2. Membrana potensiallari, tinchlik potensiali.
Hozirgi paytda nerv hujayralarining ichki va tashqi yuzasi sitoplazma ichida qutblanishlar mavjudligini o’lchashda maxsus elektrodlar (uchi - 5 mk) ishlatiladi (mikroelektrod texnikani batafsil tushuntirish, chizmalar, rasmlar oladilar). Agar hayvon yoki o’simlikning alohida olingan hujayrasida (tinchlik paytida) mikroelektrod tikib zanjir sezgir galvanometrga ulansa, uning ichki yuzasi manfiy, tashqisi musbat zaryadga ega ekanligini ko’rish mumkin. Buning o’lchami yoki membrana potensiali o’rtacha 70 mV atrofida bo’lib, uni membrananing tinchlik potensiali (MTP) deyiladi. Elektron mikroskop yordamida hujayra, uning membranasi, sitoplazma, organellalari yetarli darajada o’rganilgan. Membrana 5-10 nm qalinlikdagi ikki tomondan lipid o’rtada esa oqsil qavati bor bo’lgan qatlam. Undagi oqsil qavat suv va ionlar o’ta oladigan maxsus kanallarni shakllantiradi. Lipidli qavatning ustidagi mukopolisaxarid qatlamdan retseptorlar (muayyan moddalarni «tanib» oladigan molekulalar) shakllanadi. Membrana katta elektr qarshiligiga va sig’imga ega. Yog’da eruvchi moddalar membranadagi lipidlar asosida olib undan hujayra ichida oson o’tadi. Suv va suvda eruvchi diametri kichik ionlar aytib o’tilgan kanallardan o’ta oladi. Lekin katta molekulali organik moddalar hujayra ichiga kira olmaydi. Buning uchun maxsus mexanizmlar ishga tushishi kerak.
Qo’zg’aluvchi to’qimalar faoliyati uchun hujayraga K+, Na+, Cl-- va Ca++ ionlari o’tib turishi kerak. Bu ionlarning membranada alohida-alohida kanallari (spetsifik) bor. Hujayra tinch turganida K+ kanallari ochiq (aksariyati) Na+ kanallari yopiq bo’ladi. Yana nospetsifik kanallar ham membranada bor. Ular doim ochiq bo’ladi, ular orqali aytib o’tilgan ionlar o’tib turishi mumkin.
MTP hujayra ichi va tashqarisidagi ionlar qonsentratsiyasi tufayli shakllanadi. Masalan, hujayra ichida 100 000 K+ kationi bo’lsa, tashqarida 2000 ta xolos. (50 marta ko’p). Na+ esa buning teskarisicha ichkarida ko’p, tashqarida oz. Cl- anioni hujayra ichida tashqarida qaraganda 20-100 marta kam va hokoza. Tinchlik paytida membrana orqali Na+ va Cl- ionlari harakati juda kuchsiz, shu tufayli uning tashqi yuzasi musbat, ichkisi esa manfiy zaryadlangan bo’ladi (Kalmar aksoni 1mm yo’g’onlikka esa manfiy zaryadlangan bo’ladi). MTP hujayra uchun, muhim ahamiyat kasb etadi (ma'lum elektr maydoni hosil qilib, u yerdagi moddalar almashinuviga faol ta'sir qiladi. Hujayraning tashqarisi va ichkarisida qayd qilingan ionlar qonsentratsiyasini saqlashda alohida mexanizmlar xizmat qiladi, ularni natriy kaliy nasosi deyiladi. Membranada mavjud bo’lgan Na - ATFaza va K - ATFazalar bu nasosning asosini tashkil qiladi. Nasos ishi uchun zarur energiya ATF parchalanishidan hosil bo’ladi.
Ionlarning membrana orqali harakati ikki xil kuchga tayanib sodir bo’ladi, ya'ni qonsentratsion gradient (ko’pgina diffuziya yo’li bilan) va faol o’tkazish (tashuvchilar) orqali (bunda ma'lum energiya ATF dan ajralib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |