0‘zbekist0n respublikasi oliy va 0‘rta maxsuis ta’lim vazirligi g‘. Hojiahmedov, I. Yaxyayeva, M. Umarova, A. Usmonov sifat menejmenti



Download 0,88 Mb.
bet86/264
Sana31.12.2021
Hajmi0,88 Mb.
#203486
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   264
Bog'liq
sifat

Guruhli yondashuv ma’lum vazifani bajarish uchun ikki yoki undan ko‘p shaxsning hamkorlikda ish yuritishini nazarda tutadi. Guruhning asosan to'rtta turi farqlanadi. Ular: 1) bo'linmalar faoliyatini takomillashtirish bo ‘yicha guruhlar; 2) sifat to‘garaklari; 3) jarayonlami takomillashtirish guruhlari; 4) maqsadli guruhlardir.

Bu to‘rt turdagi guruhning xususiyatlari 5.1-jadvalda o‘zaro taqqos- lanilgan.




Xiususiyat-

lar

Bo‘linmalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha guruhlar

Sifat

to‘ga-

raklari

Jarayonhrni

takomillash­

tirish

guruhlari

Maqsadti

guruhlar

1

2

3

4

5

A’zolik

Bo'linma

ishchilari

Bo'linma

ishchilari

Aralash

bo'lin­

malaming

tanlangan

ishchilari

Ish tajribasi asosida tanlab olingan ishchilar

Qatnashuv

Majburiy

Ixtiyoriy

Majburiy

Majburiy

Rahbariyat­ning ta’siri

0‘rtacha

Minimal

O'rtacha

O'rtacha

Muammo­larni tanlash

Guruhli

Guruhli

Guruhli

Rahbariyat tomonidan amalga oshiriladi

Muammolar­ni hal qilish muddati

0‘rtacha

Qisqa

O'rtacha

Uzoq

Faoliyat

sohasi

Bo'linma

doirasida

Bo'linma

doirasida

Bo'linma-

lararo

Bo'linmalararo

Yechimning

izlanishi

Guruh a’zolari orasida

Guruh

a’zolari

orasida

Guruh

a’zolari

orasida

Guruh a’zolari orasida

Vaqt jihatidan bosim berish

0‘rtacha

Minimal

O'rtacha

Yuqori

Ish tartibi, muddatlari

Qisqa yig'ilishlar, uzoq muddatiar

Qisqa

yig'ilishlar,

uzoq

muddatlar

Qisqa

yig'ilishlar,

uzoq

muddatlar

Davom etuvchi muddatlar, boshqa vazifalaming yo'qligi

Tashkilotchi tomonidan ishga ko'mak- lashish

Mumkin bo'lgan variant

Butunlay

ixtiyoriy

Hech qanday

Hech qanday

Natijalar- ning tatbig'i

Guruh a’zolari tomonidan

Guruh

a’zolari

tomonidan

Guruh

a’zolari

tomonidan

Boshqa shaxslar tomonidan



Bo‘linmalarning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha guruhlar

Bo'linmalaming faoliyatini takomillashtirish bo'yicha guruhlar u yoki bu bo'linma ishchilaridan tashkil topadi. Ularning vazifasi vositalami maqsad sari yo'naltirish va ishlab chiqishdan iborat. Vositalar ishchilarga mazkur bo'linma faoliyatining sifati va samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Bo'linma rahbari guruhning raisi hisoblanadi. Ma’lum muddatdan so'ng ma’muriy xodunlar toifasiga kirmaydigan, mazkur lavozimda ishlash uchun tayyorgarlik va layoqatga ega bo'lgan ishchi guruhning raisi etib tayinlanishi mumkin. Guruh xatolarning yuzaga kelishi va bo'linma samaradorligi pasayishining sabablarini aniqlaydi. So'ngra u tuzatish choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Guruh bo'linma doirasida takomillashtirishning maqsadlarini belgilaydi va ularga erishish tadbirlarini ishlab chiqadi. Bo'linma rahbarining tashabbusi bilan bo'linma faoliyatini takomillashtirish guruhi tashkil qilinadi. Bo'lin­maning barcha ishchilari mazkur guruhning qarorlarini bajarishda faol qatnashadilar.

Guruhning yig‘ilishlarini tashkil qilish. Bo'linma ishchilarining yig'ilishi bevosita ish joyida tashkil qilinadi. Bundan maqsad muammoni yuzaga kelish joyida tadqiq qilish va ishlab chiqarishni to'xtatmagan holda sinov partiyalarini tanlab olishdir. Yig'ilishlarni o'tkazish qoidalari quyidagilar.

  1. Yig'ilish кип tartibining oldindan tayyorlanishi va hammaga e’lon qilinishi.

  2. Кип tartibining bo ‘limlarini muhokama qilish bilan yig'ilishni boshlash va tasdiqlangan кип tartibiga so ‘zsiz rioya qilish kerak. Mazkur vazifa uchun bo'linma rahbari mas’uliyatga ega.

  3. Yig'ilish raisi barcha qatnashchilami faol mehnat qilishga chaqiradi. Bunda u qatnashchilami muayyan masala yuzasidan so'rov qiladi. Boshliqning nutqi yig'ilish vaqtining 25% idan oshmasligi kerak.

  4. Guruh ishtirokchilari navbat bilan yig'ilish bayonnomalarini olib kelishlari kerak. Bayonnomada ma’lum tadbirlarni ishlab chiqish ishlarining holati, ilgari surilgan takliflar, ulami amalga oshirish muddatlari ifodalanishi lozim. Bayonnomalarning nusxalari yuqori boshqarmaga beriladi.

  5. Kelishuv asosida qarorlar qabul qilish. Guruhning barcha a’zolari qabul qilinayotgan qarorlarni qo'llab-quvvatlashi va hamma yakuniy qarorga teng ta’sir qilish imkoniga ega bo'lishi muhim. Umumiy yig'ilish uchun tavsiyalar ishlab chiqadigan guruhlarga yakkafikrlilik mavjud bo'lmagan masalalar topshiriladi.

  6. Muhokama qilinayotgan masalalar mazkur bo'linmaning vakolat doirasi va bo'linma guruhining faoliyatiga taalluqli bo'lishi kerak. Agar boshqa bo'linmalaming faoliyati oqibatida mazkur bo'linmada muammo paydo bo'lsa, bo'linma rahbari darhol bu haqida xabar qilishi kerak.

  1. Bo ‘linmaning faoliyati nimaga va kimga bog‘liqligi, uning ishining mazmuni va natijalarining «iste’molchisi» haqidagi ma’lumotlar hamda uning sifatini o‘lchash va baholash masalalari yig‘ilishda e’lon qilinishi kerak.

  2. Rahbariyat yig‘ilishda barcha xodimlar qatnashuvining majburiyligini va qatnashmaslik sabablari oldindan muhokama qilinishini ta’kidlashi lozim.

Guruhlar ishini tashkil qilish. Barcha ishchilar maxsus tayyorgarlikdan o'tganidan so‘ng ularning javobgarligini oshirish lozim. Odatda, bo‘linma faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha guruh o‘zining rivojlanishida uch: 1) anglash va o'rganish; 2) tushunish; 3) muammoni hal qilish va qarorlarni qabul qilish bosqichlarini bosib o‘tadi.

Anglash va о 'rganish bosqichi quyidagi aspektlarni qamrab oladi:

  1. Tashkilotning maqsadlarini tushunish.

  2. Faoliyatni yaxshilash jarayonini tushunish.

  3. «Bexato ish» standartini faoliyatning me’yori sifatida qabul qilish.

  4. Ma’lumotlami to‘plash va turkumlash usullari.

  5. Muammolarni aniqlash usullari («aqliy hujum» usuli va boshqalar).

  6. Muammolarni tahlil qilish usullari (sabab-oqibat diagrammalari va Pareto diagrammalari, ekspert guruhining yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qilishi, gistogrammalar).

  7. Natijalarni hujjatlar ko‘rinishida tahlil qilish (grafiklar, jadvallar, rahbariyatga ma’ruzalar).

  8. Baholash natijalari.

  9. Nazorat raqamlari va tanlanma nazorat.

Tushunish bosqichi. BoMinma faoliyatining tahlili (BFT) bo‘linma ishchilariga ularning faoliyatni yaxshilash jarayonida egallagan mavqeyini anglashlariga ko‘maklashadi. Tahlil boMinmaning faoliyatini baholash, ishning asosiy turlarini aniqlash va bu turlarning har birini batafsil ko‘rib chiqish imkonini beradi. Bunda ta’minotchilar iste’molchilar va bo‘linma o‘rtasidagi munosabatlarga asosiy e’tibor qaratiladi.

BFT davomida bo'linma faoliyatini takomillashtirish guruhi tegishli hujjatni ishlab chiqadi. Barcha bo‘linmalar va ta’minotchilardan xomashyo, materiallarni oladilar, ularni qayta ishlab, qo'shimcha qiymatni yuzaga keltiradilar va iste’molchilarining talabini mehnat natijalari bilan qondiradilar. Bunday konsepsiyaga ko‘ra, har bir ishchi boshqa ishchi mehnatining natijalarini qabul qiladi va o‘z mehnatining natijalaridan foydalanadigan iste’molchisiga ega bo‘ladi. Bunday zanjirdagi har bir ishchi o‘z mehnatining sifati uchun javobgar bo'ladi.

Tahlildan oldin maxsus shakl to‘ldiri!ib, unda bo‘linma faoliyatining maqsadi va bajarilgan ishlarning ro‘yxati ko'rsatiladi. Rahbar o‘zining bo'ysunuvchilariga boMinmaning vazifasini ma’lum qiladi va muhokama o'tkazadi. Muhokamada bildirilgan takliflar yuqori rahbariyatga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Shundan so‘ng bo'linmada bajariladigan asosiy ishlarning ro‘yxati tuziladi. Ro‘yxatda quyidagi tadbirlar keltirilishi mumkin:

  1. Marketing tadqiqotlarini o‘tkazish.

  2. Mahsulot tannarxini hisoblash.

  3. Ishcliilardan intervyu olish.

  4. Bashoratlarni ishlab chiqish.

  5. Mahsulotni foydalanishga tayyorlash yuzasidan boshqaruvni tashkil qilish.

  6. Iste’molchilarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish.

  7. Sinov jihozini loyihalash.

  8. Axborotning maxfiy saqlanishini ta’minlash.

Ishlarning asosiy turlari o'ntadan oshmashgi kerak. So‘ngra har bir ish tunning tuzilishi batafsil ko‘rib chiqiladi.

Eng avvalo, barcha boshlang‘ich ma’lumotlarning ro‘yxati tuziladi. Ma’lumotlar deganda, ham shaxsiy ma’lumotlarni, ham axborotning turli ko‘rinishlarini va energiya resurslarini tushunish mumkin. Har bir ma’lumot unga qo‘yilgan talablarning aniqligi, «ta’minotchi» bilan teskari aloqaning amalga oshirilishi nuqtayi nazaridan tadqiq qilinadi. «Ta’minotchi» bilan teskari aloqa yoki uning ish natijalariga talablami o‘matish tizimlari tarkib toptirilishi kerak. «Ta’minotchi» bo'linmaning unga qo‘yayotgan talablarini bilishi zarur, chunki ushbu talablar ta’minotchiga korxona uning mehnat natijalaridan qanday foydalanayotganini bilish imkonini beradi.

Keyin bo'linma boshlang'ich ma’lumotning qimmatmi oshirish maqsadida o‘z faoliyatining tuzilishini aniqlashtirib olishi kerak. Shundan so'ng, muayyan ishning pirovard natijasi aniqlanadi: «u qanday shaklda ifodalanadi va uning «iste’molchisi» kim?» degan savolga javob izlanadi.

«Iste’molchi» nuqtayi nazaridan har bir ishning natijalariga talablarni belgilash keyingi bosqich hisoblanadi. Bu bosqich faoliyatni takomil­lashtirish guruhining «iste’molchi» bilan hamkorlikdagi yig'ilishida amalga oshadi. Aynan «iste’molchi» bo'linmadan nimani kutishini ma’lum qiladi. Tashkilot doirasida «iste’molchi» va «ta’minotchi» orasida aloqalar ta’minlanishi kerak.

Ishning natijasiga talablar hamda ulami baholash mezonlari o'matilga- nidan keyin «ta’minotchi» va «iste’molchi» o'rtasida imzolanadigan hujjat tuziladi. Bunda ular hujjatning hamkorlikda tuzilganini va undagi shartlami bajarishga rozi ekanliklarini tasdiqlaydilar. В FT ning oxirida quyidagi savollarga javob beriladi:

  1. Keltirilgan faoliyat baholanadimi? Agar baholansa, u holda baholash mezonlari qaysilar? Agar baholanmasa, buning sabablari nimada?

  2. Faoliyatni takomillashtirishga ehtiyoj sezilyaptimi? Agar ehtiyoj bo'lsa, takomillashtirish tadbirlarining rejasini tuzishga qancha vaqt sarf bo'ladi?

  3. Bo'linmada ishning berilgan turini bajarish uchun haftasiga necha soat sarflash talab qilinadi, shu jumladan: a) Hammasi bo'lib ishga necha soat sarflanadi? b) Muammoning oldini olish choralari umumiy vaqtning qancha qismini tashkil qiladi? d) Ish natijalarini baholash umumiy vaqtning

qancha qismini egallaydi? e) Umumiy vaqtning qancha qismi xato tufayli bekorga sarf boMadi?

Tahlil natijalari har yarim yilda tekshirilishi va kamida ikki yilda bir marta qayta tahlil o'tkazilishi lozim.

Bo'iinmalar faoliyatini takomillashtirish ko‘rsatkichlari. BFT asosida boMinma faoliyatining sifatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar ro‘yxati tuziladi. Guruh «takomillashtirish ko'rsatkichlari» deb nomlanuvchi 3—5 ta asosiy ko'rsatkichlarni tanlab olishi zarur. Shunga ko‘ra grafiklar tuzilib, ular har bir boMinmaga osib qo‘yiladi. Har bir grafikda kamida yarim yillik ma’lumotlar va ish sifatining rejalashtirilgan darajasi ko‘rsatilishi kerak. Nazorat raqamlari uch oy davomida o'rnatilgan nazorat raqamlarga erishilgandan so‘ng yangilanadi. Bo'linmalar faoliyati shu tarzda uzluksiz takomillashtiriladi.

Ikki turdagi normativlar o‘rnatilishi mumkin — iste’molchilarning kutishlariga muvofiq keluvchi ishlar sifatining darajasi va nazoratning kelajakdagi maqsadlar bilan bog‘langan me’yoriy hujjatlari. Bunday chizma takomillashtirish bo'yicha faoliyatni to'xtatish g‘oyasiga qarshilik qiladi. Ko‘rsatkichlar guruhning yig*ilishlarida yangilanishi va qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Shu tarzda, oraliq maqsadga bosqichma — bosqich erishish hisobiga pirovard maqsadlarga yaqinlashib boriladi.


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish