1-§. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri siz ushbu darslikda iv–xv asrlar


Abbosiylar davrida Movarounnahrni boshqaruvi



Download 0,58 Mb.
bet27/110
Sana26.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#473087
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   110
Bog'liq
7-SINF O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA KITOB

Abbosiylar davrida Movarounnahrni boshqaruvi. Movarounnahr VIII asrning o‘rtalariga qadar qarshilik ko‘rsatishiga qaramay arab xalifaligining muhim viloyatlaridan biri sifatida uning tarkibiga uzil-kesil o‘tdi. Markaziy hokimiyat
749-yilga qadar Damashqda bo‘lgan bo‘lsa, endilikda Bag‘dodda joylashgan edi.
Xalifa davlatni boshqarishda vazir ul-vuzaro (ulug‘ vazir) ga tayangan. Amir ul-umaro harbiy ishlar uchun mas’ul bo‘lgan. Xalifa turli masalalarni kengashda – devon addarda ko‘rib chiqar edi. Devon ad-dar uchta asosiy devonga bo‘lingan: devon al-mashriq, devon al-mag‘rib va devon alxaraj. Movarounnahrga tegishli masalalar devon al-mashriqda hal qilinar edi.
Xalifa viloyat noiblarini lavozimiga tayinlardi yoki bo‘shata olardi. Xalifalikning huquqiy masalalari Qur’oni karim va Payg‘ambar (s.a.v) ko‘rsatmalari, nasihatlariga asoslangan holda ko‘rib chiqilgan.
Shunday qilib, VIII asr o‘rtalariga kelib Movarounnahrda siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirilgan edi. So‘g‘diyonada buxorxudotlar va boshqa hukmdorlarning qo‘li ostidagi ma’muriy-idora usuli o‘z shaklini saqlab qolgan bo‘lishiga qaramay, hokimlarning xalifa noibiga itoat etishlari shart edi. Mahalliy davlat boshliqlarining ko‘pchiligi o‘z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida Islom dinini qabul qilgan edilar. Islomni qabul qilmagan zodagonlar o‘z yerlaridan mahrum etilar yoki tovon to‘lar edilar. Shu tarzda arablar Movarounnahr siyosiy tizimi va diniy e’tiqodiga o‘z ta’sirini o‘tkaza oldilar.

III BOB. MOVAROUNNAHRDA MUSTAQIL DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI
13-§. QARLUQLAR, O‘G‘UZLAR, TOHIRIYLAR





Xalifalikning zaiflashuvi. VIII asr oxiri – IX asr boshlarida Arab xalifaligi og‘ir siyosiy tanglikka uchradi. Bo‘ysundirilgan xalqlarni itoatda tutib turish arablar uchun tobora qiyin bo‘lib qoldi. Movarounnahr va Xuroson aholisining tez-tez
qo‘zg‘olon ko‘tarib turishi,
uzluksiz davom etgan o‘zaro urush va ichki ziddiyatlarArab xalifaligi hokimiyatini zaiflashtirdi. Bu esa mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Movarounnahrning shimoliy va shimoli sharqiy hududlaridagi hali xalifalikka bo‘ysundirilmagan chegaradosh yerlarda bir nechta davlatlar tashkil topdi. Ulardan biri Qarluqlar davlatidir.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish