0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi



Download 16,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/252
Sana25.01.2022
Hajmi16,54 Mb.
#409857
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   252
Bog'liq
Sug\'urta nazariyasi va amaliyoti

17-MAVZU.

MAJBURIY SUG‘URTA

17.1.  Majburiy sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati

Mamlakatimiz  mustaqilligining  dastlabki  yillaridanoq 

yangicha 

bozor 


iqrisodiyoti  mexanizmining  shakllanish  davri  boshlandi,  bu  esa  o ‘z  navbatida 

iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlarida  zaruriy  ichki  infratuzilmani  yaratishni  davr 

talabiga  aylantirdi.  Sug‘urta  faoliyati  iqtisodiy  infratuzilmaning  ajralmas  qismi 

sifatida  ijtimoiv  kafolatni  ta’minlaydi  va  shartnomaviv  majburiyatlari  bo'yicha  turli 

xil  sug'urta  qaltisliklaridan  ogoh  etish  asosida  iqtisodiyotda  faoliyat  yurituvchi 

subyektlar manfaatlarini himoyalash vazifasini amalga oshiradi.

Sug‘urta  faoliyati  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  manfaatlarini  himova  qilish, 

ulaming turli xil risklar va qaltisliklar yuz berishi  oqibatida  ko‘rishi  ehtimoli  bo'lgan 

zararlami  qoplashning  zaruriy  vositasi  sifatida  paydo  bo‘ldi  va  rivojlandi. 

Fuqarolaming  kundalik  hayot  faoliyati  davomida  ulaming  mulkiy  manfaatlari  va 

o‘zlarining  hayotlariga  turli  toifadagi  xavf — xatarlar  o‘z  ta'sirini  o ’tkazadi.  Har-bir 

shaxs o'z hayoti va mulkiy manfaatlarini xavf soluvchi  turli  xil  risklardan  himoyalash 

maqsadida  sug'urtaviy  munosabatlarga  kirishadi.  Sug'urta  jamiyatning  barcha 

a'zolariga turli xil baxtsiz hodisalar natijasida yuzaga kelishi  mumkin  boigan  turli xil 

zararlardan o‘zlarini himoyalash imkoniyatini beradi.

Sug‘urta munosabatlari,  ulaming  tashkiliy  shakllaridan  qat’iyy  nazar.  sug’urta 

fondini  yaratish  va  undan  foydalanish  jarayonidir.  Ta'kidlash  joizki.  sug’urta 

munosabatlari  -   murakkab  va  keng  qamrovli  moliyaviy  -   iqtisodiy  munosabatlar 

bo'lib,  ular  yuzaga  kelishi  uchun  o'zaro  bog'liq  shart  -   sharoitlar  majmuasi 

mavjudligi  ham  muhim  hisobianadi.  Bugungi  kunda  O'zbekiston  sug'urta  bozorida 

majburiy 

sug'urtaning 

mavjudligi 

sug'urta 

xizmatlarining 

mamlakatimiz 

iqtisodiyotiga kirib borishida eng muhim omillardan biridir.

Haqiqatdan ham, sug'urtaning majburiy  turlarini  amaliyotga tadbiq  etish  orqali 

respublikamiz  sug'urta  sohasi  rivojiga  ko'p  jihatdan  imkoniyatlar  varatilishiga 

erishiladi.  Lekin  majburiy  sug'urta turlarini  amaliyotga joriy  etishdan  asosiy  maqsad 

aholining  muhtoj  qatlamlarini  ijtimoiv  himoyalashga  erishishdan  iboratdir.  Bugungi 

kunda majburiy  sug'urta aholining  muhtoj  qatlamlari  uchun  ijtimoiy  himoyani  bozor 

iqtisodiyoti  tamoyillari  asosida ta’minlab  bemvchi  eng  muhim  iqtisodiy  richaglardan 

biri hisobianadi.

Ijtimoiy  himoya  -   bu  mamlakat  aholisini  ijtimoiy  va  moddiy  muxofaza 

qilinishini  ta’minlaydigan  va  jamivatda  qaror  topgan  huquqiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy 

chora -  tadbirlar majmui;  ya’ni  davlat, jamiyat  a’zolarining  yoshi,  salomatlik  holati, 

ijtimoiy  ahvoli,  tirikchilik  vositalari  bilan  yetarli  ta’minlanmagani  tufayli  yordamga, 

ko'makka muxtoj  fuqarolar to'g'risidagi g'amxo'rligidir.  Uning  asosiy  maqsadi  aholi

192



farovonligining vaxshilanishini  ta’minlash,  aholi  qatlamlarini taMim,  madaniyat,  kasb 

malakasi,  daromadlari  jihatidan  keskin  tafovutlariga  barham  berish,  jamivat 

tomonidan  insonga  munosib  havot  darajasini  va  inson  taraqqivotini  ta'minlashga 

yordam berishdan iborat.

Majburiv  sug'urtaning  iqtisodiy  mohivati  shundaki,  u  sug'urtaning  ma'lum  bir 

turida  qatnashgan  barcha  fuqarolardan  tushgan  mablag'lami  jamlaydi  va  sug'urta 

hodisasi  yuzaga  kelganda  ushbu  hodisa  tufayli  jabr  ko‘rganlaming  zararlarini 

qoplaydi.  Majburiv  sug‘urta  qilish  mamlakatda  ijtimoiy  ishlab  chiqarishni 

barqarorlashtirishni,  biznesni  va  aholini  tuiTnush  darajasini  himoya  qilish  asosiy 

vositasi  hisoblanadi.  Majburiy  sug'urtaning  afzalliklaridan  biri  shundaki,  unda 

sug‘urta qamrovi sezilarli darajada kengayadi.

Bu  o'z  navbatida  qo'llanilayotgan  sug'urta  tariflarini  eng  past  darajagacha 

kamaytirish  imkonini  beradi.  Albatta,  bu  sug'urtalovchilar  manfaatlariga  mos keladi. 

Majburiy  sug'urta  qilishning  iqtisodiy  mohiyati,  sug'urta  faoliyati,  mazkur  sug‘urta 

turi  yordamida  sug‘urtalanuvchi  risklaming  mohiyati,  xavf-xatarlar,  sug'urta 

hodisasining  mazmuni.  sug'urta  mavdoni,  sug'urta  portfeli,  sug‘urta  agentlari  va 

brokerlari,  sug'utalangan  shaxs,  uchinchi  shaxs,  naf oluvchi,  voris,  sug'urta  obyekti, 

sug'urta predmeti orqali ochiladi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  922-moddasida  majburiy 

sug'urta  to'g'risida  alohida  ko'rsatib  o'tilgan.  Xususan,  unda  shunday  deyiladi: 

«Qonunda quyidagilami sug'urta qilish majburiyati belgilab qo'yilishi mumkin:

-  qonunda  ko'rsatilgan  boshqa  shaxslaming  hayoti,  sog'ligi  yoki  mol-mulki 

ulaming hayoti. sog'ligi yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi ehtimolini nazarda tutib:

-  boshqa  shaxslaming  hayoti,  sog'ligi  yoki  mol-mulkiga  zarar  yetkazilishi 

yoxud  boshqa  shaxslar  bilan  tuzilgan  shaitnomalaming  buzilishi  oqibatida  yuzaga 

kelishi mumkin bo'lgan o'zining fuqaroviy javobgarligi xavfi».I4j

Sug'urta qildiruvchi  bo'lish majburiyati qonun bilan unda ko'rsatilgan shaxslar 

zimmasiga yuklanadi.  Qonunda majburiy sug'urtaning boshqa turlari ham belgilanishi 

mumkin.  Fuqaroga  o'z  hayoti  yoki  sog'ligini  sug'urtalash  majburiyati  qonun  bilan 

yuklatilishi  mumkin  emas.  Qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda yoki  unda  belgilangan 

tartibda xo'jalik yuritishida yoki  operativ boshqaruvida davlatga qarashli mol-mulkka 

ega  bo'lgan  yuridik  shaxslarga  bu  mulkni  sug'urtalash  majburiyati  yuklanishi 

mumkin.

Mol-mulkni  sug'urta  qilish  majburiyati  qonundan  kelib  chiqmaydigan,  balki 

mol-mulkning  egasi  bilan  tuzilgan  shartnomaga  yoki  mol-mulkning  mulkdori 

hisoblanuvchi  yuridik  shaxsning  ta'sis  hujjatlariga  asoslangan  hollarda,  bunday 

sug'urta ushbu moddaning ma’nosi jihatidan majburiy.

U

j



 O 'zbekiston Republikasi  Fuqarolik Kodeksining 922-moddasi.

1 9 3



Majburiy  sug'urta  bunday  sug'urta  qilish  majburiyati  yuklangan  shaxs 

(sug'urta  qildiruvchi)  sug'urtalovchi  bilan  sug'urta  shartnomasi  tuzishi  vositasida 

amalga oshiriladi. Majburiy  sug'urta sug'urta qildiruvchi  hisobidan  amalga oshiriladi. 

Majburiy  sug'urtalanishi  lozim  bo'lgan  obyektlar,  ular  sug'urtalanishga  sabab 

bo'ladigan  xavflar  va  sug'urta  pulining  eng  kam  miqdorlari  qonun  hujjatlari  bilan 

belgilanadi.

Fuqarolik  kodeksining  924-moddasida  majburiy 

sug'urta 

to'g'risidagi 

qoidalami  buzish  oqibatlari  ko'rsatib  o'tilgan.  Qonun  bo'yicha  foydasiga  majburiy 

sug'urta  amalga  oshirilishi  lozim  bo'lgan  shaxs,  agar  sug'urta  amalga  oshirilmagani 

unga ma’lum  bo'lsa, sug'urta qildiruvchi  sifatida zimmasiga sug'urtalash  majburiyati 

yuklangan shaxs uni amalga oshirishini sud tartibida talab  qilishga haqli.

Agar  sug'urta  qildiruvchi  sifatida  sug'urtalash  majburiyati  zimmasiga 

yuklangan  shaxs  uni  amalga  oshirmagan  bo'lsa  yoki  sug'urta  shartnomasini  naf 

oluvchining  ahvolini  qonunda  belgilangan  shartlarga  nisbatan  yomonlashtiradigan 

shartlarda  buzgan  bo'lsa,  u  sug'urta  hodisasi  yuz  berganida  basharti  tegishlicha 

sug'urtalangan  taqdirda  sug'urta  tovoni  to'lashga  asos  bo'lishi  kerak  bo'lgan 

shartlarda javobgar bo'ladi.144

Xalqaro  amaliyot  talablariga  mos  keladigan  majburiy  sug'urta  turlarini  joriy 

etish  orqali,  sug'urtalanuvchilaming  mulkiy  manfaatlari  himoyalanadi.  Majburiy 

sug'urta turlarining keng qamrovli ekanligini  hisobga oladigan  bo'lsak, bu  o 'z o'm ida 

sug'urtaning rivojlanishiga va keng omma orasida tarqalishiga imkoniyat yaratadi.

Majburiy  sug'urta turlarini joriy  qilish  orqali  davlat  o'zining  ijtimoiy-iqtisodiy 

muammolarini  bartanaf etishi  mumkin.  Jumladan,  sug'urta  sohasidagi  qonunchilikni 

takomillishtirish, hamda majburiy  sug'urta turlarini joriy  etish  orqali  davlat  quyidagi 

natijalarga erishishi mumkin:

-  bosqichma-bosqich  davlat  o'zining  ijtimoiy-iqtisodiy  himoya  bilan  bog'liq 

muammolami iqtisodiyotning biznes sohasiga topshirishi.

Bunda davlat jamiyatda  mavjud  va  ro'v  berayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  himoya 

yuzasidan  jamiyat  a’zolarining  ehtiyojlarini  qondirish  bilan  bog'liq  muammolami 

bartaraf  etish  va  ulaming  nazoratini  amalga  oshirishni  ma'lum  m a'noda 

iqtisodiyotning  biznes  sohasi  bo'lmish,  ya’ni  majburiy  sug'urtalash  faoliyati  bilan 

shug'ullanuvchi  tashkilotlar  zimmasiga  tegishli  qonun  hujjatlari  asosida  topshirishi 

mumkin;

-O'zbekiston 

Respublikasining 

birinchi 

Prezidenti 

I.A.Karimov 

ta’kidlaganidek, davlatning iqtisodiyotdagi  ishtirokini  izchil kamaytirib borish.

Bizga  ma’lumki,  bozor  iqtisodiyoti  tamoyillariga  asoslangan  jamiyatning 

iqtisodiyotda  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  operatsiyalarga  davlatning  ishtirokini 

kamaytirish  asosiy  tamoyillardan  bird  hisoblanadi.  Ya'ni  davlat  iqtisodiyotda  ro'y

i4J O'zbekiston Republikasi Fuqarolik Kodeksining 924-moddasi.

194



berayotgan  har  bir  jarayonlarga  alohida  -  alohida  aralashmasdan  balki,  ushbu 

jarayonlami  tartibga  solishda  iqtisodiy  richaglardan  fovdalanishini  nazarda  tutadi. 

Buning  natijasida  jamiyatda  ijtimoiy  himovani  ta’minlashning  kompleks  tizimi 

yaratiladi;

- Byudjetning ijtimoiy xarajatlar qismiga tushadigan og'irlikni yengilashtirish; 

Buning  mohiyati  shundan  iboratki,  davlat  tomonidan  jamiyatdagi  mavjud  va  ro'y 

berayotgan  ijtimoiy  himoya  bilan  bog'liq  xarajatlar,  majburiy  sug'urta  bilan 

shug‘ullanuvchi  tashkilotlar  zimmasiga  vuklanadi.  Ya’ni,  majburiy  sug'urtaning 

tegishli 

turlarida 

ko'rsatilgan, 

sug‘urtalanishi 

kerak 

boigan 


potensial 

sug'urtalanuvchilar tomonidan toiangan sug‘urta mukofotlari evaziga shakllantirilgan 

fond  mablag‘laridan,  sug'urta  hodisasi  ro‘y  berganda,  ijtimoiy  himoyalanishi  kerak 

bo'lgan  shaxslarga  to‘lovlar  ya’ni  sug'urtalangan  shaxslar  va  ulaming  javobgarligi 

yuzasidan  vujudga  kelgan  zararlami  qoplash  orqali  budjet  xarajatlarini  kamaytirish 

tushuniladi.

-  sug‘urta  tashkilotlari  mablag'larini  ijtimoiy-iqtisodiy  himoya  bilan  bogiiq 

masalalarga yo'naltirish;

-  yuqoridagi  chora-tadbirlami  qo'llash  orqali  bo‘shagan  pul  mablag'lami 

sog‘liqni  saqlash,  infratuzilmani  rivojlantirish,  shuningdek,  sug'urta tashkilotlarining 

moliyaviv barqarorligini oshirish kabi maqsadlarga sarflashda foydalanish mumkin.

Avtish  kerakki,  majburiy  sug‘urtalash  vurtimiz  moliya  bozorini  jonlantirish 

barobarida  altolining  ijtimoiy  muhofazasini  yanada  mustahkamlashda  ham  katta  rol 

o‘ynavdi.  Shu bois ishonch bilan  ayta olamizki, mamlakatimizning ijtimoiy-  iqtisodiy 

rivojlanishida sug‘urta amaliyoti, xususan majburiy sug'urtaning ahamivati kattadir.

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  mamlakat 

iqtisodiyotida  yetakchi  ahamiyat  kasb  etadi.  Shuning  uchun  iqtisodiy  jihatdan 

rivojlangan  mamlakatlar aholining kuchli ijtimoiy himoyasini ta’minlashga intiladilar. 

Buning  ustiga,  ijtimoiy  himoyani  ta’minlashning  samarali  usullari  sifatida  bozor 

iqtisodiyoti  tamoyillariga  asoslangan  metodlar  bo'lib,  ular  bir  vaqtning  o'zida  ham 

iqtisodiyotning  rivojlanishi  uchun,  ham  mamlakatda  ijtimoiy  himoyani  ta’minlash 

uchun  sharoit yaratadi.

Bugungi  kunda  majburiy  sug'urtaning  mavjudligi  sug'urtaning  mamlakat 

iqtisodiyotiga  kirib  borishida  asosiy  omillardan  biri  ekanligini  xorij  amaliyoti  orqali 

yaqqol  ko'rishimiz  mumkin.  Albatta,  sug'urtaning  majburiy  turlarini  tadbiq  etish 

respublikada sug'urta sohasi rivojiga ko'p jihatdan imkon yaratadi.




Download 16,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish