Ma'lumki, haqiqiy bunyodkor, ijobiy e'tiqod inson ongli faoliyatining g'oyaviy asosini tashkil qiladi



Download 12,86 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi12,86 Kb.
#718457
Bog'liq
D

Ma'lumki, haqiqiy bunyodkor, ijobiy e'tiqod inson ongli faoliyatining g'oyaviy asosini tashkil qiladi. Mafkuraviy immuniteti shakllangan, ongli yoshlarimiz mustaqil davlatimizning ichki va tashqi siyosatining to'g'riligiga ishonadilar, kelajagi buyuk yurtning barpo etilishi yo'lida o'zlarining butun kuch, aql, tajribalarini bu


Har bir talaba mafkuraviy immuniteti shakllanib, qaror topib, kuchli e'tiqodga ega bo'lgandagina u o'z faoliyatida muvaffaqiyat qozonishi mumkin. Har bir talaba e'tiqodining xarakteri konkret, real shaxsning yashash sharoitiga, uni o'rab olgan ijtimoiy muhitga, u olgan tarbiyaning xarakteriga, uning dunyoqarashining xususiyatiga, jamoatchilik fikrining ta'siriga, ma'lumotiga, bilim darajasiga, konkret shaxsning hayotiy tajribalari va boshqa omillarga qarab belgilanadi.
Mustaqillikdan so'ng globallashuv jarayoni kundalik hayotimizga juda tez sur'atlar bilan kirib kela boshladi. Buning asosiy sababi xususida gapirganimizda shuni alohida tan olish kerakki - bugungi kunda har qanday davlatning taraqqiyoti, rivojlanishi nafaqat yaqin qo'shnilar, balki dunyo miqyosida boshqa mintaqa, hududlar bilan shu darajada chambarchas bog'lanib borayaptiki, bunda biror bir davlatning bu jarayondan chetga chiqib turishi hech bir ijobiy natijalarga olib kelmasligini, hayotning o'zi ko'rsatib turganligini tushunish va anglab olish qiyin emas.
O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov ta'biri bilan aytganda, "globallashuv - bu avvalo hayot sur'atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir"[1]. Globallashuv jarayonlari yoshlarimiz e'tiqodiga va ma'naviyatiga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qo'ymaydi. Dunyoda mafkuraviy hamda informatsion xurujlar, turli g'oyaviy, ma'naviy tahdidlar avj olayotgan bugungi kunda yoshlarimiz e'tiqodiniva ma'naviyatini yuksaltirish, tafakkurida sog'lom dunyoqarash asoslarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buni amalga oshirishning eng samarali usuli mafkuraviy tarbiyani to'g'ri tashkil etishdir. Mafkuraviy tarbiya-inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifoda etadigan g'oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga yo'naltirilgan jarayon"dir [2]. Bu borada mafkuraviy immunitetni shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bir so'z bilan aytganda, milliy qadriyatlar mafkuraviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va "g'oyaviy infeksiyalar" yo'lida qalqon vazifasini o'taydi. Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda yot g'oyalar kirib kelishining oldini olish, ularni yo'qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini o'z ichiga oladigan mafkuraviy profilaktikaning o'rni katta. Mafkuraviy profilaktika g'oyaviy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy ishlar mazmunini, bir so'z bilan aytganda, to'g'ri tashkil etilgan butun tarbiya tizimini qamrab oladi. Shu boisdan ham vatanga bo'lgan muhabbatni kishi
go'dakligidan talpinib, onaga bo'lgan muhabbatga qiyoslaydi. Mustaqil yurtimiz aholisining ko'pchillik qismini yoshlar tashkil qiladi. Bugungi kunda "mamlakatimizda 30 yoshgacha bo'lganlar aholining 67 foizini tashkil etadi [3]. Shu yoshlarni
tarbiyalash nafaqat oilaning balki keng jamoatchilikning, ta'lim-tarbiya bilan shug'ullanadigan barcha ta'lim muassasalarning ham yuksak burchi hisoblanadi. Bugungi kunda yoshlarni, iymonli-e'tiqodli, mafkuraviy immuniteti shakllangan inson qilib tarbiyalash-jamiyatimizning bosh vazifasi hisoblanadi.
Bugungi globallashuv jarayonlari tezlashgan bir paytda iymon-e'tiqodni, mafkuraviy immunitetni to'kin-sochin bo'lgan bozorlardan ham, tanish-bilishlardan ham qarzga olib bo'lmaydi. E'tiqod tarbiyalanadi, mafkuraviy immunitet esa shakllantiriladi. Jamiyatda, inson hayotida e'tiqodning roli juda kattadir. Xalqimiz orasida "e'tiqodsiz kishi-o'zansiz daryodir"[4] degan maqol keng tarqalgan. Chunki har bir inson o'zining ijtimoiy va shaxsiy hayotida, o'z faoliyatida ma'lum qarashlarga, e'tiqodlarga amal qiladi va qilmog'i lozim. E'tiqodsiz inson biron ishni bajarishda mustaqillik va ijodkorlikka ega bo'la olmaydi. E'tiqod - bizning fikrimizcha, kishilar o'z faoliyatlarida chin yurakdan amal qiladigan, qo'llab-quvvatlaydigan ma'lum g'oyalar, qarashlar bo'lib, ular inson ongida u mehnat qilayotgan, yashayotgan sharoitning, vaqtning ta'sirida shakllanadigan dunyoqarashning ma'lum muhim tarkibiy qismidir.
Mana shu omillarning ijobiy yo salbiy, bunyodkor yo vayronkorligiga qarab birovlarning e'tiqodi mustahkam, beqaror yoki omonat bo'lishi mumkin. Olib borilayotgan tarbiyaviy ish tajribalari shundan dalolat beradiki, ularning so'nggisini mustahkam, ijobiy e'tiqodga aylantirish osonroqdir. Ma'lumki, e'tiqod xilma-xil shakllarga ega bo'ladi. Ular jumlasiga "siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, falsafiy, diniy, ilmiy, ekologik, iqtisodiy, demografik, demokratik, g'oyaviy-mafkuraviy e'tiqodlar" [5] kiradi. E'tiqodi mustahkam bo'lmagan insonlar tez-tez o'z e'tiqodini o'zgartirib turishi mumkin. Guruch kurmaksiz bo'lmaganidek, bugungi globallashgan zamonda bizning yoshlarimiz orasida ham e'tiqodi, iymoni mustahkam bo'lmagan ba'zi bir yoshlar uchrab turadi. Oqibat natijada mana shunday iymoni sust, e'tiqodi mustahkam bo'lmagan yoshlarga mamlakatimiz tinchligi, osoyishtaligiga tahdid solayotgan begona, yot, zararli g'oyalar, harakatlar ta'sir etmoqda. Bunday yoshlarning ma'naviy olamida bo'shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi, umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg'ularini bolaligidanoq boshlab shakllantirmoq lozim. Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma'naviyatiga, tarixiy xotirasiga va o'zligini anglash masalasiga qarshi yo'naltirilgan, bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot
olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo'lmaydigan ziyon -zaxmat yetkazishi mumkin.
Yoshlarning turli oqimlarga kirib qolish sabablari qatorida ularning dunyoqarashi torligi, diniy ilmlarni egallashga bo'lgan qiziqishi, o'ta ishonuvchanligi, birdaniga hamma narsaga (boylik, shon-shuhrat, martaba va h.k.) ega bo'lishga intilishi, umuman olganda maksimalizm kabi ma'naviy-ruhiy omillarni alohida ajratib ko'rsatish lozim. “Sen bu tashkilotga kirish yoki mana bu vazifani bajarish bilan alohida, har kimga ham nasib qilavermaydigan sharafli ishga qo'l urgan bo'lasan, kerak bo'lsa, sen millat, din, insoniyatning xaloskoriga aylanasan!” – degan qarashlarni singdirish jarayoni aynan mana shu kabi xususiyatlarga alohida e'tibor berilayotganini ko'rsatadi.

Jaholat – bilmaslik ma'nosini anglatadi. Bugun jaholat turli ko'rinishlarda o'zini namoyon qilmoqda. Shulardan biri diniy bilimsizlikdir. Diniy savodi past bo'lgan kishilar o'zlarini islom dinining jonkuyarlari qilib ko'rsatuvchi, aslida esa, hokimiyatni egallashni maqsad qilib qo'ygan turli oqim vakillarining quruq va'dalariga aldanib qolmoqdalar.

Jaholat og'ir oqibatlarni keltirib chiqarmasligi uchun, odamlar ongi va qalbida ma'rifatning mutlaq ustuvor bo'lishiga erishish, kishilar tafakkurini boyitish, ularda sog'lom va sobit e'tiqodni shakllantirish uchun kurash, bu yo'ldagi nazariy va amaliy ishlarning hozirjavobligini ta'minlash, ta'sirchanligini oshirish dolzarb vazifalardan biri bo'lib qolaveradi.

Immunitet tibbiyotda organizmning o'zini zararli ta'sirlardan himoya qilishga qodirligini, tananing turli yuqumli kasalliklarga berilmaslik xususiyatini anglatadi. Inson organizmining ana shu umumiy immunitet tizimidan farqli ravishda, mafkuraviy immunitet har bir avlod uchun o'ziga xos xususiyatga ega bo'ladi va mafkuraviy daxlsizlikni ta'minlashga xizmat qiladi.

Hozirgi davrda inson hayotida axborot va bilimlar xilma-xilligining o'rni va ahamiyati yanada oshgan. Bilimlar mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi unsuri hisoblanadi. Ammo bilimlar ko'p. Diniy ekstremizm va terrorizm tarafdorlari ham muayyan “bilim” larga tayanadilar va uni omma ongiga singdirishga harakat qiladilar. Demak, mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar ob'ektiv bo'lishi, voqelikni to'g'ri va to'liq aks ettirishi, inson ma'naviyatining boyishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim.
Bugungi kunda, axloqiy buzuqlik va zo'ravonlik, individualizm va egotsentrizm, mutaassiblik va aqidaparastlik g'oyalarini tarqatish, kerak bo'lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning milliy va diniy an'ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma'naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo'porishga qaratilgan tahdidlar tobora xatarli tus olib, butun jahonda tarqalib borishiga qarshi kurashish hayotiy-amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, mafkuraviy immunitet tizimida uning ikkinchi asosiy unsuri – olingan bilimlar zamirida shakllanadigan ma'naviyat va qadriyatlarning o'rni beqiyosdir. Bilimlar qanchalik xolis va chuqur bo'lsa, uning zamirida yuzaga kelgan ma'naviyat va qadriyatlar ham shunchalik mustahkam bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda, qadriyatlar tizimi mafkuraviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va zararli g'oyalar yo'lida mustahkam qalqon bo'lib xizmat qiladi.
Shu jihatdan bilimlar va qadriyatlar tizimi mafkuraviy immunitetning shakllanishida asosiy omil bo'lib qolaveradi.
Mafkuraviy immunitetning uchinchi muhim unsuri ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy sohalardagi mo'ljal va maqsadlar tizimi bilan bog'liq. Ana shunday tizim bo'lmas ekan, xoh alohida inson, xoh millat yoki jamiyat bo'lsin, goh oshkora, goh pinhona ko'rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga bardosh berishi amrimaholdir.
Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda yot g'oyalar kirib kelishining oldini olish va ularni yo'qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini o'z ichiga oladigan mafkuraviy profilaktikaning o'rni katta. U ijtimoiy institutlar tomonidan xilma-xil shakllarda amalga oshiriladigan g'oyaviy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy ishlar majmuini, to'g'ri tashkil etilgan tarbiya tizimini qamrab oladi.
Bolaga ilk yoshidan boshlab nima yaxshi, nima yomon, ularga qanday munosabat bildirish kerak, degan savollarga asoslangan bog'cha, maktab tarbiyasi, undan keyin ijtimoiy tarbiya yo'lga qo'yilsagina har bir millat sog'lom, ishonchli, mustahkam immunitetga ega bo'ladi. Demak, mafkuraviy immunitet – davlat va millatning ma'naviy birligi, ma'naviy sog'lomligini himoya qiluvchi g'oyaviy qalqon vazifasini bajaradi.

Jamiyatning o'z ertasi va kelajagiga ishonchi o'z-o'zidan hosil bo'lmaydi. Buning zamirida millat baxt-saodati yo'lida, demak har bir fuqaro manfaatidan kelib chiquvchi maxsus faoliyat – mafkuraviy tarbiya yotadi. Mafkuraviy tortishuvlardagi g'oyani ommalashtirish uslublari – mafkuraviy tarbiya uslublaridir. Bu bahsda pirovard natijani ilmga asoslangan targ'ibot va tashviqot hal qiladi. Shu tariqa mafkuralar kurashi – g'oyalar targ'iboti va tashviqoti tortishuviga aylanadi. Jamiyatga yot mafkuralar o'z g'oyalarini birdaniga olib kira olmaydi. Ular avvalo mahv qilinishi kerak bo'lgan millat azaldan ishonib kelgan qadriyatlarga ishonchini, umidini so'ndiradi. Buning uchun millat ishonib kelgan qadriyatlar yomonlanadi, obro'sizlantiriladi. Natijada mafkuraviy immunitetni sindirishning birinchi bosqichi amalga oshadi – millat o'zi ishonib kelgan g'oyalar, qadriyatlarga befarq munosabatda bo'la boshlaydi. Bo'shliq ana shunday yaratiladi, “ochib olinadi”.


Mafkuraviy bo'shliq hosil bo'lgach, endi uning o'rnini to'ldiruvchi yot g'oyalar jozibali tasvirlana boshlanadi. Buzg'unchi g'oyaga xos “yangilik” va u berayotgan va'dalar odamlar qulog'i va ko'zi orqali ong va qalbiga kira boshlaydi. Mafkuraviy bo'shliq shu tariqa to'ldirila boshlanadi. Yolg'on g'oya odamlar ongiga o'rnashsa, u ham amaliy kuchga aylanadi.
Hozirgi fan va texnologiyalar ravnaqi davrida boshqa kishilarning ongi va qalbiga yashirin, g'araz maqsad bilan ta'sir ko'rsatishni ifodalashda manipulyatsiya keng ishlatilmoqda. Ushbu vaziyatda shaxs va uning mafkuraviy immunitetiga ta'sir ko'rsatish jarayoni manipulyatsiya tushunchasida aks etadi.
Bunda birinchidan, “da'vatchi”ning ta'siri shaxsga nisbatan zo'rlik va kuch ishlatmasdan, balki ma'naviy, psixologik xususiyatga ega bo'ladi; ikkinchidan, bu ta'sirda asl maqsad yashirin qoladi. Shuning uchun ham “islom dini niqobida” degan ibora ishlatiladi; uchinchidan, g'oyaviy manipulyatsiya, zimdan ta'sir ko'rsatuvchidan mahorat va bilimni talab qiladi. Shunday ekan, g'oyaviy manipulyatsiyani mafkuraviy kurash, yot mafkuralar tomonidan qo'llanilayotgan ta'sir texnologiyasining tarkibiy qismi, deb atash mumkin. Ya'ni manipulyatsiya odamni u yoki bu ishni qilishga emas, (targ'ibot va tashviqotdan farqli o'laroq), balki shu ishni qilishga xohish, istak uyg'otishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, yoshlarni ona-Vatanga muhabbat, boy tariximizga hurmat ruhida tarbiyalash uchun ta'bir joiz bo'lsa, avvalo ularning qalbi, ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish kerak. Toki, yoshlar milliy o'zlikni anglashi, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo'lib yetishsin. Buning uchun avvalo, barcha ijtimoiy va gumanitar fanlar orqali milliy g'oyani yoshlar qalbi va ongiga singdirishimiz zarur.
Download 12,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish