O‘z-o‘zini baholash. Hech kim vazifaning to‘g‘ri bajarayotganini ijrochining o‘zidan yaxshiroq bilmaydi. U yoki bu uchastka faoliyatining natijalarini hammasidan yaxshiroq baholay oladigan keyingi shaxs boMinmaning rahbaridir. Rahbar o‘z bo‘linmasinjng faoliyatini baholashning tizimli va obyektiv vositasiga ega bo‘lishi kerak. Bunday vositalardan biri bo‘lib rahbar tomonidan har oyda yoki chorakda o‘z-o‘zini baholash, attestatsiyalashning o‘tkazilishi hisoblanadi.
0‘z-o‘zini baholashni o‘tkazish uchun nazorat savollari.Quyi pog'ona rahbari, awalo, boMinmaning faoliyati uchun javobgarlikka ega. Har bir chiziqli rahbar tashkilotning nazorat hujjatlari, ularning maqsadi va qo‘llanilish tartibini bilishi kerak. Har bir rahbar bo'ysunuvchilarining o‘zlari ishlarini nazorat qilishga qanchalik jiddiy yondashayotganini tahlil qilib borishi kerak. Nazorat operatsiyalari muayyan kasb bo‘yicha 0‘qitish «paketi» ning tarkibiy qismiga aylanishi va rahbar bo'ysunuvchilarning talablami bajarishini tizimh tekshirishi kerak. Ro'yxatda bo‘linmaning faoliyat doirasiga kirgan asosiy nazorat obyektlari ko'rsatilishi kerak. Unda baholashni o‘tkazish tartibi, tekshirish uchun tanlanadigan obyektlarning hajmi va ish sifatining maqbul darajasi ko‘rsatiladi. 0‘z-o‘zini baholash uchun chiziqli rahbar tomonidan tayyorlangan nazorat ro‘yxatining loyihasi ikkinchi pog'onadagi rahbarga taqdim etilishi. Ushbu rahbar loyihaning toMiqligi va unda o‘matilgan faoliyat standartlarining maqsadga muvofiqligini tekshiradi.
Misol. Nazorat ro‘yxatida bosh hisobchining o‘z-o‘zini baholashi uchun quyidagi punktlar ko‘rsatilishi mumkin. Ularning har biri uchun talablarga muvofiqlik va nomuvofiqlikni baholash va nomuvofiqlikni tugatish muddati belgilanishi kerak: Hisob-kitob boMimida rasmiylashtirilgan 12 schyotli transport xarajatlarining to‘g‘ri tuzilgani va unda hisoblaming aniq ko'rsatilganini tekshirish.
Faoliyatning standard: ketma-ket uchta taftishni o'tkazish natijasida hujjatlarda ko‘rsatilmagan xatolarning aniqlanishi ishning sifatsiz bajarilayot- ganidan dalolat beradi. Faoliyat standartiga ko'ra, yo‘l qo'yilgan xatolar sonining bittadan ortishi faoliyatning natijasiz yakunlanishiga olib keladi.
Baholash natijalari: transport xarajatlariga doir tekshirilgan schyotlar soni, xatolarning miqdori. Hisob-kitob bo'limining sakkiz xodimi tanlab olinib, ular bajarayotgan ishlar va bu ishlarni bajarish uchun ularning tayyorgarlik darajasi tekshiriladi. Bunda xodimlami tayyorlash jurnali ham tekshiriladi.
Faoliyatning standarti: ketma-ket uchta taftishni o'tkazish natijasida hujjatlarda ko'rsatilmagan xatolarning aniqlanishi ishning sifatsiz bajarilganidan dalolat beradi. Faoliyat standartiga ko‘ra, yo‘l qo‘yilgan xatolar sonining bittadan ortishi faoliyatning natijasiz yakunlanishiga olib keladi.
Baholash natijalari: xodimlarning familiyalari va operatsiyalar soni aniqlanadi. Shuningdek, o‘z ishini bajarish uchun tayyorgarlikdan o'tmagan yoki o'zida tayyorlov kurslaridan qoniqish hosil qilmagan xodimlar soni ham aniqlanadi. Ro'yxatga olingan xatolar soniga e’tibor berilib, ularning kelib chiqish sabablari xodimlarning tayyorgarlik darajasi bilan bog‘lab o'rganiladi.