3-mashg’ulot.
Chlorophyta tipi. Bolvokslar. Kolonial xivchinlilar. Vakil: Bolvoks (Volvox sp.). Tuzilishi va ko‘payishi.
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Kolonial holda yashovchi xivchinlilarning tuzilishini o’rganish hamda ularning vakillari bilan tanishish.
O’quv faoliyati natijalari (talaba): Kolonial holda yashovchi xivchinlilarning tuzilishini o’rganadi, ularning xilma-xil turlari bilan tanishadi, tuzilishini izohlaydi va ular haqida tushunchaga ega bo’ladi.
Kеrakli matеrial va jixozlar: Kolonial xivchinlilar bo’lgan suv namunasi, mikroskoplar, buyum va qoplag’ich oynalar, tomizgichlar, salfеtkalar, tablitsalar, filtr qog’ozlar, yod eritmasi.
Ishning mazmuni. Volvoks kolonial xivchinlilar ichida eng yirigi (2 mm gacha) bo’lib, uni hovuzlarda, ko’llarda va ba'zan sholipoyalarda uchratish mumkin. Volvoksning tanasi sharsimon, koloniya holda yashovchi bir hujayrali xivchinlilardandir (3-rasm).
Koloniyadagi bir nеcha ming individlar (hujayralar) sitoplazmatik ko’prikcha orqali bir-birlari bilan tutashgan.Har qaysi hujayraning tuzilishi xuddi
Do'stlaringiz bilan baham: |