1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

 
 
 
Farg„ona iqtisodiy rayoni
.  
 
O„zbekiston Respublikasida  
Andijon 
viloyatining  
 
Farg„ona
 viloyatining  
salmog„i (foiz hisobida) 
 
 
 salmog„i (foiz hisobida) 
Hududi – 0,9 
 
 
 
 Hududi – 1,5 
Aholisining soni – 8,9 
 
 
 Aholisining soni – 10,9  
Yalpi ichki mahsulot – 7,3   
 Yalpi ichki mahsulot – 9,3 
Sanoat mahsulotlari – 9,9    
Sanoat mahsulotlari – 11,6 
Qishloq  xo„jaligi  mahsulotlari  –  10,7  Qishloq  xo„jaligi 
mahsulotlari – 11,1 
Donli ekin maydoni – 6,2    
Donli ekin maydoni – 8,9 
Paxta ekin maydoni – 7,5   
Paxta ekin maydoni – 8,6 
 
Namangan 
viloyatining  


 
 
219 
219 
salmog„i (foiz hisobida) 
Hududi – 1,6 
Aholisining soni – 7,9  
Yalpi ichki mahsulot – 4,5 
Sanoat mahsulotlari – 3,4 
Qishloq xo„jaligi mahsulotlari – 7,9 
Donli ekin maydoni – 6,5 
Paxta ekin maydoni – 6,8 
 
Mintaqa  ma‟muriy  jihatdan  Andijon,  Namangan,  Farg„ona 
viloyatlaridan  iborat  bo„lib,  ularning  hududi  18,3  ming  km
2
  ga  teng. 
Aholisi 6984 ming kishi (2002). Aholi zichligi 1 km

363 kishi ga to„g„ri 
keladi.  
Mintaqa  respublika  hududining  4,0  foizidan  ortig„i,  aholining  esa 
25 foizdan ko„prog„ini tashkil qiladi.  
Farg„ona  vodiysi  tabiiy  sharoitiga  ko„ra  respublika  boshqa 
mintaqalaridan  keskin  farq  qiladi.  Uning  barcha  tomoni  tog„lar  bilan 
o„ralgan.  Mintaqa  g„arbdan  sharqqa  cho„zilgan  bo„lib,  bodom  shakliga 
egadir.  Vodiyning  g„arbiy  qismidagina  ochiq  joy  bo„lib,  Ho„jand 
darvozasi  orqali  Mirzacho„l  va  Toshkent  iiqtisodiy  rayonlariga  chiqish 
imkoniyatiga  ega.  Tabiiy  resurslarga  ancha  boy.  Neft,  rangli  metallar, 
qurilish  xom-ashyolari  va  boshqalar  alohida  ahamiyatga  egadir. 
Respublikadagi  dastlabki  neft  koni  ham  Farg„ona  vodiysida  topilgan 
(Chimyon).  
Tabiiy  sharoitning  qulayligi  bu  yerda  qadimdan  aholining  zich 
yashashiga imkon beradi.  
Mintaqa  xo„jaligining  rivojlanganligi  bo„yicha  Toshkent  iqtisodiy 
rayonidan keyin turadi. O„zbekistonda ishlab chiqariladigan yalpi sanoat 
mahsulotining 25 foizdan ko„prog„ini, qishloq xo„jalik mahsulotining 30 
foizini,  shu  jumladan  paxtaning  27  foizi,  pillaning  3/2  qismini  shu 
iqtisodiy rayon yetkazib beradi.  
Mintaqa  aholisi  hududlar  bo„yicha  notekis  joylashgan.  Aholi  eng 
zich hudud Andijon viloyati bo„lib,  1 km

ga 536 kishidan ortiq to„g„ri 
keladi. Aksincha Namangan viloyati tog„ yon bag„irlarida nisbatan kam. 
Mintaqada  urbanizatsiya  darajasi  ancha  past.  Jami  aholining  32  foizga 
yaqini  shaharlarda  yashaydi.  Lekin  shaharlar  soni  bo„yicha  barcha 
iqtisodiy  rayonlardan  oldinda  turadi.  Bu  yerda  28  ta  shahar,  26  ta 
shaharcha bor. 


 
 
220 
220 
Yeng  yirik  shaharlari  Namangan,  Andijon,  Qo„qon,  Marg„ilon, 
Farg„ona  va  boshqalardir.  Namangan  shahri  aholisining  soni  bo„yicha 
poytaxt Toshkent shahridan keyin ikkinchi o„rinda turadi (9397 ming).  
Mintaqada  respublika  sanoat  mahsulotining  25  foizi  ishlab 
chiqariladi. O„z  mahsulotining salmog„i bo„yicha  mashinasozlik, yengil 
va oziq-ovqat sanoati yetakchi o„rinda turadi.  
Yaxshi  rivojlangan  sanoat  tarmoqlaridan-mashinasozlik  katta 
ahamiyatga egadir. Bu yerda irrigatsiya va melioratsiya mashinasozligi, 
qishloq  xo„jalik  mashinalari  qismlari,  to„qimachilik  mashinsozligi  va 
boshqalar  rivojlangan.  Shuningdek  mintaqada  Markaziy  Osiyodagi 
dastlabki avtomobil zavodi qurilib ishga tushirilgan. Zavodda “Neksiya, 
Tiko, Damas, Matiz” avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi kunda 
avtomobil modeli “Lasetti” ishlab chiqarish yo„lga qo„yildi. 
Mintaqada kimyo sanoati ham yaxshi rivojlangan. Farg„onada azot 
o„g„itlar,  Qo„qonda  superfosfat  zavodi,  Andijon  gidroliz  zavodi,  Popda 
rezina texnika buyumlari ishlab chiqarish va boshqalar katta ahamiyatga 
ega. 
Shuningdek iqtisodiy rayonda yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati 
ham yaxshi rivojlangan. Yirik markazlari Namangan, Marg„ilon, Qo„qon 
va boshqalar. 
Farg„ona  iqtisodiy  rayoni  eng  yirik  qishloq  xo„jalik  mintaqasi 
hamdir.  Uning  asosini  dehqonchilik  tashikil  etadi.  Sug„oriladigan 
yerlarda  paxtachilik  bilan  shug„ullanishadi.  Yordamchi  tarmoq  esa 
bug„doy yetishtirishdan iborat. Bug„dorchilik va uzumchilik ham yaxshi 
rivojlangan.  Ayniqsa  Quva  anorlari,  Namangan  olmalari,  Oltiariq  turp 
va  bodringlari  juda  mashhur.  Keyingi  paytlarda  issiq  xonalarda  limon 
yetishtirish rivojlanmoqda. 
Mintaqada  chorvachilik  dehqonchilikka  nisbatan  ancha  sust 
rivojlangan.  Tog„  yaylovlari  qo„shni  respublikalar  hududiga  to„g„ri 
keladi. Qoramolchilik ham rivojlanib bormoqda. 
Mintaqa  transporti  ham  yaxshi  rivojlangan.  vodiy  bo„ylab  yirik 
shaharlarni  tutashtiruvchi  xalqa  yo„li  qurilgan.  Bu  yerdagi  Toshkent-
Namangan-Andijon,  Toshkent-Marg„ilon-Andijon,  Bishkek-Jalolobod 
temir yo„llari yuk va yo„lovchi tashishda katta ahamiyatga ega. Barcha 
yirik shaharlardan Toshkent shahriga havo yo„li ochilgan. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish