Faoliyatni takomillashtirishda rahbarning tutgan o‘rni. Rahbarlar ijrochilarni boshqarish evaziga ishning bajarilishini ta’minlaydilar. 0‘z bo ysunuvchilarining potensial imkoniyatlarini hisobga oladigan rahbarlar ularda о z vazifalarini bajarishga ijodiy yondashuvning shakllanishi va ular salohiyatining yuzaga chiqishiga ko‘maklashadilar. Har bir rahbarning asosiy vazifasi о z bo‘linmasining faoliyatni sifatli bajarishi hisobiga yuqori natijalarga erishishini ta’minlashdir. Ushbu maqsad yoiida rahbarlar o‘zlariga katta mas uliyatli vazifa topshirilayotganini his qila bilishlari kerak. Chunki sifat ishlab chiqarilgan mahsulotidan katta daromad olishning sharti hisoblanadi.