0‘zbekist0n respublikasi oliy va 0‘rta maxsuis ta’lim vazirligi g‘. Hojiahmedov, I. Yaxyayeva, M. Umarova, A. Usmonov sifat menejmenti


Iste’molchilarning huquqlarini sud orqali himoya qilish



Download 0,88 Mb.
bet256/264
Sana31.12.2021
Hajmi0,88 Mb.
#203486
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   264
Bog'liq
sifat

Iste’molchilarning huquqlarini sud orqali himoya qilish. Iste’mol­chilaming huquqlari buzilganda, ular sudga murojaat qilishga haqlidir. Da’volar, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, javobgar iste’molchi joylashgan yerdagi yoki zarar yetkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi. Iste’molchilar o'z huquqlarining buzilishi bilan bog'liq da’volar bo'yicha, shuningdek, tovar (ish, xizmat) laming xavfsiz bo'lishi va ulaming sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, iste’molchilaming jamoat birlashmalari iste’molchining (iste’molchilar muayyan doirasining) manfaatlarini ko'zlab qo'zg'atiladigan da’volar bo'yicha davlat boji to'lashdan ozod qilinadilar.

Iste’molchilarning jamoat birlashmalari. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi



Iste’molchilar o'z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ixtiyoriy ravishda iste’molchilar birlashmalarini tuzishlari mumkin.

Iste’molchilaming birlashmalari o'z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiruvchi jamoat birlashmalaridir. Bunday jamoat birlashmalaridan

biri 0‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hisoblanadi.

Mazkur federatsiyaning faoliyat yo‘nalishlari:

  • Respublika iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qabul qilingan barcha qonun, qaror va farmonlarning ijrosini ta’minlash yo‘lida boshqaruv organlariga yaqindan ko‘maklashish;

  • qonun hujjatlarini o'rganish bo'yicha turli seminarlar, o‘quv markazlarini tashkil etish, suhbat va uchrashuvlar o'tkazish, aholi o‘rtasida turli ommaviy tadbirlarni uyushtirish;

  • aholining ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa manfaatlarini himoya qilishga doir tadbir va takliflarni ishlab chiqib, davlat, boshqaruv va nazorat organlariga murojaat etish va ularni hayotga tatbiq qilishda bevosita qatnashish;

  • seminarlar, simpoziumlar, konferensiyalar uyushtirish;

  • xalqaro mutaxassis va ekspertlar ishtirokida turli xil loyiha va dasturlar yaratish;

  • tovar ishlab chiqaruvchi, sotuvchi, ijrochi, xizmat (ish) ko'rsatuv- chilar tomonidan iste’molchilar huquqlari buzilishining oldini olish, huquqlar buzilganda vakolatli davlat, boshqaruv, nazorat va huquq-tartibot idoralari, sudlarga murojaat etib, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarami aybdorlar tomonidan qoplanishiga erishish;

  • mahsulotlar, turli xizmatlarning sifati va sertifikatlash darajasi bo‘yicha aholini va manfaatdor tashkilotlarni muntazam xabardor qilish;

  • tovar (ish, xizmat)larning narx (tarif)lari, standartlari, iste’mol xususiyatiarini tahlil qilish va ularning sifatini ekspertiza qilish;

  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir statistik va boshqa turdagi axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish tizimini shakllantirish;

  • normativ hujjatlar, tovar (ish, xizmat)larning sertifikatsiyasi va ekspertiza xulosalari bilan aholini muntazam tanishtirib borish;

  • nosog‘lom reklamalardan aholini ogohlantirish va himoya qilish;

  • mahsulot va xizmat turlari, sifati, ularning xavfsizligini ta’minlash uchun federatsiya va uning tuzilmalari tarkibida mustaqil, turg‘un va ko'chma ekspertizalarni tashkil qilish;

  • aholining hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulki va atrof-muhitga xavf tug‘diruvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishni taqiqlash;

  • iste’molchilarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida xabar- nomalar, plakatlar, o‘quv vositalari, ommabop kitoblar chiqarish;

  • aholi o'rtasida turli usullar, jumladan, anketalar tarqatish orqali so‘rovlar o'tkazish;

  • xalqaro jamoat birlashmalari, jamg'armalari va uyushmalari bilan tajriba almashish, hamkorlik qilish, ular bilan shartnoma va bitimlar tuzish, shuningdek, iste’molchilarning xalqaro harakatida ishtirok etish;

  • yuridik maslahat markazlari va klinikalar ta’sis etish;

  • jismoniy va yuridik shaxslarga maslahat va axborot berish;

sud ishlarida da’vogar sifatida qatnashish va hokazo.

Federatsiyaning huquqlari:

  • iste molchilarning huquqlarini himoya qilish borasida jamoat nazoratini amalga oshirish;

  • iste molchilar manfaatlari yuzasidan davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga murojaat qilish va takliflar bildirish;

  • iste molchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmini takomillash­tirish yuzasidan tashabbuskorlik ko‘rsatish;

  • o‘z a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash, himoya qilish;

  • iste molchilar huquqiga taalluqli me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqishda qonunchilikda belgilangan tartibda qatnashish;

  • iste molchilar manfaati yo‘lida uy-joy qurilish, loyiha-konstruktorlik, baholash va yakka tartibdagi loyihalami ishlab chiqish;

  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va targ‘ib qilish maq­sadida monitoringlar, ijtimoiy so'rovlar va boshqa tadbirlarni o'tkazish;

  • o'zining ramziy belgilarini ta’sis etish;

  • ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

  • о z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig'ilishlar, Konferen- siyalar o'tkazish;

  • mulkiy huquqqa egalik qilish, o'z mol-mulkini sotish, almashtirish, sotib olish, balansiga olish va undan chiqarish hamda ijaraga berish va boshqalar.


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish