0‘t oldirish tizimlari kontaktl1



Download 405,6 Kb.
bet8/9
Sana22.07.2022
Hajmi405,6 Kb.
#838989
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Сарвар

12.17-chizma. Magnitoelektrik datchikli o‘t oldirish tizimining elektr shakli.



12.18-chiz/na 24.3706 datchik-taqsimlagich:
a-umumiy ko'rinish; imagritoeleklrik datchik. / laqsimlagich qopqog'i; 2-yugurdak (begurak);
3-staiteming qutbli uchlari; 4-sianer cho'lg ami; 5-datchik rotori; 6-markazdan qochma rostlagich;
7-magnit;
8- bmnzali vtulka; (>-o‘maiish belgilari; /0-kontakt plastinasi; /t-startercho'lg'amining uchlari.
Impulslaming magnitoelektrik datchigi bir fazali o‘zgaruvchan tok generatori bo‘lib, rotor va startyordan tashkil topgan (12.18-chizma, a). Datchik rotori halqasimon muttasil magniti va magnitli yumshoq po'iatdan tayyorlangan qutb uchlari bo‘lgan sakkiz qutbli tizimdan iborat. Datchik startyori esa (12.18-chizma, b) halqasimon cho‘lg‘amdan iborat. Startyordagi qutb-uchliklar juftligi soni xuddi rotordagi kabi dvigatel silindrlari soniga teng. Rotor aylanganda datchik cho‘lg‘amini kesib o‘tuvchi magnit oqimi o'zgaradi va sinusoidal kuchlanish impulslari tranzistorli kommutatoming “kirishi’’ga boradi. Birinchi silindr porsheni YCHNda bo'lganda o't oldirishning boshlang'ich payti- ni o'rnatish uchun rotor va startyorga radial chiziqlar qo'yilgan. Ular- ning bir-biriga to'g'ri kelishi kontaktli o't oldirish tizimidagi uzgich kontaktlarining ochilish paytiga mos keladi.
Б116 o't oldirish g'altagi ichiga шоу to'ldirilgan, germetiklangan va cho'lg'amlari elektrik ajratilgan chizma bo'yicha tayyorlangan. G'altak- ning transformatsiyalash koeffitsiyenti W2/WI=154.
Qo'shimcha rezistorlar bloki 14,3729 ikkita rezistordan iborat bo'lib, ular nixrom simdan spiralsimon ko'rinishda tayyorlangan va metall korpusga joylashtirilgan. Blokning chiqishlari С. К belgilanishlarga ega. Dvigatelni yurgazishda R3l rezistor qo'shimcha rezistor vazifasini bajarib, startyorni ulovchi qo'shimcha rele kontaktlari bilan (deyarli) uzib qo'yiladi. R^ doimiy ulanib hamda birlamchi zanjirdagi tokni cheklab turadi. Chunki, o't oldirish g'altagidagi birlamchi cho'lg'amning qarshiligi tranzistorli tizimlar uchun pasaytirilgan (kommutatordagi chiqish tranzistorning ochilishi va yopilishida, birlamchi cho'lg'amdagi EYKni kamaytirish maqsadida birlamchi cho'lg'amning o'ramlari soni kamaytirilgan).
Tranzistorli 13.3734 kommutatori o't oldirish g'altagini birlamchi cho'lg'amidagi (maksimal qiymati 7A bo'Igan) tokni kommutatsiyalash uchun mo'ljallangan bo'lib, sakkiz uchqunli datchik-taqsimlagich valining 20 dan 1825 min’1 gacha bo'Igan aylanishlar chastotasida uzluksiz uchqun hosil bo'lishini ta’minlaydi
Tranzistorli kommutator ikkita kaskaddan, ya’ni VT1, VT2 tran- zistorlar qatnashgan hosil qiluvchi (shakllantiruvchi) va kollektorining zanjiriga o't oldirish g'altagining birlamchi WI cho'lg'ami ulangan VT3 tranzistor qatnashgan chiqaruvchi kaskadlardan iborat (12.17-chizmaga qarang).
Impuls datchigining (1) rotori qo'2g'almay turganda va o't oldirish uzgichi (6) ulangan paytda kirish tranzistori VT1 yopiq bo'ladi, chunki uning bazasiga musbat qutblangan signal yuborilmaydi. Shuning uchun VT2 tranzistor bazasiga VD4 diod hamda R8 va R6 rezistorlar orqali kirib kelgan musbat kuchlanish hisobiga ochiq bo'ladi. Tok batareyaning musbat qutbidan o't oldirish uzgichi (6), VD4 diod, R8 va R7 rezistorlar, VT2 tranzistorning kollektor-emitter o'tishi, R9 rezistor orqali “massaga” va undan batareyaning manfiy qutbiga o'tadi. VT2 tranzistorning emitter toki, kollektor-emitter o'tishi o‘t oldirish g'altagining (3) hirlamchi cho'lg'amiga ketma-ket ulangan VT3 chiqish tranzistorini ochadi. Birlamchi I, tok zanjiriga batareyaning (7) musbat qutbi, o‘t oldirish uzgichi (6), qo'shimcha rezistorlar bloki (4), o't oldirish g'altagining (3) birlamchi W1 cho‘lg‘ami, VT3 tranzistorning kollektor-emitter o'tishi, “massa” va batareyaning manfiy qutbi kiradi.
Impulsli datchik (1) rotori aylanganda, uning cholg'amida sinusoidal kuchlanish hosil bo'ladi. Bu kuchlanish tranzistorli kommutator va R2 rezistor, VD2 diod, R3-C1 zanjir orqali VT1 tranzistor bazasiga yuboriladi. Musbat kuchlanish impulsini VT1 tranzistor bazasiga kirib kelishi, uning ochilishiga olib keladi. VD4 diod R8, R6 rezistorlar - VTl tranzistorning kollektor-emitter o‘tishidan lhorat zanjirdan o'tgan tok, VT2 tranzistor bazasidagi tokni qariyb nolga qadar pasaytiradi va tranzistor uzib qo'yish rejimiga o'tib yopiladi. Bu esa avtomatik ravishda VT3 chiqish tranzistorining yopilishiga olib keladi. O't oldirish g'altagining birlamchi W1 cho'lg'amidagi I( tok keskin kamayadi va ikkilamchi W2 cho'lg'amda, taqsimlagich (8) rotori vositasida o't oldirish svechalariga (9) taqsimlanadigan yuqori kuchlanish hosil bo'ladi, Datchik (1) signalining manfiy yarim to'lqini VT2 tranzistorni ochib, VTl tranzistorni yopadi. VT2 tranzistorning ochilishi VT3 chiqish tranzistorini avtomatik ravishda ochilishiga olib keladi va yuqorida yozilgan jarayon yana takrorlanadi.
Kommutatorda chizmani ishlash sharoitini yaxshilash va himoya etish uchun xizmat qiluvchi bir qator qo'shimcha elementlar bor. Kommutator chizmasining kirishi va chiqishi oralig'iga musbat teskari bog'lanish (RIO, Cl) zanjiri ulangan bo'lib, u VTl kirish tranzistorining ochilishini tezlashtiradi. Bu esa taqsimlagich valigining uzluksiz uchqun hosil bo'lishi boshlanadigan minimal aylanishlar chastotasini sezilarli darajada pasaytirishga (20 min 1 gacha) yordam heradi. SI kondensator va R3 rezistor, dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi o'zgar- ganda, uchqun hosil bo'lish paytining siljishini kompensatsiyalaydi. Uchqun hosil ho'lishning siljishi shunga hog'liqki, dvigatel tirsakli vali­ning aylanishlar chastotasi ortganda datchikning chiqish kuchlanishi (datchik-taqsimlagich valigining kichik burilish burchagida ham) VTl kirish tranzistorini ocha oladigan qiymatga erishadi. Binobarin, VT3 chiqish tranzistori ertaroq yopilishi ro'y beradi, bu esa o't oldirishni ilgarilatish burchagini noma qul ortishiga olib keladi. VD3 stabilitron va R4 rezistor, tranzistorli kommutatorni ta’minlash zanjiridagi ortiqcha kuchlanishlardan himoya qiladilar Akkumulator batareyasining qutb- lari noto'g'ri ulanganda VD4 diod kommutatorni himoya qiladi.
O't oldirish g'altagining birlamchi cho'lg'amida yuzaga keluvchi ortiqcha kuchlanishdan VT3 chiqish tranzistorini himoya qilish C6 kondensator vositasida bajariladi. C2, C3 va C5 kondensatorlar kommutator tranzistorlarining baza-emitter o'tishlarini kuchlanishlar chayqalishidan himoya qilib, ularni yolg'ondakam ishlab ketishiga barham beradi. Ta’minlash kuchlanishining filtri sifatida S4 kondensator ishlatiladi.
Halokat vibratori 51.3747, tranzistorli kommutator 13.3734 yoki impulsli datchik ishlamay qolganda, kontaktsiz o‘t oldirish tizimini qisqa muddat (30 soatgacha) ishlashi uchun mo'ljallangan. Vibrator ishlaganda yuqori kuchlanishlarni svechalarga yuborish payti taqsimlagich rotori bilan belgilanadi va har bir svechaga uchqunlar seriyasi (turkumi) yuboriladi.


XOLL DATCHIG1 ISHLATILGAN ELEKTRONLI 0‘T OLDIRISH T1Z1MI
Xoll datchigi ishlatilgan elektronli o't oldirish tizimi ВАЗ-2108, 2109, ЗАЗ-1102 kabi yengil avtomobillarda qo'llaniladi. ВАЗ-2108, 2109 avtomobillarining o't oldirish tizimi tarkibiga 40.3706 datchik- taqsimlagich, 36.3734 yoki 3620.3734 turidagi elektronli kommutator, 27 3705 o't oldirish tizimi va А17ДВ-10 yoki А17ДВР o't oldirish svechalari kiradi. Ushbu tizim konstruksiyasining o'ziga xos tomonlariga va chizma yechimlariga quyidagilar kiradi:
datchik-taqsimlagich valigi gorizontal joylashgan va u dvigatel taqsimlash valining tores qismidan harakatlantiriladi;
dvigatel tirsakli valining vaziyatini bildiruvchi datchik sifatida Xoll effektiga (ta’sir kuchiga) asoslangan mikroulagich qo'llanilgan;
kommutatorda dvigatel tirsakli valining kichik chastotali aylanish- tarida tok kuchini cheklagan holda o't oldirish g'altagiga energiya to'planish vaqtini rostlovchi tizimlardan foydalanilgan:
ta’minlash kuchlanishi 6Vdan 18Vgacha o zgarganda kommu- tatsiyalangan tok stabillashtiriladi;
o't oldirish uzgichi ulangan, lekin dvigatel ishlamayotgan bo'lsa, tizim o'chirib qo'yiladi (2-7 sonyadan so'ng).
Datchik-taqsimlagich 40.3706 (12.19-chizma) odatiy konstruk- siyadagi markazdan qochma (3) va vakuumli (10) o't oldirishni ilgarila- tish rostlagichlari hamda elektronli kommutator ishini boshqaruvchi kuchlanish impulsi datchigidan (5) ihorat. Impuls datchigining ishlashi Xoll effektiga (ta’sir kuchiga) asoslangan. Agar datchikning yarim o'tkazgichli material plastinkasidan tayyorlangan sezgir elementi orqali


Download 405,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish