YORUG’LIK NURLARINING MUSTAQILLIK QONUNI
2 ta lampani alohida-alohida yoqqan paytda, ulardan tarqalayotgan nurlar bir-birini to’smasdan, ular tushayotgan maydonning yoritilganligi oshadi, yoki bir-biriga qarama-qarshi qo’yilgan projektorlardan tarqalayotgan nurlar bir-biri bilan ta’sirlanmasdan yo’nalishini davom ettiradi. Bunday hodisa yorug’lik mustaqilligi deyiladi.
Y orug’lik mustaqillik qonunining qo’llanish chegarasi mavjud:
A
1-расм
garda yorug’lik maydoni yoki elektr maydon kuchlanganligini 109 V/sm ga teng yoki katta bo’lsa, yorug’lik nurlari bir-biri bilan ta’sirlashadigan bo’ladi. Masalan, katta energiyali lazer nurlar.
Q
aytish qonuni: qaytaruvchi sirtga AO nur b iror burchak ostida MN tushayotgan bo’lsin, tushish burchagini aniqlash uchun MN cirtga nurning tushish nuqtasidan tik o’tkazamiz (1 rasm).
O’tkazilgan tikdan tushuvchi nurga nisbatan bo’lgan burchak tushish burchagi tushgan nur O nuqtasidan qisman qaytadi, qisman yutiladi. Yutilgan nurlarini hisobga olmaymiz. Tajribalar, hisob-kitoblar qaytish burchagi a’ tushish burchagi a teng ekanligini ko’rsatadi. Qaytish qonuning ta’rifi: Ikki muhit chegarasiga tushgan, qaytgan va tushish nuqtasiga o’tkazilgan tiklar bir teksilikda joylashadi. Qaytish burchagi tushish burchagiga teng bo’ladi:
Sinish qonuni: Agar n1 < n2 bo’lsa, MN sirtga tushayotgan AO nurimiz sirtdan qisman OA’ yo’nalish bo’yicha qaytadi, qisman sinib ikkinchi muhitga o’tadi. Singan nurning yo’nalishi 2-rasmdagi OV ga mos keladi. Biz qaytgan nurga e’tibor bermaymiz. Tushish burchagi a va b singan nurlar burchakning kattaligini aniqlash mumkin. Agar, ikkinchi muHitning sindirish ko’rsatkichi birinchi muhitning sindirish ko’rsatkichidan katta (havo-suv, havo-shisha) bo’lsa tushish burchagi , doimo sinish burchagi dan katta bo’ladi, ya’ni a > b. Sinish qonunining ta’rifi: Tushgan va singan nur, tushish nuqtasiga o’tkazilgan tik bir tekislikda yotadi. Tushish bo’rchagi ning sinish bo’rchagi ga nisbati ikki muhitning nisbiy sindirish ko’rsatkichiga teng bo’ladi. Uning matematik ifodasi quyidagicha:
To’la ichki qaytish:
YOrug’likning sinish qonuni amaliy ahamiyatga ega bo’lgan qiziq bir hodisa – yorug’likning to’la ichki qaytish hodisasini tushuntirishiga imkon beradi.
Y
orug’lik nurlari optik zichligi katta bo’lgan muHit (suv, shisha)dan optik zichligi kichik bo’lgan muhitga (havo)ga o’tgan vaqtda chegaraviy burchakdan boshlab, yorug’lik nurining to’la ichki qaytish hodisasi kuzatiladi. 3-rasmdan ko’rinadiki, chegaraviy burchakdan boshlagan yorug’lik nurlari optik zichligi kichik bo’lgan muHitga o’tmaydi. Shu burchakdan boshlab, to’la ichki qaytish hodisasi kuzatiladi. Yorug’likning to’la ichki qaytish hodisasidan fan va texnikda keng qo’llanilmoqda. Masalan, medisina oshqozon-ichak kasalliklarini turlarini aniqlashda, radioaloqalarda, telefon aloqalarda va hokozo.
Do'stlaringiz bilan baham: |