0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

О ‘tkir Hoshimov
xarsang - hech nima yo‘q edi. Yana momaqaldiroq guldira- 
di. 0 ‘sha zahoti Adhamning dahshat to ia tovushi eshitildi:
- Rustam! Boshing yonyapti, Rustam!
Hayron boiib Adhamga qaradim-u dahshatdan qotib qol- 
dim. Adhamning sochlari tikka-tikka bo‘lib ketgan, negadir 
sochi orasidan ko‘kimtir cho‘g‘ sachrab osmonga otilardi.
- 0 ‘zingni... 0 ‘zingni boshing yonayapti! - dedim du- 
duqlanib.
- Voydod! - Adham ko‘zlari olayib boshini changallagan- 
cha yugurib ketdi. Men ham toshlarga qoqilib-qoqilib uning 
ketidan chopdim. Momaqaldiroq tinimsiz gumburlar, ora-cho- 
ra sukunat cho‘kkanida sochlarim o‘zidan-o‘zi tikkayib, yonib 
ketayotganga o‘xshar, Adhamni chaqiray desam, qo‘rqqanim- 
dan ovozim chiqmasdi.
Oradan qancha o‘tganini bilmayman. Bir mahal yigirma 
qadamcha oldinda yugurib ketayotgan Adham bir narsaga 
qoqilib yiqilib tushdi. Men yetib kelganimda u hamon bo­
shini changallagancha kiyiko‘tlar orasida g‘ujanak bo‘lib 
yotardi.
- Tur o‘mingdan, Adham! - dedim yelkasidan tutib.
U qo‘rquv bilan menga qaradi.
- Boshing yonib ketmadimi? - dedi yig‘lamsirab.
- 0 ‘zingniki-chi?
Ikkalamiz beixtiyor boshimizni ushlab ko‘rdik. Yo‘q, hech 
qayerimiz yonmagan, sochimiz ham kuymagandi.
- 0 ‘z ko‘zim bilan ko‘rdim! - dedi Adham hamon qo‘r- 
quvdan ko‘zlari olayib. - Sochingdan olov chiqib ketdi. Xu- 
do ursin, o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim.
- Men ham ko‘rdim! - dedim Adhamning boshiga sin- 
chiklab qarab. - Sening boshingdan ham cho‘g‘ chiqib ket­
di. Soching o‘zidan-o‘zi tikka bo‘lib, cho‘g‘ sachrab ketdi. 
Ko‘kimtir cho‘g‘.
Yana momaqaldiroq gumburladi. Yirik-yirik yomg‘ir 
tomchilari shatir-shutur qilib tusha boshladi.


Uzun kechalar
91
- Ajina - Adham sakrab o‘midan turib ketdi. - Ajina 
chaladi. Qoch!
Yana avvalgidek u oldinda, men keyinda yugurib ket- 
dik. Ammo endi Adhamning boshidan cho‘g‘ chiqmas, 
savalab yomg‘ir yog‘ar edi. Faqat mol fermasi oldiga kel- 
gandagina sal nafasimizni rostladik. Qishloqqa kirgani- 
mizda yomg‘ir tinib qolgan edi. Jintepa ustida quyosh bo- 
tib borardi.
Adhamning ust-boshi loy bo‘lib ketgandi. U xayrlash- 
masdan to‘g‘ri uyiga kirib ketdi. Men ham uyga kirdim-u 
damimni chiqarmay, yotib ola qoldim. Jintepaga chiqqani- 
mizni oyim eshitsa, sog‘ qo‘ymasligini bilardim.
Kechasi bilan alaq-chalaq tushlar ko‘rib chiqdim. Qa- 
mishzorga kirib qolibmanmi-ey, qamishlar yonib ketib- 
dimi-ey...
Ertalab yuvinayotganimda nuqul labim achishaverdi. Ar- 
tinayotib, oynaga qarasam, hammayog‘imga uchuq toshib 
ketibdi.
- Kun bo‘yi har xil o‘yinlami o‘ynaydi-di, kechasi alah- 
lab chiqadi! - dedi oyim zarda bilan.
Indamasdan papkani ko‘tarib Adhamlamikiga chiqdim. 
Buvisi hadeb sigiming yeliniga yopishayotgan buzoqni chet- 
ga tortayotgan ekan.
- Menga bering, buvi, - dedim arqonga qo‘l uzatib.
- Qoch, qorang o‘chgur! - Adhamning buvisi arqonning 
bir uchi bilan yelkamga tushirib qoldi. - Bolani nima qilding? 
Senga baloyam urmaydi...
Demak, eshitibdi... Papkamni ko‘targancha sekin ichkari 
kirdim. Adham kirpech ilingan devor ostidagi temir karavot- 
da yotar, rangida rang qolmagan edi.
- Tuzukmisan? - dedim peshanasiga kaftimni bosib. 
Uning boshi cho‘g‘ bo‘lib qizib ketgandi.
- Darsga borolmayman, - Adham sekin pichirladi. - Tez­
roq keta qol. Buvim urishadilar.


92

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish