1 – laborotriya ishi



Download 2,32 Mb.
bet5/22
Sana03.05.2023
Hajmi2,32 Mb.
#934579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
ОПТИКА.ЛАБ.Узб.

3 – LABORATORIYA ISHI
GEOMETRIK OPTIKA QONUNLARI. (NURLARNING QAYTISHI, SINISHI, TO’LA ICHKI QAYTISH, PRIZMADA) NURNING SINISHINI O’RGANISH.


1. Geometrik optika qonunlari.
Optik hodisalar bilan tanishishni boshlaganda yorug’lik nuri tushunchasi kiritiladi. Nurlar yorug’lik energiyasining tarqalish yo’nalishini ko’rsatadi. Bu yo’nalishni aniqlash uchun diametri yorug’likning to’lqin uzunligidan ancha katta bo’lgan yorug’lik dastasi ajratiladi. Yorug’lik nurlari fazo yoki teksilikda bir-biriga parallel yo’nalishda tarqaladi, ya’ni ular kesishmaydi. Shunday qilib, yorug’lik nuri fazo yoki teksilikda to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi. Yorug’likning to’lqin sirti doim uning tarqalish yo’nalishiga tik bo’ladi.
Yorug’lik nuri tushunchasini kiritilishidan maqsad, yorug’lik nurlarning fazodagi tarqalishini oddiy qonunlar bilan tushuntirishdan iborat. Optikaning shaffof muhitlarda yorug’lik energiyasining tarqalish qonunlarini yorug’lik nuri to’g’risidagi tasavvurlar asosida o’rganiladigan bo’limi geometrik optika deb ataladi.
Geometrik optikaning 4 ta qonuni bor:
1. Yorug’lik energiyasining to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish qonuni.
2. Yorug’lik nurining mustaqillik qonuni.
3. Yorug’lik nurining qaytish qonuni.
4. Yorug’lik nurining sinish qonuni


I. YORUG’LIK TEZLIGI
Geometrik optikada faqat yorug’lik nurlarinig yo’nalishi, ikki muhit shegarasida o’zgarishi va uning tarqalish tezligi o’rganiladi. Yorug’lik tezligini aniqlash borasida son-sanoqsiz urinishlar bo’lgan. Bunda, yorug’lik signalining juda katta masofada tarqalish vaqtini aniq soat bilan o’lchashga urinib ko’rilgan. Yorug’lik katta tezlikda tarqalgani uchun yorug’lik har qanday masofani bir onda o’tadi, deb o’ylay boshlangan. Lekin, yorug’lik tezligining chekli ekanligi keyinnchalik ayon bo’ldi. Tajribalar bu tezlik vakkumda teng ekanligini kœrsatdi.
YORUG’LIK TEZLIGINI O’LCHASHNING LABORATORIYA USULI.
Yorug’lik tezligini laboratoriya usulida o’lchashga 1849 yilda 1-marta fransuz fizigi I. Fizo muvaffaq bo’lgan.
Fizo tajribasida manbadan kelayotgan yorug’lik linza bilan fokuslanadi, va shaffof – plastinkaga tushadi. Fokuslangan ingichka yorug’lik dastasi plastinkadan qaytib tez aylanayotgan tishli g’ildirak tishlari orasiga yo’naltiriladi va bunda yorug’lik g’ildirak tishlari orasidan o’tib, undan bir necha kilometr masofada joylashgan 2-ko’zguga tushadi.
Yorug’lik ko’zgudan qaytib kuzatuvchining ko’ziga etmasdan oldin yana g’ildirak tishlari orasidan o’tkaziladi. Bunda g’ildirak sekin aylanganda ko’zgudan qaytgan yorug’lik ko’rinadi. G’ildirakning aylanish tezligi oshirilganda yorug’lik sekin-asta ko’rinmaydigan bo’lib qoladi. G’ildirakning 2 tishi orasidan o’tgan yorug’lik ko’zguga borib, undan qaytib kelguncha g’ildirak aylanib, kesiklar o’rniga tishlar to’g’ri kelishiga ulguradi va shunda yorug’lik ko’rinmay qoladi.
G’ildirakning aylanish tezligi yanada orttirilsa, yorug’lik yanada yaxshiroq ko’rinadigan bo’ladi. Ravshanki, yorug’lik ko’zguga borib, undan qaytib kelguncha g’ildirak aylanib, bundan oldin kesik turgan joyga boshqa kesik to’g’ri kelib qoladi. Bu vaqtni va ko’zgu bilan g’ildirak orasidagi masofani bilgan holda yorug’lik tezligini aniqlash mumkin bo’ladi. Fizo tajribasida ko’zgu bilan g’ildirak orasidagi masofa 8,6 km edi va bunda yorug’lik tezligining qiymati 313000 km/s bo’lib chiqdi. Yorug’lik tezligini o’lchashning ko’pgina ancha aniq laboratoriya usullari ham topilgan (Maykel’son Morle tajribasi).



Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish