Federatsiyaning tashkiliy tuzilmasi. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha tuman va shahar jamiyatlari, shuningdek, jamiyat- laming Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy birlashmalari federatsiyaning ishtirokchilari hisoblanadilar. Ular qonunlar, boshqa me yoriy hujjatlar, federatsiyaning Nizomi asosida tuziladi va faoliyat ко rsatadi. Federatsiyaning maqsadlarini qo'llab-quwatlovchi boshqa tashkilot- lar ham federatsiya qatnashchilari sifatida uning tarkibiga kirishlari mumkin. Ular bilan munosabatlar qonunchilikda belgilangan tartibda shartnoma asosida
о matiladi. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha tuman va shahar jamiyatlarining tuzilmasining asosi bo'lib mahallalar, uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, bozorlar, korxona va tashkilotlarda jamoatchilik asosida faoliyat ko'rsatadigan tayanch guruhlar hisoblanadi. Tayanch guruhlar uch kishidan kam bo'lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |