1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining


 Iqtisodiy rayonlashtirish haqida tushuncha



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

1. Iqtisodiy rayonlashtirish haqida tushuncha.
 Hududiy mehnat 
taqsimoti  va  uning  doimiy  “yo„ldoshi”  bo„lgan  ixtisoslashuv  natijasida 
iqtisodiy  rayonlar  shakllanadi.  Ular  esa  mamlakat  iqtisodiyotining 
hududiy tarkibini tashkil qiladi. 
Agar  ilgari  iqtisodiy  rayonlashtirish  xalq  xo„jaligini  planlashtirish 
maqsadida  ajratilgan  bo„lsa,  hozirgi  sharoitda  ular  ishlab  chiqarishni 
hududiy  tashkil  qilishning  asosiy  shaklini,  davlat  mintaqaviy 
siyosatining  ob‟ekti,  ishlab  chiqarish  kuchlarini  joylashtirishni  tartibga 
solib boorish va boshqarish uchun zarur. Qolaversa, iqtisodiy rayonlarsiz 
mamlakat  xo„jaligi  ichki  tuzilishi,  hududiy  tarkib  va  tizimini  o„rganish 
ham qiyin. 
Iqtisodiy  rayonlashtirish  mamlakat  hududining  katta-kichikligiga 
unchalik  bog„liq  emas,  eng  muhimi  iqtisodiy  makon  ichki  jihatdan 
turlangan  bo„lishi  kerak.  Ichki  tafovutlar  qanchalik  katta  bo„lsa, 
iqtisodiy rayonlar to„ri va tizimi ham shuncha rivojlangan bo„ladi.  
Iqtisodiy  rayonlarning  turlari  va  shakllari  har  xil;  ular  butun 
mamlakat  hududini  o„z  ichiga  olishi  yoki  uning  alohida  joylarda,  ya‟ni 
diskret  holda  ajratiladi.  Bundan  tashqari,  iqtisodiy  rayonlar  umumiy  va 
tarmoq rayonlarga bo„linadi. 
Iqtisodiy  rayon  o„ziga  xos  hududiy  hamda  va  hududiy  tizimini 
tashkil  etadi.  Har  qanday  iqtisodiy  rayon  kompleks,  hududiy  majmua 


 
 
212 
212 
pritsipiga  asoslanadi.  Bu  komplekslik,  eng  avvalo  turli  daraja  va 
ahamiyatga  ega  bo„lgan  tarmoqlarning  mavjudligi,  ularning  o„zaro 
muvofiqlashgan holda (proporsional) rivojlanishida o„z ifodasini topadi. 
Chunonchi, har bir rayonda ixtisoslashgan ya‟ni bozor ahamiyatiga ega 
bo„lgan  tarmoq  va  tarmoqlar,  ularni  to„ldiruvchi  yordamchi,  ikkinchi 
darajali tarmoqlar va mahalliy ehtiyojlarga qaratilgan mahallliy bozorni 
to„yintiruvchi  tarmoqlar  mavjud  bo„ladi.  Shuning  uchun  bo„g„inning 
qaysi  biri  shakllanmagan  bo„lsa,  u  holda  to„laqonli  iqtisodiy  rayon 
to„g„risida  so„z  yuritish  qiyin.  Odatda,  har  bir  yirik  iqtisodiy  rayon 
bazaviy  tarmoqlarga  ega  bo„lishlari  kerak.  Ularga,  masalan,  elektro-
energetika,  qurilish  sanoati  kabilar  kiradi.  Ayni  vaqtda    bu  tarmoqlar 
yuqoridagi 3 guruhdan iborat bo„g„inlarning biriga ham kirishi mumkin. 
Iqtisodiy 
rayon 
hududiy 
mujassamlashuv 
va 
hududiy 
ixtisoslashuvning o„zaro uyg„unlashgan, ishlab chiqarishni  joylashtirish 
va  hududiy  tashkil  qilish,  ushbu  jarayon  iqtisodiy  samaradorligini 
oshiruvchi  muhim  omil  va  shakldir.  Zero,  har  qanday  iqtisodiy  rayon 
yoki mintaqa biror bir xo„jalik tarmog„ini boshqa joylarga qaraganda bu 
yerda ko„proq to„planganligi, rivojlanganligi demakdir. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish