Vasserman reaksiyasi- asosan komplementni bog’lash reaksiyasiga (KBR) asoslangan (reaksiyani mohiyati, mexanizmlarga immunologiya bo’limiga qaralsin) bo’lib, bu reaksiya nihoyatda sezgir va o’ziga xos bo’lganligi uchun zaxmning diagnostikasida trepanemasiz va trepanemali antigenlar bilan qo’yiladi. Reaksiya uch tipdagi antigenlar qo’llanilgan holda olib boriladi: 1) trepanemali tarkibida ultratovush bilan tozalangan yoki rekonbinat trepanema antigeni; 2) maxsus bo’lmagan (trepanemasiz) kardiolipidli antigen; 3) maxsus bo’lmagan (trepanemasiz)-xolesterinli (buqa yuragi muskullaridan olingan lipoidlarning spirtli eritmasi).
Tekshiriladigan zardob 1:4 nisbatda suyultirilib, 4 probirkalarga ml dan quyiladi .Bilvosita immunoflyuoressensiya reaksiyasi BIFR (FTA-test flujrescent trepnemal antibody) yoki RIF juda spesifik bo’lib, bunda to’qima trepanemalarning suspenziyasi antigen tariqasida ishlatiladi. Bemor qon zardobi 1:200 nisbatda suyultiriladi, aktivligi kamaytiriladi. Yog’sizlantirilgan buyum oynasiga bir tomchi antigen tomiziladi, quritilib 5 minut mobaynida toza asetonda fiksasiya qilinadi. Keyin xuddi shu preparatga bemor qon zardobi tomiziladi va 30 minutdan so’ng yuviladi. Quritilgan preparatlar odam globuliniga qarshi flyuoressentli zardob bilan qaytadan ishlanadi. Analiz oxirida preparatni lyumenesent mikroskopda ko’zdan kechiriladi va trepanemalarning yog’dulanish darajasi belgilanadi. Ma’bodo bemorning qon zardobi tarkibida trepanemaga qarshi antitelalar mavjud bo’lsa, trepanemalar yog’dulanadi va ularning soniga qarab reaksiya javobi o’qiladi.
Rikketsiyalar — alohida guruh polimorf bakteriyalardir. Ular hujayra ichidagi parazitlar bo’lib hisoblanadi. Ular Sheke Shaseae oilasiga kiradi. Rikketsiyani birinchi bo’lib amerikalik olim Rikkets aniqlagan va u shu kasallikdan o’lgan.1913 yili Chex olimi Provatsek toshmali tif bilan og’rigan bemor qonida rikketsiyalarga o’xshash mikroblarni aniqlagan. U ham toshmali tifdan o’lgan. 1916 yilda Portugaliyalik olim Rosha—Lima o’zining uzoq vaqt tekshiruvlari natijasida Meksika va Yevropa toshmali tif kasalliklarining qo’zg’atuvchisi ham Rikkets aniqlagan mikroblarning bir turi ekanligini isbotladi. Shuning uchun rikketsinlarga Rikkets nomi berildi. Epidemiologik toshmali tif qo’zg’atuvchisiga esa Provatsek rikketsiyalari nomi berildi. Toshmali tifni o’rganishda rus olimlari A. A. Krontovskiy, P. F. Zdrodovskiy, Ye. S. Galinevichlar katta hissa qo’shganlar. Rikketsiyalar orasida odam, hayvon uchun patogen turlari ham uchraydi. Rikketsiyalar keltirib chiqaradigan kasalliklarga rikketsiozlar deyiladi. P. F. Zdrodovskiy rikketsiyalarni 5 ta guruhga bo’ladi:
1. Toshmali tif rikketsioz guruhi.
2. Kanali toshmali isitma guruhi.
3. Tsutsugamushi guruhi.
4. Ku—lixoradka (isitma) guruhi.
5. Paroksizmal rikketsioz guruhi.
Morfologiyasi. Rikketsiyalarning sharsimon, mayda va yirik tayoqchasimon, ipsimon shakllari uchraydi. Rikketsiyalar spora va kapsula hosil qilmaydi, harakatsiz, Gramm manfny, Romanovskiy - Gimza, Zdrodovskiy usullarida bo’yalganda qizil rangga bo’yaladi.
Kul’tural xossasi. Xo’jayin to’qimasida bo’linib ko’payadi. Mikroblarning har bir turi xo’jayin to’qimasining sitoplazmasida, yadrosida, vakuolalarida rivojlanadi. Ular o’ziga sezuvchan hayvonlarning to’qimalarida, tovuq embrionida yaxshi rivojlanadi.
Fermentativ xossasi.aktiv emas. Toksigenligi. Termolabil endotoksin qo’shiladi.
Antigenligi. Rikketsiyalar 2 ta antigen ishlab chiqaradi: guruhli termostabil va spetsifik termolabil antigenlar. Chidamliligi. Ku - isitmasidan tashqari rikketsiyalar yuqori haroratga kam chidamli. Past haroratga va quritishga barcha rikketsiyalar chidamli va ular antibiotiklarga sezuvchandir.
Toshmali tif. Epidemik toshmali tif qo’zgatuvchisi RiskeIzga rgouagekp hisoblanadi. Morfologiyasi. Polimorf, sharsimon, gantelsimon, ipsimon shakllarda uchraydi. Zdrodovskiy usulida bo’yalganda qizil rangga bo’yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |