Federatsiyaning oliy va ijroiya organlari. Federatsiyaning oliy organi Konferensiyadir. U besh yilda bir marta chaqiriladi.
Konferensiyaning vakolatiga quyidagilar kiradi:
Federatsiyaning Nizomini tasdiqlash, zarurat tug'ilganda unga qo'shim- cha va o‘zgartirishlar kiritish;
Federatsiyaning tarkibiga kiruvchilaming asosiy faoliyat yo'nalishlarini belgilash;
Federatsiyaning Kengashini, nazorat-taftish qo'mitasini saylash, hiso- botlarini eshitish, muhokama qilish va tasdiqlash;
Konferensiyaning muhokamasiga Federatsiya Kengashining tashabbusi bilan boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.
Konferensiyaning qarorlari qatnashchilarning ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Konferensiyalar oralig‘i davrida kamida 22 kishilik federatsiya kengashi federatsiyaning ijroiya organi hisoblanadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy birlashmalaming rahbarlari va federatsiya raisining o'rinbosari — ijrochi direktor lavozimiga ko‘ra kengash tarkibiga kiradilar. Kengash a’zolarining besh nafar nomzodi iste’molchilaming huquqlarini himoya qilish bo'yicha idoralararo kengash tomonidan tavsiya etiladi va kengash a’zoligiga kiritiladi. Federatsiya kengashining vakolatlari:
Federatsiyaning raisini saylash, Konferensiyalar oralig'ida zarurat tug'ilganda, kengash a’zolarini o'zining tarkibiga kiritish va tarkibidan chiqarish;
Federatsiyaning faoliyatini asosiy yo'nalishlar bo'yicha muvofiqlash- tirish;
Konferensiyalarda qabul qilingan qarorlarni ijro etish;
Federatsiyaning faoliyatiga rahbarlik qilish;
Nizomning talablarini amalga oshirish, o'z a’zolarining ishlarini takomillashtirish uchun tavsiyaviy, me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish;
Federatsiya qoshidagi korxona, tashkilot yoki muassasalarning faoliyatini uyushtirish;
banklarda hisob raqamlarini ochish;
Federatsiya manfaatlaridan kelib chiqqan holda respublika hududida yoki chet ellarda faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bilan o'zaro manfaatli shartnomalarni tuzish;
Federatsiya kengashining qarorlarini imzolash;
Federatsiya kengashining faoliyatiga oid buyruq va farmoyishlar chiqarish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, shu jumladan, chet ellarda iste’molchilarni va federatsiya manfaatlarini himoya qilish;
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va boshqalar.