011 adabiyot 1-qism djvu



Download 1,45 Mb.
bet53/99
Sana11.01.2022
Hajmi1,45 Mb.
#339887
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99
Bog'liq
0‘zbekist0n respublikasi xalq ta’liml vazirligi

Savol va topshiriqlar ? 1. Undalma deb nimaga aytiladi?

® 2. Bitta so‘zdan iborat bo‘lgan undalmalarga misollar ayting.

  1. Undalmalar ikki va undan ortiq so‘zdan ham tashkil topadimi?

  1. mashq. Uyga topshiriq. To‘rtta gap tuzing. Bunda ustoz so‘zi birinchi gapda ega, ikkinchi gapda toidiruvchi, uchinchi gapda aniqlovchi, to‘rtinchi gapda undalma boiib kelsin.

  1. dars. UNDALMALI GAPLARDA TINISH BELGILARI

  1. topshiriq. Quyidagi gapdagi undalmadan so‘ng vergul yoki undov belgisi qo‘yib ko‘ring. Uning gap ma’nosiga ta’siri bormi-yo‘qmi?

Mana, opa, gunafsha...

Mana, opa! Gunafsha. (ZafarDiyor)

  1. topshiriq. Ukajon so‘zini gapning boshida, o‘rtasida va oxirida ishlatib ko‘ring. Gapda qanday o‘zgarish bo‘layotganini aniqlang.

Ukajon, uy vazifasini tayyorlab bo‘ldingmi?

7 Undalmalar gapning boshida, o‘rtasida va oxirida ishlatiladi. Ma salan: Navbahorim, o‘zing ay t.. O *.zing, navbahorim, ayt.. 0‘zing ayt, navbahorim. (Quddus Muhammadiy)

- ■■■ _


1 Undalmalar gapning qayerida kelishidan qat’i nazar i boshqa bo‘laklardan vergul bilan ajratiladi. Tahlilda uning ; ostiga ikkita to‘lqinli chiziq chiziladi. 1

Masalan: Hoy, Murod, nega indamaysan? \

Undalmalar his-hayajon bilan aytilsa, ulardan so‘ng undov j


i belgisi qo‘yiladi. Masalan: Men sizni quyosh deb atayman,

, oyijon!.. (Po ‘lat Mo ‘min)


59





  1. mashq. Matnni o‘qing. Undalmalarni topib izohlang, tinish belgilariga diqqat qiling.

Bir bola ko‘chada yig‘lab o‘tirar edi. 0‘tib ketayotgan kishilardan bin: «0‘g‘lim, sanga nima bo‘ldi? Nega muncha yig‘laysan?» - deb so‘radi. Bola: «Bir tiyin aqcham bor edi, yo‘qotib qo‘ydim. Shuning uchun yig‘layapman», - dedi. U kishining bolaga rahmi kelib, «Mana, o‘g‘lim, aqchang yo‘qolgan bo‘lsa, man sanga boshqasini beraman», - deb cho‘ntagidan bir tiyin aqcha chiqarib berdi. Bola aqchani olib yana avvalgidan ortiq yig‘lamoqqa boshladi. U kishi: «Yana nimaga yig‘laysan?»-desa, bola: «Oh, otajon! Agar o‘z aqcham yo‘qolmagan bo‘lsa edi, hozir aqcham ikki tiyin bo‘lar edi»,-dedi.

Ko‘zing och bo‘lmasin, o‘g‘lim, ko‘zing och,

Qanoatsiz kishini uxlatib qoch. (Abdulla Avloniy)

  1. topshiriq. Matnga sarlavha toping. Unda qanday ibratli fikr ifodalangan deb o‘ylaysiz?

  2. topshiriq. Matn oxirida berilgan baytning birinchi misrasida «ko‘zing och» birikmasi ikki marta qoilangan. Ular orasidagi ma’no farqini tushuntiring.

/ 177-mashq. Undalmalar gapning qaysi o‘rnida kelayotganligiga e’tibor bering, tinish belgilarining ishlatiiishini tushuntiring.

1. Do‘stim, biror narsaga muhtoj bo‘lsang, yashirma. (Ertakdan)

  1. Xush kelibsizlar, qo‘noqlar, poyqadamingizga hasanot. (Mirkarim Osim)

  2. Biror boshqa kasb qilsang bo‘lmaydimi, bolam. (G'afur G'ulom)

  3. Bilasan-ku, jon bolam, kam uyqu bo‘lib qolganman. (O'. Hoshimov)

  1. mashq. Tushirilgan tinish belgilarini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.

  1. Nima qilmoqchisan o‘g‘lim? 2. Voy-voy Maynaxon uyingizni yug‘ishtirib olsangiz bo‘lmaydimi? (Z. Ibrohimova) 3. Qizil shapkacha qayoqqa ketyapsan? - debdi Bo‘ri. (Shari Perro) 4. Hoy qizim xafa bo‘lma. (L Mahmudov). 5. Bulbul sening makoning shu yerda - odamlar orasida bo‘lsin. (Rivoyatdan)

  1. mashq. Gaplardagi undalmalarni toping, tinish belgilarining ishlatiiishini tushuntiring.


60




  1. Qorbobojon, qorbobo, tinglang bir so‘z bor, bobo. (Qudrat Hikmat) 2. Oyim xursand bo‘lganidan:-Barakalla, qo‘zim!-debyelkamga qoqibqo‘ydi. (Hakim Nazir) 3. Dadasi:-Qani, o‘g‘lim, qarashib yubor, gul ekamiz, - dedi. (Farhod Musajon)

Savol va topshiriqlar

9 1. Undalmalaming gapdagi o‘mi haqida so‘zlab bering.

  1. Undalmalarda vergul qachon ishlatiladi?

  2. Qaysi hollarda undalmalardan so‘ng undov belgisidan foydalanamiz?

  3. Undalmalar gapning o‘rtasida kelganda qanday tinish belgisi ishlatiladi?

  1. mashq. Uyga topshiriq. Yaqinlaringizga xat yozing. Unda qadrli, hurmatli, aziz, mehribon kabi so‘zlar bilan kelgan undalmalarni qo‘llang.

  1. 51-darslarda yozma ish va uning tahlili o‘tkaziladi.

  1. dars. KIR1SH SO‘ZLAR

  1. topshiriq. Ehtimol, albatta, shubhasiz so‘zlari ishtirokida gap tuzing. Ulaming qanday ma’no ifodalashini ayting.

  2. topshiriq. Quyida berilgan gaplarga ehtimol, albatta, shubhasiz so‘zla- ridan mosini qo‘yib ko‘chiring.

.... keladi.

.... kelib qolar.



f So‘zlovchining fikriga ishonch, gumon, taxmin singari ma’nolarni qo‘shadigan so‘zlarga kirish so‘zlar deyiladi. ^

Kirish so‘zlar yozuvda gapning boshqa bo‘laklaridan doimo vergul bilan ajratiladi.

Tahlilda kirish so‘zlar to‘g‘ri chiziq ostiga to‘lqinli chiziq chizish bilan ifodalanadi:


*181-mashq. Nuqtalar o‘rniga tegishli kirish so‘zlarni qo‘yib, gaplarni ko‘chirib yozing. Kirish so‘zlar gapga qanday ma’no yuklayotganini ayting.


61






















X 1

a







d



















a




m







a




s

k











62





    1. dars. KIRISH SO‘ZLARNING GAPDAGI O RNI

    topshiriq. Albatta, shubhasiz so‘zlarini gapning turli o‘rinlarida keltiring. Qanday tinish belgisi qo‘yganingizni tushuntiring.

  1. topshiriq. So‘zsiz, demak, xullas so‘zlari ishtirokida gaplar tiizing, kirish so‘zlaming gapdagi o‘mini belgilang.

Clr5 Kirish so‘zlar gapning turli o‘rinlarida qoMlanila oladi. 1 ! Yozuvda gap boshida kelganda kirish so‘zdan so‘ng, o‘rtasida i kelganda kirish so‘zning har ikki tomonidan, gap oxirida 1 ' kelganda esa kirish so‘zdan oldin vergul qo‘yiladi.

  1. mashq. Gaplarni ko‘chiring, kirish so‘zlarning turli 0‘rinlarda kelayotganiga diqqat qiling. Ular gapning ma’nosiga ta’sir ko‘rsatadimi-

yo‘qmi?

  1. Mayli, qo‘shiq ayta qolinglar,-debdi Tulki. (Ertakdan) 2. To‘g‘ri, endi uni - o‘ng qo‘lirani oz-oz ishlatayapman-u, ammo tuzukroq xat yozishga yaramaydi. (Hakim Nazir) 3. Bu ariqlaming suvlari allaqachon, aniqrog‘i, bundan to‘rt yillarcha oldin qurib qolgandi. (X. To xtaboyev)

  1. Bizni do‘stimiz sog‘insin, albatta. (K. Turdiyeva)

  1. mashq. Gaplarni o(qing, kirish so‘zlarni topib ularni izohlang.

Xalqimizda «Kuch - bilimda!» degan gap bor.

Albatta, to‘g‘ri. Bilimsiz odam hech narsaga erisholmaydi, aksincha, hayotda yutqazadi. Ayniqsa, hech narsa o‘qimaydigan, johil kimsalar faqat bugunini o‘ylab, hayotdan orqada qoladi. Shu bois, bilim olishga astoydil kirishmoq darkor! Orzularga erishishning yagona yo‘li shu. (Gazetadan)

*187-mashq. Quyidagilarni yodingizda tuting.

  1. Albatta, shubhasiz, darhaqiqat - fikming to‘g‘riligini bildiradi.

  2. Ehtimol, balki, shekilli - gumonni anglatadi. 3. Xullas, demak- yakuniy fikmi bildiradi. 4. Avvalo, birinchidan - tartibni anglatadi.

Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzib, kirish so(zlarning gap ma’nosiga ko‘rsatayotgan ta’sirini aniqlang.


63






Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish