1-§. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri siz ushbu darslikda iv–xv asrlar



Download 0,58 Mb.
bet54/110
Sana26.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#473087
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   110
Bog'liq
7-SINF O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA KITOB

Ichki ziddiyatlar. Jaloliddin Manguberdining Ko‘niya, Jazira, Damashq va Misr hukmdorlariga nomalar yozib, ularni mo‘g‘ullarga qarshi kurashish yo‘lida birlashtirish xatti-harakatlari behuda ketdi. Sulton Jaloliddin Manguberdining o‘sib
borayotgan mavqeyi Bag‘dod xalifasini, Misr, Damashq va Jazira hukmdorini tashvishga sola boshladi. Ichki ftnalar va xiyonatlar boshlandi. Ustiga-ustak Ko‘niya sultoni Alouddin Qayqubod muxolif kuchlarni Jaloliddin Manguberdiga qarshi birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Jaloliddinning ukasi G‘iyosiddin Pirshoh birinchi bo‘lib xiyonat yo‘liga o‘tdi. U o‘z lashkarlari bilan akasi qarorgohini tark etdi. G‘iyosiddin akasiga hasadi qo‘zg‘ab, o‘zi mustaqil davlat barpo etish va Jaloliddin kabi shuhrat qozonishni istadi. U Kirmon hokimi tomonidan qo‘lga olinib, qatl etiladi. Mo‘g‘ullar ushbu voqeadan so‘ng, Jaloliddin davlati ular o‘ylagandek kuchli emasligini anglab, u bilan sulh tuzish fikridan qaytishdi. ⦁ Ozarbayjon va Gurjiston sari talonchilik yurishlarini boshlab yuborishdi.
Jaloliddinning bosh vaziri Sharofulmulk sultonga fitna uyushtira boshlaydi. Uning Jazira va Ko‘niya hukmdorlariga Jaloliddindan hokimiyatni tortib olishda madad so‘rab yozgan maktubi Jaloliddinning qo‘liga tushgach, u hibsga olinib, qatl etiladi.
1230-yil avgustda Ko‘niya, Jazira, Damashq va Misrning birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari Arzinjon yaqinidagi jangda mag‘lubiyatga uchradi. Jaloliddin Manguberdining kuchsizlanganidan foydalangan mo‘g‘ullar katta qo‘shin bilan 1231-yilda Ozarbayjonga bostirib kirib, Jaloliddin Manguberdini ta’qib etishadi. Mo‘g‘ullar uning qarorgohiga uyushtirgan tungi hujum natijasida Jaloliddin
Manguberdi
ning oz sonli qo‘shinini tor-mor keltiradilar, Jaloliddin Manguberdini o‘zi esa ta’qibdan qutulib Kurdiston tog‘lariga chiqib ketadi. Bu yerda qaroqchi kurdlar qo‘liga asir tushib, fojiali halok bo‘lgan.
Atigi o‘ttiz uch yil umr ko‘rgan, ammo nomi ellarda mashhur bo‘lgan, Chingizxonni lol qoldirgan, o‘z yurtini beadad sevgan oxirgi Xorazmshoh Sulton Jaloliddin Manguberdi yorug‘ dunyodan ko‘z yumdi. Uning nomi asrlar davomida avlodlar uchun jasorat va mardlik, vatanparvarlik ramzi bo‘lib keldi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish