3
1- mavzu: IQTISODIY GEOGRAFIYA FANINING
PREDMETI VA MAQSADI.
Reja:
1.
Iqtisodiy geografiyaning predmeti.
2.
Iqtisodiy geografiyaning nazariy asoslari.
3.
Iqtisodiy geografiya fanining obekti va unga ta‟sir etuvchi omillar.
4.
Iqtisodiy geografiya fanining boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi va
tadqiqot uslublari.
5.
Iqtisodiy geografiyaning vazifalari.
1. Iqtisodiy geografiyaning predmeti.
Iqtisodiy geografiya –
ijtimoiy geogr fanlar turkumiga kirib, ijtimoiy ishlab chiqarishni
geografik muammolarni, ishlab chiqarishni joylashtirish, xududiy ishlab
chiqarish majmualarini vujudga kelishi va rivojlanishi muammolarini
tadqiqot qiladi. Moddiy ne‟mat ishlab chiqarish jarayonini gegorafik –
xususiyatlarini o„rganadi. Bu jarayonda kishilar o„rtasida ishlab
chiqarish munosabatlari shakllanib, ishlab chiqarish vositalari va
iste‟mol buyumlari vujudga keladi. Moddiy ne‟mat ishlab chiqarish
kuchlari o„ziga quyidagilarni oladi: ishlab chiqarish vositalari qaysiki
ular yordamida odamlar o„z bilimlari, tajribalari, ko„nikmalari tufayli
moddiy ne‟matlar ishlab chiqaradilar. Ishlab chiqarish usulining ikkinchi
tomoni – bu ishlab chiqarish munosabatlari bo„lib, moddiy ne‟mat
yaratish jarayonida kishilar o„rtasida ishlab chiqarish aloqalari vujudga
keladi.
Iqtisodiy geografiya ishlab chiqarishning munosabatlari bilan
uzviy ravishda bog„langan holda ishlab chiqarish kuchlarini xududiy
joylanishini o„rganadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning geografik muammolarini tadqiqot
qilish ijtimoiy mehnat taqsimotini keng ko„lamda, ya‟ni xududiy
(geografik) mehnat taqsimotini tashkil qilish bilan aniqlanadi.
Iqtisodiy geografiya ishlab chiqarish geografiyasini o„rgangan
holda qayerda va nima ishlab chiqarish mamlakatlarini sharoiti va
rivojlanishi xususiyatlarini hamda ularda iqtisodiy rayonlar vujudga
kelishini, mamlakatlar va rayonlar o„rtasida iqtisodiy aloqalarni
shakllanishini tushuntiradi. Shu bilan birga iqtisodiy geografiya
xududlar xo„jaligini faqatgina yozib chiqmasdan, balki aniq
materiallarni umumlashtirib va tahlil qilish yo„li bilan u yoki bu
4
mamlakat, rayon, markaz yoki xo„jalik tarmoqlarida ishlab chiqarish
kuchlarini joylashtirish va xududiy tashkil qilish xususiyatlarini ob‟ektiv
qonuniyatlarini tushuntirib beradi.
Iqtisodiy-geografik izlanishlar mamlakatimizni, boshqa yaqin va
uzoq mamlakatlarni bilishda muhimdir. Mehnatkashlarni umumiy
bilimini va ayniqsa iqtisodiy bilim saviyasini oshirishda roli katta.
Ishlab chiqarishni geografik muammolarini hal qilish borasida
iqtisodiy geografiya xalq xo„jaligini rejalashtirish uchun, xo„jalik
ob‟ektlarni joylashtirish uchun muhim bo„lgan va xalq xo„jaligini
rivojlantirishni istiqbollari va bashorat qilish bilan bog„liq bo„lgan qator
masalalarni tadqiqot qiladi.
Ijtimoiy formatsiya ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni
umumiy qonunlari turli xil tarixiy, tabiiy va texnik sharoitlarda
mamlakat, rayon va xo„jalik tarmoqlarida ishlab chiqarishni
joylashtirishda o„z ifodasini topadi. Iqtisodiy geografik tadqiqotlarda ana
shu mahalliy sharoitlarni o„rganishga katta ahamiyat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: