0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

39-  §.  Qo‘qon  xonligida  ta’lim
,  .  . 

„ 
.. 
Maktabxona  ta’limi  boshlang’ich  ta’lim
va  tartib-qoidalari 
edl-  Maktablar  ко  pincha  bitta  smfxona- 
haqida 
dan  iborat  bo‘lganligi  uchun  maktabxona
deb  atalgan.  Xonlikda  350  ta  maktabxona 
faoliyat  ko‘rsatgan.  Boshlang!ich  maktab  bolalarga  umumiy  ma’lumot 
beruvchi  va  xat-savod  chiqarish  maskani  edi.  Unda  arab  imlosida 
savod  chiqarish,  yozish  va  o!qish  ko‘nikmalari  shakllantirilgan.  Shu- 
ningdek,  hisoblash  qoidalari  va  ko‘nikmalari  hosil  qildirilgan.  Tevarak- 
atrof,  jamiyat,  islom  dini  haqida  bilim  va  tushunchalar  berilgan. 
Shuningdek,  odob-axloq  me’yorlariga  amal  qilish  o ‘rgatilgan.
0 ‘g‘il  bolalar  maktabxonalarining  aksariyati  masjidlar,  madrasalar, 
qorixonalar  qoshida,  shuningdek,  xususiy  maktabdor  xonalarida 
ochilgan.  Qiz  bolalar  maktabxonalari  otin  ayollar  uylarida  yoki  ba- 
davlat  kishilarning  maktab  yoshidagi  qizlari  uchun  ularning  uylarida 
tashkil  etilgan.
Ana  shu  otinlardan  biri  Dilshodi  Rahimqul  so‘fi  qizi  (taxallusi 
Dilshod  Otin,  Bamo,  Dilshodi  Barno)  edi.  XIX  asrda  Qo‘qonda  ijod 
qilgan  shoira.  U,  ayni  paytda,  maktabxona  maktabdori  bo‘lib  ham 
faoliyat  yuritgan.  0 ‘zining  maktabdorlik  (otinlik)  faoliyati  haqida, 
jumladan,  shunday  deb  yozgan  edi:  „Mening  suhbatdoshlarim  va 
dugonalarim  aqlli  qizlar  va  iste’dodli  shoiralar  edi.  51  yil  davomida 
men  maktabdorlik  (o ‘qituvchilik)  qildim  va  yiliga  о ‘rtacha  20  na- 
fardan  30  nafargacha  о ‘quvchilarim  b o ‘lib,  890  nafar  qizning  savodini 
chiqardim.  Bulardan  deyarli  to ‘rtdan  bir  qismi  she’riyatga  qobiliyatli 
bo ‘lib,  shoira  va  о ‘z  davrining  aqlli  hamda  dono  odamlari  edilar“.
Xususan,  Anbar  Otin  uning  iqtidorli  o ‘quvchilaridan  bo‘lgan. 
Dilshod  Otinning  qalamiga  mansub  „Muhojirlar  tarixi“,  „Inson  ma- 
tonati  va  muhojirlar  tarixi“  hamda  „Barnoning  tanlangan  sh e’r- 
lari"  asarlari  bizgacha  yetib  kelgan.  Asarlarida  xonlikdagi  o‘zaro 
urushlar,  uning  xalq  ommasi  turmushiga  ko'rsatgan  ayanchli  ta’siri 
kabi  masalalar  o‘z  ifodasini  topgan.  Shoira,  ayni  paytda,  yaxshi 
kunlar  kelishiga  ishonib  asarlarining  birida:  ,,Bu  jabr-u  zulmat  albat 
muvaqqat“,  deb  yozgan.  Shuningdek,  turkistonliklami  do‘st  va  inoq 
bo‘lib  yashashga  ham  da’vat  etgan.  Maktabxona  maktabdorligiga  (o‘qi- 
tuvchiligiga)  masjid  mutasaddilari  ishga  taklif  etishgan.  Maktabdorga 
maktabdan  uzrsiz  ketib  qolmaslik  sharti  qo’yilgan,  Maktabxonalarda
147


o‘quvchilar  soni  10 -60  nafarni  tashkil  etgan.  0 ‘qishga  5  yoshdan 
12  yoshgacha  bo‘lgan  bolalar  qabul  qilingan  va  o‘qish  5 - 7   yil 
davom  etgan.  Kimning  maktabxonada  necha  yil  o’qishi  o‘qituvchining 
mahoratiga,  o ‘quvchining  zehniga  va  oilasidagi  muhitga  bog‘liq  edi.
Maktabxonalarda  dars  mashg‘ulotlari  quyosh  cbiqishidan  to  kech- 
gacha  davom  etgan.  Juma  va  bayram  kunlari  dars  mashg‘ulotlari 
bo‘lmagan.  Yoz  fasli  va  ramazon  (ro‘za)  oyida  o‘quvchilarga  ta’til 
berilgan.


Dars  mashg‘nlotlari  avval  kalimai  shahodat
va  toyiba  yod  olinganidan  so  ng  arab  ahf- 
bosini  o‘rganishdan  boshlangan.  Alifbe  darslarida  dastlab  harflarning 
yozilisbi  mashq  qilingan.  So‘ng  harflarning  turli  o‘rinlardagi  sbakllari 
o‘rganilgan.  Keyin  esa  zeru-zabar,  ya’ni  harflarning  osti  va  ustiga 
qo‘yiladigan  farqlovchi  belgilar  va  ularning  qo‘llanishi,  shuningdek, 
ular  yordamida  bo‘g‘in  tuzish  qoidalari  o‘rgatilgan.  Maktabdor  (o‘qi- 
tuvchi)  harflami  yog‘ochga  yoki  qattiq  lavhalarga  yozib  devorga  osib 
qo‘ygan.  Unga  qarab  harflar  yod  olingan.  Harflami  bir-biriga  qo‘shib 
yozish  mashq  qilingan.  Duoyi  salomni  yoza  olgan  o‘quvchi  „xati 
chiqqan“  hisoblangan.
Alifbe  o‘rganilib  bo‘lingach,  ,,Haftiyak“  (muqaddas  Qur’oni  Karim- 
ning  1/7  qismi  ko‘chirib  yozilgan  kitob)ni  o‘rganishga  kirishilgan. 
,,Haftiyak“  tugallangach,  ,,Tavjud“  (Qur’oni  Karimni  qiroat  bilan 
o‘qish  san’ati  to‘g ‘risidagi  ilm)ga  o‘tilgan.  Undan  so‘ng  esa  bevosita 
„Qur’oni  Karim“  ning  o‘zini  o‘qitish  boshlangan.
Shundan  so‘ng  „Farzi  ayn“,  ya’ni  shariatga  ko‘ra  barcha  musul- 
monlarga  buyurilgan  va  bajarilishi  shart  bo‘lgan  amallar  haqida  tu- 
shunchalar  berilgan.  U  o ‘rganilib  bo‘lingach,  islom  dinining  asosiy 
qoidalari  bayon  etilgan  „Chor  kitob“  (,,To!rt  kitob“)ni  o‘rganishga 
kirishilgan.  Undan  keyin  kattaqo‘rg‘onlik  So‘fi  Olloyorning  „Sabot 
ul-ojizin“  („Ojizlar  saboti“)  kitobi  o‘qitilgan.  Mazkur  asarda  islom 
dinining  asosiy  qoidalaridan  tashqari,  go‘zal  insoniy  fazilatlar,  axloqiy 
tarbiyaga  oid  hikmatlar,  ibratli  hikoyalar,  she’r  va  dostonlar  o ‘rin  ol­
gan.
„Sabot  ul-ojizin“dan  so‘ng  shu  asaming  fors  tilida  yozilgan  va 
„Maslak  ul-muttaqin“  („Taqvodorlar  maslagi“)  deb  atalgan  asl  nusxasi 
o‘rganilgan.  „Sabot  ul-ojizin“  „Maslak  ul-muttaqin“ning  turkiy  tilda 
qisqartirib  yozilgan  nusxasi  bo‘lib  12  ming  baytdan  tuzilgan  ilohiy 
ma’rifatning  she’riy  talqinidir.
148


So‘fi  Olloyor  asari  o‘rganib  bo‘lingach,  Sharq  olamida  mashhur 
bo‘lgan,  XIII  asrda  yashab  o‘tgan  Sa’diy  Sheroziyning  „Bo'ston"  va 
„ Guliston"  asarlari  o‘rganilgan.
Sa’diy  asarlari  boshqa  Sharq  shoirlaridan  hayratlanarli  darajada 
hayotiyligi  bilan  alohida  ajralib  turadi.  ,,Bo‘ston“  va  „Guliston“  ha- 
yotiy  hikoyalardan  tashkil  topgani.  donishmand  shoirning  bu  hiko- 
yatlar  so‘ngida  qissadan  hissa  tarzida  keltirgan  she’rlari  kundalik  tur- 
mushdan  chiqarilgan  xulosalar  ekanligi  bilan  jahon  ilm-u  adab  ahlini 
birday  o‘ziga  tortib  kelmoqda.
BMTning  Tinchlik  Kengashi  binosi  peshtoqiga  ,,Guliston“  asari- 
dan  olingan  quyidagi  misralar  bitilgan:  „Odam  bolalari  ibtidoda  bir 
gavhardan  bino  bo 'Iganligi  tufayli  yaxlit  bir  vujud  kabidirlar.  Bino- 
barin,  zamon  uning  bir  a ’zosiga  jarohat  yetkazsa,  boshqa  a ’zolari 
ham  о ‘z  tinchini  yo ‘qotadi".
Keyingi  bosqichda  Xo‘ja  Hofiz  Sheroziyning  (1326-1389)  „De­
von “ini  o‘rganish  boshlangan.  Mazkur  ,,Devon“  lirik  she’rlar  to‘plami 
bo‘lib,  o‘quvchilaming  axloqiy  tarbiyasida  asosiy  qo!llanma  sanalgan. 
Maktabxonalarda  arab  grammatikasi,  Alisher  Navoiyning  she’riy  to‘p- 
lamlari  hamda  husnixat,  hisob-kitob  (arifmetika)  ham  o‘qitilgan.

Qo‘qon  xonligida  madrasalar  ham  faoliyat  ko‘r-

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish