5-rasm. Volvoks-Volvox aureus ona koloniyasi ichidagi yosh koloniyalar.
Ishning bajarilishi: volvokslar va boshqa kolonial xivchinli suv namunalaridan buyum oynasiga bir tomchi tomiziladi. Dastlab mikroskopni kichik ob'еktivida ko’riladi. Bunda koloniyalarning umumiy shakliga va harakat qilish hususiyatiga diqqat qilinadi. Koloniya xivchinlarini hilpillab turishi tufayli shar hamma vaqt oldinga yumalab harakat qiladi. Volvokslar tanasi ichidagi yosh koloniyalarni topib, ularning tuzilishiga e'tibor bеring.
4 – mashg’ulot.
Mavzu: Kinetoplastidlar (Kinetoplastida) sinfi. Vakillari: tripanosoma, leyshmaniya.
Do'stlaringiz bilan baham: |