12
2-mavzu: BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA
ISHLAB CHIQARISH KUCHLARINI
JOYLASHTIRISHNING QONUNIYATLARI,
SHAKLLARI VA OMILLARI.
Reja:
1.
Bozor iqtisodiyoti sharotida ishlab chiqarish kuchlarini
joylashtirish qonuniyatlari.
2.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini
joylashtirish shakllari.
3.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini
joylashtirish omillari.
1.
Bozor iqtisodiyoti sharotida ishlab chiqarish kuchlarini
joylashtirish qonuniyatlari.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va
xududiy rivojlanish qonuniyatlariga quyidagilar kiradi:
1. Ishlab chiqarishni xududiy oqilona tashkil etish qonuniyati.
Unga muvofiq:
Ishlab chiqarish korxonalarini ITT ning yutuqlari asosida,
iloji boricha manbalarga yaqin joylashtirish kerak. Masalan, suvni ko„p
talab qiladigan tarmoqlarni imkon qadar yirik va samarali suv
manbalariga yaqin joylashtirish maqsadga muvofiq;
Mehanatni ko„p talab qiluvchi (sermehnat) tarmoqlarni esa
mehant resurslari shakllangan markazlarga
yaqinroq joylashtirish;
Kundalik iste‟mol qilinuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish
korxonalarini iste‟molchilarga yaqinroq joylashtirish kerak va h.k. lar.
2.
Ishlab
chiqarishning
hududiy
ixtisoslashuvi
va
kooperatsiyalashuvi qonuniyati. Bunda biron bir hudud ichida
ixtisoslashuv va korxonalar o„rtasidagi eng takomillashgan ishlab
chiqarish aloqalarini o„rnatish hamda ularni tashqi iqtisodiy aloqalarda
keng ishtiroki ko„zda tutilgan.
3. Hududlarning majmuali rivojlanish qonuniyati. Hududning
(respublika, viloyat, iqtisodiy tuman) kompleks rivojlanishi deganda,
xo„jalikdagi mutanosiblik, ishlab chiqarish korxonalarining mahalliy
tabiiy va iqtisodiy sharoitga mosligi, ixtisoslashgan tarmoqlar,
infratuzilmasini, turli ko„lamdagi shaharlarning rivojlanishi, tabiiy
13
muhitni muhofaza qilish, ularni oqilona foydalanish va hakozolar
nazarda tutiladi.
4. Ishlab chiqarishni hududlarda iloji boricha bir me‟yorda
joylashtirish yoki hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini
tenglashtirish qonuniyati. Unga ko„ra respublikamiz hududlarining
iqtisodiy rivojlanishini bir-biriga tenglashtirish, ya‟ni mamlakatimizda
ishlab chiqarish kuchlarini bir me‟yorda joylashtirib, kelajakda aholi
turmush darajasini oshirish asosiy maqsad qilib olinadi.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda yuqoridagi qonuniyatlar
asosida yondashilsa xalq xo„jaligining barcha tarmoqlarida mehnat
unumdorligi oshadi, iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: