3
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatning qudratini belgilaydigan omillar ko’p. Biroq
ularning eng asosiylaridan biri shu yurtda voyaga etayotgan yuksak ma’naviyatli,
jismonan sog’lom, har tomonlama barkamol avloddir. Zero,
el-yurtning kelajagi
bugun kamolga etayotgan yoshlar qo’lida. “Vatanimizning kelajagi, halqimizning
ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’-e’tibori avvalombor
farzandlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib
borishga bog’liqdir”, deb takidlaydi prezidentimiz I.Karimov “Yuksak ma’naviyat
– engilmas kuch” kitobida.
Mamlakatimizni
rivojlantirish, yangilash va modernizatsiya qilish
bo’yicha tanlangan strategiyamizni va inqrozga qarshi qabul qilingan dasturimizni
amalga oshirish natijasida yurtimiz dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida iqtisodiy
va ijtimoiy rivojlanishning barqaror suratlarini ta’minlash, aholimizning moddiy
farovonligini yuksaltirishga erishgani barchamizga katta ma’mnuniyat
va iftihor
bag’ishlaydi.
Barkamol avlod tarbiyasiga yurtimizda kuchli e’tibor berilayotganligini
prezidentimizning quyidagi gaplari orqali ko’rishimiz mumkin: «Vatanimiz
kelajagi, halqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi
obro’-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib o’sib, ulg’ayib,
qanday inson
bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir».(1)
O’zbekistonda sportga Respublikamiz hukumati hamda shaxsan
prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan alohida e’tibor berilmoqda. Respublikamiz
mustaqillikka erishishi bilan bugungi kunda olib borilayotgan chuqur
islohotlarning eng asosiysi o’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama-aqliy,
axloqiy va jismoniy jihatdan rivojlantirish bo’lib, bunda jismoniy tarbiya va sport
muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, mamlakatimizda ta’lim tizimini
takomillashtirishda vatan
ravnaqini ta’minlaydigan yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish, bolalar sportini
rivojlantirish hamda o’sib kelayotgan yosh avlod salomatligini mustahkamlash
borasida hukumatimiz tomonidan barcha shart - sharoitlar yaratilmoqda.
“Sog’lom tanda-sog’ aql” deganlaridek tanani sog’lom bo’lishi uchun
organizmning tayanch-xarakat apparati normal tuzilgan bo’lishi va shu bilan birga
normal rivojlanishi ham muhimdir. Shu sababli ham prezidentimiz I.A.Karimov
bolalar sportini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqdalar. Chunki, tayanch-
xarakat apparatining noto’g’ri shakllanishi bolalikdan
boshlanib turli xil
kasalliklarga sabab bo’ladi. Ya’ni, ichki organlarning noto’g’ri joylashuvi
kuzatiladi. Agar har bir organ o’z joyida normal holda joylashmas ekan u o’ziga
tegishli vazifani to’la bajara olmaydi.
Tayanch-harakat sistemasi apparatining bolalarda noto’g’ri rivojlanishi tufayli
skolioz kasalligi hozirgi kunda juda ko’plab uchraydi. Skoliozning to’rt hil darajasi
mavjud bo`lib uning bu darajalari umurtka pog`onasi suyaklari o`z o`qi
atrofida buralish natijasida sodir bo`ladi;
1-darajasi: bu bo`rilish 10 gradusdan ortmaydi,
4
2-darajasi: 30-gradusgacha,
3-darajada: 30-60 gradusgacha,
4-darajasida: 60 gradus va undan oshish mumkin.
Skoliozni 1-2 darajalarini maxsus davolovchi mashqlar orqali davolash
mumkin, ammo 3-4 –darajalarini davolab bo`lmaydi,
chunki bunda kuchli
potalogik o`zgarishlar sodir bo`ladi. Skoliozni vaqtida oldini olinmasligi jarrohlik
yo’li bilan davolash darajasigacha olib kelishi mumkin. Jarrohlik yo’li bilan shifo
topgan organizmning ham o’zini mutloq tiklab olishi uchun ham juda uzoq vaqt
talab qilinadi. Shuning uchun avvalombor skoliozning oldini olish yoki vaqtida uni
aniqlab davolash muhim ahamiyatga ega.
Yassi oyoqlik ham skoliozga o’xshab bolalikdan oldini olishga muhtoj
tayanch-xarakat apparatining o’zgarishi hisoblanadi. Yassi oyoqlik tug’ma va
hayot davomida orttirilgan bo’ladi. Asosan hayot davomida orttirilgani ko’proq
uchraydi. Bola tovonining shakli bolaning gavdasi bilan bog’liqdir.
Yassi oyoqqa
ega deyarli barcha bolalarda qomatning noto’g’ri shakllanishi kuzatiladi. Umuman
olib qaraganda oyoq va qomatning bir biriga bog’liqlik tarafini ko’rmaysiz. Lekin
ayni paytda kuzatilib kelingan yassi oyoqlikligi bor 60-70% bolalarda umurtqaning
qiyshayishi va gavdaning jiddiy muammolari mavjudligi aniqlangan. Tovonning
oz bo’lsada noto’g’ri shakllanishi mavjud bo’lsa ham u bolaning jismoniy rivojiga
jiddiy ta’sirini o’tkazishi mumkin.
Hozirgi kunda davolashning eng arzon, qulay va havfsiz usuli davolash
gimnastikasidan foydalanish hisoblanmoqda.
Yuqorida
keltirilganlarni hisobga olib, bolalarda skoliozning va yassi
oyoqlikning kelib chiqishini oldini olish, ularni davolashda davolash
gimnastikasining samaradorligini o’rganishni taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: