Tayanch so’z va iboralar:
mistsella, distillyatsiya, ekstraktsiya moyi, yopiq
bug’, ochiq bug’, kontsentratsiy, tindirish, quyqa, rotatsion diskli filtr, purkash usuli,
plyonkada distillyatsiyalash, qatlam, dastlabki bosqich distillyatori, panjara,
spiralsimon, kondensat, separator, quyuqlashtirilgan mistsella, dezodoratsiya
kamerasi, ekonomayzer, rektifikatsion kollonna.
Nazorat savollari:
1.Mistsellani qayta ishlashdan maqsad.
2.Mistsellani tozalash usullari.
3.Mistsellani filtrlash qurilmalarda tozalash.
173
4. Mistsellani distillyatsiya qilish jarayoni.
5.Distillyatsiya jarayonining nazariy asoslari.
6.Distillyatsiya jarayonining usullari.
7.Distillyatsiya bosqichlari.
8.
НД
-1250
М
liniyada mistsellani distillyatsiyalash.
9.MEZ ekstraktsion liniyaning distillyatsiyalash qurilmalari.
10.“Ekstexnik” ekstraktsion liniyaning distillyatsiyalash qurilmaning sxemasi.
79-rasm.“Ekstexnik” ekstraktsion liniyaning distillyatsiyalash qurilmaning sxemasi.
1-tindirgich, 2-filtr, 3-sig’im, 4,5,8,9,11,12,15-nasos, 6,7-yupqa plyonkali bug’latgich, 10-plyonkali
bug’latgich, 13-vakuum rektifikatsion kollonna, 14-plastinali issiqlik almashinuv qurilmasi,
16,17,18-havo kondensatori.
Х
I-bob: SHROTNI QAYTA ISHLASH USKUNALARI
11.1.Shrot tarkibidagi erituvchini bug’latish jarayoni
Ekstraktordan chiqayotgan moysizlantirilgan material - shrot yuqori ozuqaviy
xususiyatlarga ega bo’lib oziq-ovqat sanoatida va chorvachilikda ozuqa sifatida
174
ishlatiladi. Shrot tarkibida oqsil moddalari (35...50%), fosfatidlar, mineral moddalar
(6...7%), B guruh vitaminlar borligi uchun fiziologik ahamiyatga ega bo’lgan to’yimli
ozuqa mahsulot hisoblanadi.
Shrotning sifat ko’rsatkichlari uni qayta ishlash usuli va rejimlariga bog’liq.
Ekstraktordan chiqayotgan shrot tarkibida 25...40% cha erituvchi va suv bo’ladi.
Uning yuqori ozuqalik xususityalarini saqlab qolish va uzoq muddatda sifatini
buzmasdan saqlanishini ta‘minlash, tashishda va saqlashda xavfsizlikni ta‘minlash
maqsadida shrot tarkibidagi erituvchi ajratilib shrot namlik va harorat bo’yicha
konditsiyalanadi.
Tarkibidagi erituvchi ajratib olingan shrot quyidagi sifat ko’rsatkichlarga javob
berishi kerak: saqlashga jo’natilayotgan shrotning harorati 35-40
0
C dan yuqori
bo’lmasligi, namligi 7-10 %, tarkibidagi qoldiq erituvchi miqdori 0,05% bo’ladi.
Shrotni qayta ishlash jarayonida uning tarkibidagi erituvchi bug’latish yo’li
bilan ajratiladi. Shrotning ozuqa qiymatini oshirish maqsadda erituvchini haydash
bilan birga namlik va issiqlik bilan ishlov beriladi. Bu jarayonning asosiy maqsadi
erituvchini yo’qotish va shrot tarkibidagi zaharli va oziqa b
о
‘lmagan moddalarni
(soya shrotidan - soin, paxta shrotidan - gossipol, kanakunjut shrotidan – ritsin
moddasini) inaktivatsiya qilish talab etiladi.
Shrot tarkibidagi erituvchi (benzin) va namlikning umumiy miqdori benzin-
namlik sig‘imi deyiladi. Benzin-namlik sig‘imi, ekstraksiyaga kelayotgan
materialning ichki va tashqi strukturasiga (tuzilishiga), erituvchining tarkibi,
xossalariga, hamda ekstraktor turiga bog‘liq. Erituvchi shrot bilan kimyoviy, fizik-
kimyoviy va mexanik bog‘langan holatda b
о
‘lishi mumkin.
Erituvchining asosiy miqdori shrot bilan fizik-kimyoviy va mexanik bog’langan
holda b
о
’ladi.
Shrot uchun alohida bog’lanish shakli – bu ekstraktsiyadan s
о
’ng shrot tarkibida
qolgan moyni benzin bilan bog‘lanishidir. Shrot tarkibida qolgan moy
kontsentrlangan mistsella k
о
’rinishida b
о
’lib, undan erituvchini ajratib olish juda
qiyindir.
175
Erituvchining asosiy miqdori shrot bilan fizik-kimyoviy va mexanik bog’langan
holda b
о
’ladi.
Shrot tarkibidagi benzinni uch xil usul bilan haydab ajratib olinadi:
1.qatlamda haydash usuli;
2.qisman muallaq holda haydash usuli;
3.muallaq holda haydash usuli.
Qatlamda haydash tosterlarda amalga oshiriladi. Toster apparatida bu usulda
shrotga issiqlik va yuqori bosimda (0,98 MPa gacha) yopiq bug’ beriladi.
Jarayonning unumdorligini oshirish maqsadida vakuum ostida aralashtirish y
о
’li
bilan ochiq bug’ beriladi. Ochiq bug‘ berish xom ashyoni tez qizdirib, erituvchini
haydashni tezlashtiradi. Tosterdan chiqayotgan shrot tarkibidagi benzin miqdori
0,05% dan oshmasligi kerak.
Qisman muallaq holda haydash usuli shnekli bug’latgichlarda amalga oshiriladi.
Bunda ham issiqlik xuddi tosterdagidek beriladi. Jarayonni tezlatish uchun ikkinchi
bosqich vakuum ostida olib boriladi.
Shrotdan erituvchini muallaq holatda haydash usuli “Ekstexnik” qurilmalarida
amalga oshiriladi. Bu usul b
о
’yicha shrot yopiq aylanuvchi sistemada shrotdan uchib
chiqayotgan erituvchi bug’lari oqimida harakatlantiriladi va qizdiriladi. Bu haydash
jarayoni tez boradi. Shu sababdan oksidlanish, gidrolitik jarayonlar, oqsil
moddalarning denaturatsiyalanishi kam miqdorda sodir b
о
‘ladi.
Ekstraktsiya jarayonida erituvchi bir necha marta ishlatiladi. Erituvchining
asosiy qismini shrot va mistsella tarkibidan bug’latish va konditsiyalash usuli bilan
ishlab chiqarishga qaytariladi. Hosil b
о
‘lgan aralashma (erituvchi bilan suv) ularning
zichligidagi farqiga asosan suv ajratgichda ikkita komponentga ajratiladi. Erituvchi
uzluksiz qayta ishlatiladigan erituvchiga m
о
’ljallangan rezervuarga yuboriladi.
Erituvchini qaytadan yig‘ib olish jarayoni regeneratsiya deb ataladi. Biroq yuza
kondensatorlarida erituvchi t
о
’la kondensatsiyalanmaydi va havo bilan aralashma
hosil qiladi. Bundan tashqari, tarkibida kam miqdorda erituvchi bug’i bor
aralashmalar turli mistsella yig’ichlarda, erituvchi uchun rezervuarlarda ham hosil
b
о
’ladi. Erituvchi bug’i havo bilan hosil qilgan aralashmadan (erituvchi
176
konsentratsyasi 15-20% gacha) erituvchi ajratib olish jarayoni rekuperatsiya deb
ataladi.
Shrotdagi erituvchini haydash jarayonini jadallashtirish uchun ochiq bug‘,
vakuum va aralashtirishdan foydalaniladi. Ochiq bug‘ materialni kerakli haroratgacha
tez isishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, bug‘ning q
о
’llanilishi material yuzasi
ustidagi erituvchi bug’larining konsentratsiyasini kamaytiradi (bu ularni haydashni
tezlashtiradi).
Jarayonni jadallashtirish uchun haydashning birinchi davrida, ya’ni shrotdagi
erituvchi konsentratsiyasi yuqori b
о
’lganda, materialga bug’ning berilishi muhim
hisoblanadi. Oxirgi bosqichlarda (shnekli bug’latgichlarning pastki seksiyasiga va
tosterning pastki qasqonlariga bug‘ berilganda) beriladigan bug’ apparatdagi
erituvchi bug‘ oqimining ma’lum bir y
о
‘nalishini hosil qiladi.
Haydash jarayonida apparat ichida vakuumning hosil b
о
‘lishi material yuzasi
ustidagi erituvchi bug‘larining parsial bosimini kamaytiradi, bu haydash jarayonini
jadallashtiradi. Shrotni aralashtirish natijasida zarrachalarning isishi tezlashadi va
undagi erituvchining bug‘lanish tezligini oshiradi.
Kunjara va shrot saqlanayotganda ularning yuzasida katta miqdorda
mikroorganizmlar paydo b
о
’lishi mumkin. Shu bilan birgalikda mog’orlashi ham
mumkin. Saqlash vaqtida namlik ortib ketsa mahsulot
о
’z-
о
’zidan qizib ketadi. Bu
esa mahsulotning sifatini b
о
’zilishiga olib keladi.
Kunjara va shrotlarning not
о
’g‘ri saqlanishi kuygan ta’m va noxush hid berishi
mumkin. Bunday jarayonlar yog’ kislotalarning oksidlanishi natijasida sodir bo’ladi.
Ularni oldini olish uchun kunjara va shrot saqlashdan oldin namlik va harorat
b
о
’yicha konditsiyalanadi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga quyidagi talablar q
о
’yiladi:
q
о
‘shimcha moddalar b
о
’lmasligi kerak (mog’or, kuygan moddalar va
chirindilar, qum, tuproq);
yog’ning ma’lum miqdori;
protein va kulning miqdori;
mahsulotning harorati (35-40
o
C ) dan oshmasligi kerak;
177
shrotdagi benzin miqdori 0,1% dan k
о
‘p b
о
‘lmasligi kerak.
Saqlash uchun kelayotgan shrot quyidagi optimal parametrlarga ega b
о
’lishi
kerak: harorati<40
o
C, namligi kungaboqar shroti uchun -7...9%; soya shroti uchun -
8...10%; paxta chigiti shroti uchun -7...8%.
Shrotni konditsiyalashdan asosiy maqsad erituvchi miqdorini kamaytirishdan
iboratdir. Kondintsiyalangan shrotdagi erituvchi miqdori 0,1% dan oshmasligi kerak.
40> Do'stlaringiz bilan baham: |