О ‘tkir Hoshimov
0 ‘ZBEK ISHI
0 ‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchi Koryagin mashi-
naning orqa o‘rindig‘ida o‘tirar, toliqqan edi. Eski ,Jiguli“
ikki betida baqateraklar tizilgan, onda-sonda paxta laxtaklari
to‘kilib qolgan yoidan borar, mashina eshigi asabni qaqsha-
tib, muttasil g‘iyqillardi.
Jumanov degani, mana, to‘rt oydirki, aybini bo‘yniga ol-
maydi. U yoqda gruppa boshlig‘i Ambarsumyan siquvga olib
yotibdi: ,3 iz sizni yosh, g‘ayratli mutaxassis sifatida bu ishga
jalb qilgandik. Boshqalar obkom sekretarlarini yong‘oqdek
chaqib tashladi. Siz bo‘lsangiz, allaqanday sovxoz direktorini
eplay olmaysiz“.
Ming la’nat hammasiga! Paxtasigayam, Jumanovgayam!
Awal ham ,,shug‘ullanishgan“ u bilan. Bir emas, ikkita ter
govchi... Umuman, o‘rgimchak uyasiga o‘xshaydi bular.
Hammasi chatishib ketgan.
Shu tobda mashina haydab borayotgan Berdiyev ham
ko‘ziga shubhali ko‘rindi. Viloyat prokuraturasi xodimi.
Peshka! Qarang, shuniyam tagida mashina. ,,Nol-olti“. 0 ‘zi-
da-chi? Kichik adliya maslahatchisi-da! Mototsikl ham
yo‘q... Muncha g‘iyqillaydi bu eshik?!
- Mashinangizni moylasangiz boimaydimi, Berdiyev?
Berdiyev ortiga qarab jilmaydi:
- Kechirasiz, Vasiliy Stepanovich! - dedi chap qo‘li bi
lan rulni ushlaganicha, o‘ng qo‘lini ko‘ksiga bosib. - Mashi
na meniki emas...
,,Qo‘lini ko‘ksiga qo‘yishga balo bormi? Qullik psixo-
logiyasi!“
- Nima, otangiznikimi?
- Yo‘q, Vasiliy Stepanovich! Qo‘shnimizniki. Bir kunga
so‘rab oldim.
Koryagin jilmaydi.
- Tushunarli... Bundan chiqdi, qo‘shningiz Qahramon...
- Qahramon! - Berdiyev favqulodda yangilikni xabar qi-
Uzun kechalar
97
layotgandek, samimiy shang‘illadi. - Qahramon Ona! 0 ‘n ik-
kita bolasi bor.
,,Xo‘p qahramonlik qiptimi? Kalamushga o‘xshab bola-
lash jasorat bo‘lsa... Aslida, mana qayerda yotibdi o‘g‘irlik-
ning ildizi! Churvaqalar tug‘ilaversa, yeyman-ichaman deb
og‘zini ochib turaversa...“
- Aytib qo‘ying, Berdiyev. Kampir mashinasining eshi-
gini moylab yursin...
Berdiyev kuldi.
- Kampiming pravasi yo‘q, Vasiliy Stepanovich. Ma
shina haydolmaydi.
- Bundan chiqdi, sizning ismingizga xatlatgan... „Qahra-
mon“ga qanday qarindoshchiligingiz bor?
,,Qitmir“ savol, Koryagin o‘zining soddaligidan miyig‘i-
da kuldi. Bordi-yu, Berdiyev mashinasini „Qahramon ona“
nomi bilan xaspo‘shlagan taqdirda ham og‘zidan gullarmidi?
Har qalay yurist...“
- Aytdim-ku, qo‘shnisi bo‘laman! - Berdiyev orqaga o‘gi-
rilib tag‘in shang‘illadi. - Mashinani kampiming to‘rtinchi
o‘g‘li haydaydi. Pedagog. Krupskaya mukofoti laureati. Mak-
tabda rus tilidan dars beradi.
„Laureat emish! Rus tilidan dars berarmish! Qani o‘sha
laureatning shogirdlari? So‘roq paytida ko‘zini lo‘q qilib tu-
radi. Rus tilini bilmasmish. Aslida-ku, sovet hokimiyatida
oltmish to‘qqiz yil yashab rus tilini o‘rganmaslik... Biladi!
Baloni biladi! 0 ‘zini go‘llikka soladi. Keyin majbur bo‘la-
san Berdiyevga o‘xshagan mahalliy huquqshunoslami yor-
damga chaqirishga...“
- Laureatingizning mashinasi tezroq yura oladimi, yo
aravadan farqi yo‘qmi?
- Mayli-ku, yo‘l tor, Vasiliy Stepanovich! Telejka chiqib
qolishi mumkin...
- Tor bo‘Isa, ko‘zingizga qarang! Meni birinchi marta
ko‘rayotganingiz yo‘q!
98
Do'stlaringiz bilan baham: |