166
MEZ ekstraktsion liniyaning
birinchi bosqich distillyatorning texnik tavsifi
Ekonomayzer
Isitish yuzasi, m
2
................................................................78,6
Trubalar diametri (tashqi/ ichki), mm..................................19/15
Trubalar uzunligi, mm........................................................3750
Og’irligi, kg.......................................................................2818
Separator
Umumiy hajmi, m
3
...............................................................0,75
Og’irligi, kg.........................................................................800
Ikkinchi bosqich distillyatori
(76-rasm) ikki qismdan: vertikal trubali
bug’latgich va bug’ ajratuvchi separatordan tuzilgan. Ular o’zaro 17 sirkulyatsion
truba bilan tutashtirilgan, 15 separator konstruktsiyasi birinchi bosqich separatorga
o’xshash.
Vertikal trubali bug’latgich ustki 8 chiqish kamera, 4 trubali isituvchi kamera
va 2 pastki yig’uvchi kameradan tashkil topgan. Ustki chiqaruvchi kamera 9 patrubka
orqali separatorga ulangan. Pastki yig’uvchi kamera 17 sirkulyatsion trubaga ulangan.
Trubali isituvchi kameraning ichida 11 trubalar to’plami joylashgan, yuqoridan va
pastdan trubalar panjaraga mahkamlangan. Mistsella trubalar ichida, isitish bug’lari
trubalar orasida harakatlanadi. Qurilma 5 tayanchlar va quyidagi patrubkalar bilan
jihozlangan: 13 mistsella kirish uchun, 10 isitish suv bug’i kirish uchun, 1 mistsellani
to’kish uchun, 3 kondensatni chiqarish uchun, 7 havo chiqish uchun. Separator bir-
biriga 18 va19 kranlar bilan ulangan 16 truba va 17 sirkulyatsion trubadan iborat.
Ikkinchi bosqich distillyatori quyidagi tartibda ishlaydi. Kontsentratsiyasi
40...50% bo’lgan dastlabki mistsella 13 patrubka orqali 2 pastki yig’uvchi kameraga
beriladi, sirkulyatsion mistsella bilan aralashtiriladi va yopiq suv bug’i bilan 11
qizdiriladigan trubalardan yuqoriga ko’tariladi. Issiqlik ta’sirida mistsella qaynaydi
va suv-bug’ aralashmasi 8 ustki chiqish kameradan 9 va 14 patrubka orqali 15
separatorga kiradi.
167
Suv-bug’ aralashmasi separatorning ichki devorlaridan pastga oqib tushib
suyuqlik va gaz fazalarga bo’linadi. Gaz fazasi - erituvchi bug’lari mistsella
tomchilarini ajratish uchun tomchi qaytargich disklarning orasidan o’tib patrubkadan
kondensatorga chiqib ketadi. Bug’latilgan mistsella sirkulyatsion trubadan
bug’latgichning 2 pastki kameraga yig’iladi. Suyuqlikning yopiq konturi separator –
sirkulyatsion truba - bug’latgich bo’yicha harakatlanishi mistsella va suv-bug’
aralashmasi zichliklarning farqi hisobidan amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqich distillyatori vakuum ostida (0,04...0,05 MPa) ishlaydi.
Mistsella kontsentratsiyasi 95...98 %, harorati 95...100
0
C cha oshiriladi. Isitish
bug’ning bosimi 0,2 MPa teng.
Ikkinchi bosqich distillyatordan chiqayotgan mistsellaga qo’shimcha ishlov
berib uning kontsentratsiysini oshirish uchun qizdirgich o’rnatilgan.
76-rasm. Ikkinchi bosqich distillyatori.
1-mistsellani chiqarish uchun patrubka, 2-pastki yig’uvchi kamera, 3- kondensatni chiqarish uchun
patrubka, 4-trubali isituvchi kamera, 5-tayanchlar, 6-korpus, 7-havo chiqish uchun patrubka, 8-ustki
chiqish kamera, 9-patrubka, 10-isitish suv bug’i kirish uchun patrubka, 11-trubalar to’plami, 12-
patrubka, 13-mistsella kirish uchun patrubka, 14-, 15-separator, 16-truba, 17-tsirkulyatsion truba,
18,19-kranlar
168
MEZ ekstraktsion liniyaning
ikkinchi bosqich distillyatorning texnik tavsifi
Isitish yuzasi, m
2
................................................................14
Isitish trubalar soni, dona...................................................151
Trubalar diametri (tashqi/ ichki), mm................................40/34
Trubalar uzunligi, mm.......................................................3486
Separator hajmi, m
3
...........................................................0,75
Og’irligi, kg......................................................................3695
Do'stlaringiz bilan baham: |