„i (foiz hisobida) 
salmog„i (foiz hisobida) 
Hududi – 4,7 
 
 
 
 
 Hududi – 1,0 
Aholisining soni – 4,0 
 
 
 
 Aholisining soni – 2,6  
Yalpi ichki mahsulot – 2,3   
 
 Yalpi ichki mahsulot – 1,8 
Sanoat mahsulotlari – 1,2   
 
 Sanoat mahsulotlari – 4,0 
Qishloq xo„jaligi mahsulotlari – 4,8    
Qishloq 
xo„jaligi 
mahsulotlari – 3,9 
Donli ekin maydoni – 12,4  
 
 Donli ekin maydoni – 7,0 
Paxta ekin maydoni – 7,8   
 
 Paxta ekin maydoni – 9,4 
 
 Bu  iqtisodiy  rayon  ma‟muriy  jihatdan  Sirdaryo  va  Jizzax 
viloyatlarini o„z ichiga oladi. Uning maydoni 25,5 ming km
2
, aholisi 1,7 
(2000) million kishi, Maydoni bo„yicha 4 o„rinda turadi. Aholi zichligi 1 
km
2
  ga  63,9  kishi  to„g„ri  kelgani  holda,  Jizzax  viloyatida  47,7  kishi 
to„g„ri  keladi  xolos.  Aholining  milliy  tarkibida  o„zbeklar  ko„pchilikni 
tashkil qiladi. Jami aholining 71 foizi o„zbeklar, bulardan tashqari ruslar, 
qozoqlar, koreyslar va boshqa millatlar ham ko„p. Urbanizatsiya darajasi 
ancha pasi. Shahar aholisi 30 foizni tashkil etadi. Mintaqada 12 ta shahar 
va  10  ta  shaharcha  mavjud  bo„lib,  ulardan  eng  yirigi  Jizzax  shahridir. 
Shaharda  134  mingdan  ortiq  aholi  yashaydi.  Guliston,  Yangiyer 
shaharlari nisbatan kichikroqdir.  
Mirzacho„l  xo„jaligida  qishloq  xo„jaligi  ustun  turadi.  Mintaqa 
O„zbekistonning  asosiy  paxtachilik  markazlaridan  bir  hisoblanadi.  Bu 
yerda  Respublika  qishloq  xo„jalik  mahsulotining  16  foizi  yetishtiriladi. 
Keyingi  yillarida  sanoat  ham  ancha  rivojlanib  bomoqda.  Ayniqsa 
Sirdaryo  GRES  i  qurilishi  katta  ahamiyatga  ega  bo„ldi.  Shuningdek 


 
 
218 
218 
mintaqada rangli metallurgiya sanoati yaxshi rivojlangan. Mashinasozlik 
endi  rivojlanib  bormoqda.  Ayniqsa  Jizzax  akkumulyator  zavodida 
alohida o„rinda turadi.  
Kimyo  sanoati  markazi  Jizzax  shahridir.  Bu  yerda  irrigatsiya  va 
melioratsiya  maqsadlarida  ishlatiladigan  polietilen    quvurlar  ishlab 
chiqarish kombinati joylashgan. 
Mintaqada  qurilish  materiallari  sanoati  ancha  yaxshi  rivojlangan. 
Yirik  markazlari  Jizzax  va  Yangiyer  shaharlaridir.  Mintaqa  hududidan 
ko„plab marmar qazib olinadi. 
Iqtisodiy rayonda yengil va oziq-ovqat sanoati ancha tez rivojlanib 
bormoqda.  Bu  yerda  yirik  paxta  tozalash  zavodlari  ko„pchilikni  tashkil 
etadi. Barcha shaharlarda oziq-ovqat korxonalari ishlab turibdi. 
Iqtisodiy  rayon  respublikaning  yirik  paxtachilik  markazlaridan 
biridir.  Mintaqa  hududining  deyarli  yarmiga  paxta  ekiladi.  Paxta  bilan 
almashlab bug„doy, makkajo„xori yetishtiriladi.  
G„alla  yetishtirish  bo„yicha  respublikada  oldingi  o„rinda  turadi. 
Shuningdek  Mirzacho„l  o„zining  poliz  ekinlari  bilan  ham  mashhur. 
Respublikada  qovun-tarvuz  yetishtirish  bo„yicha  birinchi  o„rinda  (26,2 
foiz) turadi. Poliz ekinlari mamlakat tashqarisiga ham chiqariladi.  
Mintaqa  qilshoq  xo„jaligida  chorvachilikning  ham  ahamiyati 
kattadir. Rayonda respublika qorako„lining 10 foizga yaqini joylashgan. 
Mirzacho„l  xo„jaligi    bundan  keyin  ham  rivojlanib  boraveradi. 
Buning  hududidan  asosiy  avtomobil  va  temir  yo„llar  o„tgan  bo„lib, 
respublikaning boshqa iqtisodiy rayonlari bilan aloqani yaxshilaydi.  

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish