0‘zbekiston respubl1kasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti



Download 0,5 Mb.
bet1/16
Sana14.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#795257
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Намуна-1


0‘ZBEKISTON RESPUBL1KASI
OLIY VA O RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI

“Himoyaga ruxsat etilsin”
Fakultet dekani, f.-m. f.n.

G‘. F. Djabbarov “”2020-yil
“5110700-informatika o'qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Azizova Sayyora Normirza qizining
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MS ACCESS 2013 DASTURI VA UNI PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARIDAN FOYDALANIB O‘QITISH METODIKASI”
mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Talaba: S.N.Azizova
Ilmiy rah ba/: “Informatika va uni o‘ qitish metodikasi” kafedra mudiri, dotsent
S .Q.T ursunov
Taqrizchilar:
“Informatika va uni o'qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti v.b., PhD
M.Fayziyeva
Toshkent shahar Yashnobod tumani 282-umumiy o‘rta ta’lim maktabi informatika fani o'qituvchisi D.R.Gulyamova
“Himoyaga tavsiya etilsin”
“Informatika va uni o'qitish
metodikasi” kafedrasi mudiri, p. f.n.
S.Q. Tursunov
“”2020-yil
Toshkent - 2020
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MS ACCESS 2013 DASTURI VA
UNI PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARIDAN FOYDALANIB

O‘QITISH METODIKASI
MUNDARIJA

MUNDARIJA 2
KIRISH 3
Bitiruv malakaviy ishining maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar hal etiladi: 6
1.1-§. Ms Access dasturi imkoniyatlari 6
1.2-§. MS Access 2013 ma’lumotlar bazasini yaratish yo‘llari 15
1.3-§. MS Access dasturidan foydalanib test yaratish. 19
2.1-§. Ispring Suite dasturi imkoniyatlaridan foydalanib ma’lumotlar bazasi kursini yaratish 24
iSpring Suite 8 dasturida 3D kitob yaratish 28
2.2-§. Ispring Suite dasturidan foydalanib ma’lumotlar bazasi mavzusiga doir nazorat testlari yaratish 30
2.3-§. Ma’lumotlar omborinini o‘qitish bo‘yicha nazariy darslarni tashkil etish metodikasi 34
“Ma’lumotlar bazasi (MB) va uning turlari. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT)” mavzusidagi ma’ruza darsi texnologik xaritasi 39
Б©₽< 44
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan ma’lumotlar bazasinini yaratish bo’yicha amaliy darslarni tashkil etish metodikasi 45
Mavzu: Ma’lumotlar bazasini boshqarish va to‘ldirish 47
«Ma’lumotlarni formalar yordamida kiritish. Ma’lumotlar bazasidan so‘rovlar va hisobotlar yaratish» mavzusidagi amaliy darsiga texnologik xarita 48
3.1-§. Tajriba sinov ishlarini tashkil etish bosqichlari 50
3.2-§. Tajriba sinov ishlaridan olingan natijalar tahlili 53
XT=— [13 * 5 + 14 * 4 + 9 * 3 + 0 * 2] = — (65 + 56 + 27 + 0) = 148 = 2 56
XN=^ [10 * 5 + 12 * 4 + 13 * 3 + 3 * 2] = (50 + 47 + 39 + 6) = ^2 = 1.91 56
Л =-2- = 1,04 56
XULOSA 59
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 61
Glossary 63
Oracle (Ma’lumotlar Bazasini Boshqarish Tizimi) - katta hajmdagi 65

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Xalqaro tajribalar asosida barcha shahar va tumanlar markazlarida raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.
Bugungi kunda barcha maktablarda kompyuter texnikalari bo‘lishiga qaramasdan, internet xizmatidan yetarli darajada foydalanilmayotgani tanqid qilindi. Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 2021 yilgacha barcha maktablardagi kompyuter sinflarini zamonaviy texnologiyalar va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta‘minlash bo‘yicha chora- tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida 2017-2021 yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Farmonga binoan ta’lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqildi. Bunda xalq ta’limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, yangi maktab binolarni barpo etish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o ‘quv-laboratoriya uskunalari, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va o ‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan to‘liq ta’minlash kabi qator masalalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirishda, qator fanlar, jumladan, chet tillar, matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitishga alohida e’tibor qaratiladi.
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxasssislar tayyorlashga zarur shart- sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2909-son qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, zamonaviy o‘quv ilmiy laboratoriyalari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash bo‘yicha Oliy ta’lim tizimini 2017-2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Pedagogik yondashish o‘quv jarayoniga didaktik maqsadlarni qo‘llashga asoslangan. Informatsion yondashish bo‘lsa, o‘ziga xos o‘qitish muhitini yaratishga asoslangan bo‘lib, unda pedagogik texnologiyalardan foydalanishni o‘rganish jarayonida kompyuterda modellashtirilgan ob’yektlarning ichki, tashqi xossalarini dinamik suratda ko‘rsatish bilan o‘quvchi-talabalarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, mustaqil ishlash uchun sharoit yaratish bilan bir qatorda, intellektual rivojlanish uchun imkoniyat yaratadi. Informatsion yondashish asosan axborot texnologiyalarining vositalari orqali amalga oshiriladi. Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar, xalq ta’limi tizimida bo'layotgan o‘zgarishlar “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda ham “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko‘rsatib o‘tganidek har bir o‘qituvchi oldiga muhim vazifalar qo‘ymoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to ‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarni amaliyotga joriy etilishi ta’lim sohasidagi islohotlarning izchilligini ta’minlash barobarida 2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlanishning davlat umummilliy dasturida belgilangan vazifalarni 3 ro‘yobga chiqarishning sifat va samaradorligini ta’minlovchi ma’suliyatli davrni boshlab berdi. Bu qonunlarni amaliyotda qo‘llash, ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Krimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” nomli asarlarida: “Ta’limni tarbiyadan ajratib bo‘lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”
[I.4. 4 -bet], - deb bekorga ta’kidlamagan edilar. Shuningdek, bosh vazifalardan biri sifatida: “Endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa - ana shu yuksak tushunchalar bilan birga milliy g‘oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik,dinlararo bag‘rikenglik, kabi tamoyillarning ma’no mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy ma’rifiy, ta’lim - tarbiya ishlarining markaziga qo‘yish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat” ekanligini ham alohida qayd etib o‘tgan edilar.
Ma’lumotlar bazasi - bu o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo‘lib, u kirilayotgan ob’yektlarning xususiyatini, holatini va ob’yektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi. Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida ma’lumotlar bazasida kerakli axborotlani saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol o‘ynaydi. Sababi jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun albatta, ma’lumotlar bazasiga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz. Demak, ma’lumotlar bazasini tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgan davr taqozasidir. Ma’lumki, ma’lumotlar bazasi tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarni shunday tashkil qilar edilarki u faqat qaralayotgan masala uchungina o‘rinli bo‘lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Shuni qayd qilish lozimki, ma’lumotlar bazasini yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq, zarur:
Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko‘rinishi, ularni qo‘llaydigan dasturlarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim, ya’ni ma’lumotlar bazasiga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o‘zgartirganda, dasturlarni o‘zgartirish talab etilmasligi lozim.
Ikkinchidan, ma’lumotlar bazasidagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga xojat qolmasin.
Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi. Umumta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanida ma’lumotlar bazasini o‘qitish metodikasini takomillashtirish.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar hal etiladi:

  • Bitiruv malakaviy ishi mavzusiga oid mavjud pedagogik va psixologik adabiyotlar, ilmiy metodik ishlarni tahlil etish;

  • Umumta’lim maktablari uchun informatika va axborot texnologiyalari asoslarininng mazmunini tahlil etish, takomillashtirish;

  • Zamonaviy dasturlar asoslarini o‘qitishning pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish;

  • Mashg‘ulotlarni olib borishda pedagogik texnologiya va interfaol usullardan foydalanish, turli didaktik va texnik vositalar, texnologik xaritalarda rejalashtirish;

  • Bitiruv malakaviy ishi yuzasidan tajriba-sinov ishlarini o'tkazish, uning samaradorligini aniqlash va metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti. Umumta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Ms Access dasturi 2013 dasturini o‘qitishda pedagogik dasturiy vositalaridan foydalanishning usul va vositalari.
Bitiruv malakaviy ishning hajmi va tuzilishi. Ishning matni kompyuterda yozilgan 64 bet hajmdan iborat bo‘lib, uning strukturasini kirish, 3 ta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati va ilovalardan iborat.
I BOB. MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI

    1. §. Ms Access dasturi imkoniyatlari

Informatsion tizimlarni yaratish bo‘yicha jadal harakatlar va ma’lumotlar hajmining tez sur’atlar bilan oshib borishi 60-yillar boshida maxsus “Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi” (MBBT) deb ataluvchi dasturiy kompleksning yaratilishiga olib keldi.
Ma’lumotlar bazasi biror sohaga oid o‘zaro bog‘langan ma’lumotlar yig‘indisining disk tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasidir. Boshqacha qilib aytganda, ma’lumotlar bazasi bu kompyuter xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturali, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmui bo‘lib, u biror bir ob’yektning xususiyatini, holatini yoki ob’yektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda tavsiflaydi.
Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi (MB) deganda real dunyoning konkret ob’yektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamini tushinish mumkin. Lekin ma’lumotlar hajmi oshib borishi bilan bu masalalarni hal etish murakkablashadi. Yuzaga kelgan muammo ob’yekt va ma’lumotlarni strukturalash, ya’ni tizimga solish yo‘li bilan hal qilinadi. Ob’yekt - bu mavjud va farqlanishi mumkin bo ‘lgan narsadir. Ob’yektlarga tegishli bir qator ma’lumotlar borki, ularning to‘plami MB bo‘ladi. Masalan, umuta’lim maktablari - bu ob’yektlar bo'lsa, ulardagi o'quvchilar haqidagi ma’lumotlar to‘plami MBga misol bo‘ladi.
Har qanday jiddiy MBning yaratilishi uning loyihasini tuzishdan boshlanadi. MB loyihalovchisining asosiy vazifasi ob’yektlar va ularni tavsiflovchi parametrlarni tanlash, ma’lumotlar orasidagi ma’lumotlarni o‘rnatishdan iborat.
MBni yaratish jarayonida, foydalanuvchi ma’lumotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va belgilarning turli birikmalari bo‘yicha zarur ma’lumotlarni (tanlanmani) tez topish uchun imkoniyatlar yaratilishiga harakat qiladi. Bu ishlarni ma’lumotlar strukturalangan (tuzilmalangan) bo‘lgandagina bajarish mumkin.
Strukturalash - bu ob’yektlar va ma’lumotlarning o‘zaro bog‘lanishi tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir.
1-misol: strukturalanmagan ma’lumotlar.
Shaxsiy ish №9377; Kuvanova Xurshida Ilhom qizi; tug‘ilgan sana 7 noyabr 1995 yil; Shaxsiy ish №9384; Xakimova Feruza Zakirjanovna; tug‘ilgan sana 10 sentyabr 1985 yil; Shaxsiy ish №9385; Abduqodirova Dilnoza Shamsiddinovna; tug‘ilgan 8 avgust 1996 yil.
2-misol: strukturalangan ma’lumotlar.

Shaxsiy ishi №

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tug’ilgan sanasi

9377

Kuvanova

Xurshida

Ilhom qizi

07.11.1995

9384

Xakimova

Feruza

Zakirjanovna

10.09.1985

9385

Abduqodirova

Dilnoza

Shamsiddinovna

08.08.1996

1.1-jadval Strukturalangan ma’lumotlar jadvali

Zamonaviy MB texnologiyasida MBni yaratish, unga xizmat ko‘rsatish va foydalanuvchilarni MB bilan ishlashiga imkon yaratish maxsus dasturiy uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday dasturiy uskunalar majmuasi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) deb ataladi.
“Ma’lumotlar bazalari. O‘tmish va kelajak” maqolasida aytib o‘tilganidek, kompyuterdan foydalanishning oshishi bilan foydalanuvchilar uchun qulay ma’lumotlar bazalari (Paradox, RBASE 5000, RIM, Dbase III), API (ODBC, Excel, Access) va ishlab chiqish vositalari (VB, Oracle Developer, PowerBuilder) paydo bo‘la boshladi. Albatta, tendensiya Internetni ham qamrab oldi, bugungi kunda ma’lumotlar bazasi bilan samarali o‘zaro ishlash ko‘proq yoki kamroq dinamik ma’lumotlarga ega bo‘lgan har qanday resurs uchun ochiq talabdir.2
MB bilan ishlashga kirishishdan oldin ma’lumotlarni tasvirlash modelini tanlab olish kerak. U quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • axborotni ko‘rgazmali tasvirlash;

  • axborotni kiritishda soddalash;

  • axborotni izlash va tanlashda qulaylik;

  • boshqa omborga kiritilgan ma’lumotdan foydalanish imkoniyatining mavjudligi;

  • MBning ochiqligini ta’minlash (yangi ma’lumotlar va maydonlar qo‘shish, ularni olib tashlash imkoniyatlari va hokazo).

Kompyuterdan foydalanishning oshishi bilan foydalanuvchilar uchun qulay ma’lumotlar bazalari (Paradox, RBASE 5000, RIM, Dbase III), API (ODBC, Excel, Access) va ishlab chiqish vositalari (VB, Oracle Developer, PowerBuilder) paydo bo‘la boshladi. Albatta, tendensiya Internetni ham qamrab oldi, bugungi kunda ma’lumotlar bazasi bilan samarali o‘zaro ishlash ko‘proq yoki kamroq dinamik ma’lumotlarga ega bo‘lgan har qanday resurs uchun ochiq talabdir.
Agar soddalashtirilgan bo‘lsa, relatsion yondashuv ma’lumotlarni jadvallar formatida tavsiflaydi, ya’ni barcha ma’lumotlar o‘zaro munosabatlar va tuzilish bilan uzviy bog‘liqdir (Excelni ustunlar va satrlar bilan eslang, bu yerda har bir yangi ob’yekt bir xil shablon bo‘yicha yoziladi). Bu muqarrar ravishda ishlash va kengayish cheklovlariga olib keladi, lekin yaratish va boshqarish nuqtai nazaridan, bu juda sodda vaqulaydir.
Agar soddalashtirilgan bo‘lsa, relatsion yondashuv ma’lumotlarni jadvallar formatida tavsiflaydi, ya’ni barcha ma’lumotlar o‘zaro munosabatlar va tuzilish bilan uzviy bog‘liqdir (Excelni ustunlar va satrlar bilan eslang, bu yerda har bir yangi ob’yekt bir xil shablon bo‘yicha yoziladi). Bu muqarrar ravishda ishlash va kengayish cheklovlariga olib keladi, lekin yaratish va boshqarish nuqtai nazaridan, bu juda sodda va qulaydir.
“Ma’lumotlar bazalari. O‘tmish va kelajak” maqolasida ta’kidlanganidek, NoSQL yondashuvi qat’iy ma’lumot uzatmalarining yo‘qligi sababli bunday muammolarni oldini oladi. Ammo bu yerda yana bir muammo tug‘iladi - kirishni tashkil qilish. Bu 4 asosiy usulda hal qilinadi: hujjat yo‘nalishi, kengaytiriladigan yozuvlar (siyrak matritsalar), kirish kalitlari va grafik nazariyasidan foydalanish. Tabiiyki, NoSQL yondashuvi ishlab chiqaruvchidan ko‘proq bilim va ko‘nikmalarni talab qiladi, ammo natijalar ancha samaralidir. Shuning uchun SQL endi tarix, NoSQL esa barcha ma’lumotlar bazalarining kelajagi deb ishoniladi.


DB-Engines (https://db-engines.com/en/ranking) manbalariga ko’ra, eng mashhur 10 ta ma’lumotlar bazalarining reytingi quyidagicha:

  1. Oracle

  2. MySQL

  3. Microsoft SQL Server

  4. PostgreSQL

  5. MongoDB

  6. DB2

  7. Kassandra

  8. Microsoftga kirish

  9. Redis

  10. SQLite

Reytingdagi reytinglar 6 parametr bo‘yicha belgilanadi, ular orasida qidiruv tizimlarida, ijtimoiy tarmoqlar va forumlarda mashhurlik, rezyumeda eslatilish chastotasi, bo‘sh ish o‘rinlari soni.
Umuman olganda, reytingning 10 vakilidan 7 nafari o‘zaro aloqador ma’lumotlar bazasi, shuningdek taqsimlangan qiymatlar (Cassandra) va kalit-qiymatli yondashuvdan (Redis) foydalanib hujjatlashtirilgan ma’lumotlar bazasining (MongoDB) bitta nushasi.3 4
Chet davlatlarida ma’lumotlar bazasining turli xillaridan har xil sohalarida foydalaniladi. Xalqaro huquq talabalari hamda olimlar ham Xorijiy yuridik qo‘llanma (Foreign Legal Guide) ma’lumotlar bazasidan foydalanishadi, bu MB ning o'zining qo'llanish sohasi mavjud. “BRILL” uch mamlakatda ilmiy nashriyotda muharriri Marci Hoffman “Xorijiy huquq bo‘yicha qo‘llanma” maqolasida “Xorijiy yuridik qo'llanma” (Foreign Legal Guide) MB haqida tushuncha bergan. Bu maqolada ma’lumotlar bazasini samarali ko‘rib chiqish va qidirish bo‘yicha va undan qanday foydalanish haqida maslahatlar bergan.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish