151
Qoloqlikning oqibatlari
Dehqonchilik nochor ahvolda qoldi. Yerga ishlov berish o‘sha-
o‘sha - bir juft ho‘kiz, so‘qa-omoch darajasida qolib ketdi. Sanoat
ishlab chiqarishi rivojlantirilmadi. Rangli metallar, oltingugurt, mar-
mar, toshko‘mir, neft kabi tabiiy boyliklarga ega bo‘lgan konlar
bo‘lsa-da, ularni izlab topish, tog‘-kon ishlarini yo‘lga qo‘yishga
e’tiborsizlik qilindi. 0 ‘lkada yirik daryolar bo‘lsa-da, baliqchilikni
sanoat darajasiga ko‘tarish, kemasozlikni yo‘lga qo‘yishga e’tibor be-
rilmadi. Oqibatda tovar-pul munosabatlari rivojlanmadi. 0 ‘rta Osiyo
jahon bozoridan ajralib qolgani yetmaganidek, o‘zaro nizolar tufayli
o‘zbek davlatlari o‘rtasida yagona ichki bozor ham tashkil topmadi.
O'zbekistonning Birinchi Prezidenti I. Karimov ta’kidlaganidek,
„ Yurt hukmdorlari va amaldorlari xalqning taqdiri va kelajagi haqida
qayg ‘urish о ‘rniga, о z shaxsiy manfaatlarini hamma narsadan ustun
q o ‘yib, Jaholat va g'ajlatga berilib ketishi oqibatida biz bugun ya-
shayotgan mintaqa umumbashariy taraqqiyot jarayonlaridan uzilib,
rivojlanishdan keskin orqada qolib ketdi".
0 ‘zbek davlatlarining jahon taraqiyotidan
orqada qolishi o‘ta salbiy oqibatlarga
olib keldi. Iqtisodiy qoloqlik va harbiy nochor] ik, ijtimoiy-siyosiy
beqarorlik 0 ‘rta Osiyoni o ‘z tasarrufiga kiritib olishga intilayotgan
davlatlarga qo‘l keldi.
Abdulla Qodiriy o‘zining ,,0 ‘tkan kunlar“ romanida Yusufbek hoji
tilidan quyidagi alamli so‘zlarni bayon qilgan edi:
„Ittifoqning nima ekanligini bilmagan, yolg'iz o ‘z m anfaatishax-
siyati y o ‘lida bir-birini yeb-ichgan mansabparast va shuhratparast
muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo'qolmasdan turib, bizning odam
bo ‘lishimizga aqlim yetmay qoldi... Biz shu holatda ketadigan, bir-
birimizning tagimizga suv quyadigan bo'lsak, yaqindirki, podsho is-
tibdodi Turkistonimizni egallar“.
Haqiqatan ham shunday bo‘ldi. 0 ‘zbek davlatlaridagi o‘zaro nizo
va urushlar, parokandalik, oxir-oqibat, ularning Rossiya imperiyasi
tomonidan mustamlakaga aylantirilishi uchun qulay imkoniyat yaratdi.
Yurtimizning o‘zgalarga qaramligi 1991-yil 31-avgustgacha davom
etdi. 0 ‘tmish xotiralaridan zarur xulosalarni chiqargan yurt rahbarlari
0 ‘zbekistonni rivojlantirish, mustaqilligini mustahkamlashning va ja
hon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘miga ega bo‘lishiga xizmat
qiluvchi rejalarni hayotga muvaffaqiyatli tadbiq eta oldi.
152
Bugungi kunda esa muhtaram Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev rah-
barligida xalqimiz 2035-yilga borib jahonning eng rivojlangan 50
ta davlati qatoridan joy olishdek ulug'vor maqsadni ro‘yobga chi-
qarish yo‘lida buyuk bnnyodkorlik ishlarini amalga oshirmoqda. Siz
bam hademay bu ulkan bunyodkorlik ishiga o‘zingizning munosib
hissangizni qo‘shishingizga hech shubha yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |