0‘t oldirish tizimlari kontaktl1



Download 405,6 Kb.
bet7/9
Sana22.07.2022
Hajmi405,6 Kb.
#838989
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Сарвар

12.16-chima. Kontakt tranzistorli o't oldirish elektr shakli:
a-asosiy; Л-tranzistorli kommuiator — TK 102 qo‘yilgan.

paytidagina kontaktlar (4) ulanishi hisobiga ishlamay turadigan qo‘shimcha Rd rezistor ulangan.
Uzgich (5) ulanganda va uzgich kontaktlari (1) tutashganda W tranzistor bazasi emitterga nisbatan manfiy potensial ostida bo‘ladi, shuning uchun W tranzistor ochiladi va birlamchi zanjirda tok paydo bo‘ladi. Ushbu holatda tranzistor qarshiligi (emitter-kollektor o'tishi) eng past (minimal) bo'ladi (0,15 Om).
Uzgich kontaktlari (I) ajralganda tranzistor bazasidagi Istok uziladi, baza va emitter potensiallari farqi nolga teng bc'lib qoladi, tranzistor yopiladi (emitter-kollektor o'tishining qarshiligi keskin ortib ketadi), o‘t oldirish g'altagining birlamchi cho‘lg‘amidagi tok yo'qoladi. Buning natijasida ikkilamchi cho'lg'amda yuqori kuchlanish induksiyalanadi.
TK 102 tranzistorli kommutator qo'yilgan kontakt tranzistorli o't oldirish tizimining elektr shakli (12.16-chizma, b) da keltirilgan. Chizma quyidagilardan iborat: tranzistorli kommutator (TK 102), o‘t oldirish g‘altagi (2) (Б114), uzgich (1), taqsimlagich (3), Ra) (0,5 Om) va Ra, (0,5 Om) rezistorlardan tuzilgan qarshiliklar bloki (СЭ 107), startyor uzgichi bilan blokirovka qilingan qo'shimcha qarshilikning uzib ulovchi kon­taktlari (4).
Tranzistorli kommutator germaniyli W tranzistor, VD2 stabilitron, VD1 diod, ikki cho‘lg‘amli T transformator, Cl (lmkF) va C2 (50 mkF) kondensatorlar va R1 (27 Om) rezistorlarni o‘z ichiga oladi. Tizim o‘n ikki voltli akkumulator batareyasidan (6) yoki generatordan ta’min- lanadi 0‘t oldirish g'altagining birlamchi W1 cho‘lg‘ami tranzistor emitterining zanjiriga, uzgich kontaktlari esa baza zanjiriga ulangan. Tizim quyidagi tartibda ishlaydi: o‘t oldirish uzgichi (5) ulangan. Uzgich kontaktlari (1) tutashgandan so‘ng tranzistor ochiladi, chunki, baza potensiali emitter potensialidan kichik bo‘lib qoladi va o‘t oldirish g'alta- gining (2) birlamchi cho‘1g‘ami bo'ylab strelkalar bilan ko‘rsatilgan yo'nalishda 1( tok o'tadi.
Uzgich kontaktlari ajralayotgan paytda tranzistor yopiladi. Birlam­chi zanjirdagi tok keskin kamayadi va o‘t oldirish g‘altagining (2) ikki­lamchi W2 cho‘lg‘amida yuqori kuchlanish hosil bo‘lib, uning impulslari taqsimlagich (3) vositasida o‘t oldirish svechalariga taqsimlanadi.
T transformator W tranzistorni faollik bilan yopilishini ta minlaydi. Shu transformatorning birlamchi W3 cho‘lg‘ami uzgich kontaktlari bilan ketma-ket ulangan. Uzgich kontaktlari ajralganda transformatorning ikkilamchi W4 cho lg'amida tranzistorning faollik bilan yopilishini ta’minlovchi (yopilish chog'ida baza potensiali emitter potensialidan katta bo‘lib qoladi) EYK induksiyalanadi. Modernizatsiya qilingan TK 102A kommutatorida T transformator o‘rniga xuddi shu transfor- mator vazifasini bajaruvchi drossel ishlatilgan.
R1 rezistor yopilish impulsini hosil qiladi va shu bilan tranzistorni yopilish tezligi ortadi. Tranzistorning yopilish vaqti R1 (27 Ош) rezistor bo'lganda qariyb 30 mks. ni, bo‘lmaganda 60 mks.ni tashkil qiladi. Kontakt-tranzistorli o't oldirish tizimida uzgich kontaktlariga parallel qilib kondensator o'rnatilmaydi, chunki chtzmada R1 rezistor va T transformator qo'llanilishi birlamchi tokni kerakli tezlik bilan pasayishini ta’minlaydi.
Tranzistor, ikkilamchi zanjirdan yuklanishlar uzib qo'yilganda (masalan, o't oldirish tarmog'ini “uchqunga” tekshirish paytida) o‘t oldirish g‘altagining birlamchi cho'lg'amida yuzaga keluvchi ortiqcha kuchlanishdan, kremniyli VD2 stabilitron yordamida himoya qilingan. Stablitron stabillashtiradigan kuchlanish shunday tanlangankj, bu kuchlanish ta’minlash kuchlanishi bilan qo‘shilganda ham tranzistorning emitter-kollektor hududi uchun ruxsat etilgan chegaraviy kuchlani- shidan ortib ketmaydi. VD1 diod stablitronga to‘qnash ulangan va stab- litrondan to‘g‘ri yo'nalishda o'tayotgan tokni cheklab turadi (aks holda birlamchi cho'lg'atn, to‘g‘ri yo'nalishda ulangan stablitron tufayli yetarli tokni ololmas edi).
Dvigatelni yurgazish paytida tranzistorni tok bo'yicha ortiqcha yuklanishdan saqlash uchun birlamchi tokni keraklicha cheklash R (| rezistor orqali amalga oshiriladi (qo'shimcha R rezistorning kontaktlari tutashib turadi). C2 elektr kondensator, tranzistorni tasodifiy ortiqcha yuklanishlardan himoya qiladi. Bunday kuchlanishlar chizmaning ta’minlash tizimida quyidagi hollarda yuzaga kelishi mumkin: akkumulator batareyasisiz ishlaganda kuchlanish rostlagich yaxshi rostlanmaganda, generator cho'lg'amlarida qisqa tutashuv bo'lganda, generator va rele rostlagichning “massa” bilan kontakti yomonlashganda va hokazo. Cl kondensator tranzistorni qayta ulanishi davrida undagi quvvat yo'qolishini kamaytiradi va shu bilan uning qizishini pasaytiradi. W tranzistor haroTatini pasaytirish uchun (ruxsat etilgan harorat 65°C) tranzistorli kommutator dvigatel kapotining ostiga emas, balki haydovchi kabinasiga o'rnatiladi

MAGNITOELEKTRIK DATCHIKLI KONTAKTS1Z ОТ OLDIRISH T1ZIM1
Magnitoelektrik datchigi bo'lgan kontaktsiz o‘t oldirish tizimi ЗИЛ- 131H, ЗИЛ-431710, “Урал-375ДМ”, ГАЗ-66-11, ГАЗ-53-12, ГАЗ-24­10, ГАЗ-3102, УАЗ-31511 kabi avtomobillar va ularning modifikatsiyalarida qo'llaniladi. Radioshovqinlarni bartaraf etish darajasiga qarab, o‘t oldirish tizimlari ekranlashtirilgan (ЗИЛ va Уралavtomobillari) va ekranlashtirilmagan ( Г A3 va УАЗ avtomobillari) qilib ishlab chiqariladi.
ГАЗ avtomobillarining sakkiz silindrli dvigatellari uchun chiqarilgan ekranlashtirilmagan o‘t oldirish tizimi (12.17-chizma) quyidagilardan iborat: o‘t oldirish payti impulslari datchigi (1) va taqsimlagichni (8) o‘z ichiga oluvchi datchik-taqsimlagich 243706, o‘t oldirish uzgichi (6), tranzistorli (13.3734) kommutator (2), К (0,71 Om) va R 2 (0,52 Om) rezistorlardan tuzilgan qo‘shimcha rezistorlar bloki (4) (14.3729), startyor uzgichi bilan blokirovka qilingan qo'shimcha Ra| rezistorining uzib-ulovchi kontaktlari (5), o‘t oldirish g'altagi (3) (Б116), uchqunli svechalar (9) (A11) va 51.3747 turidagi halokat (avariya) vibratori.
24.3706 datchik-taqsimlagich yuqori kuchlanishlar taqsimlagichi (oddiy turi), impulslarning magnitoelektrik datchigi, vakuumli va markazdan qochma o‘t oldirishni ilgarilatish rostlagichlaridan iborat (12.19-chizma).


Download 405,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish