Zaxmning serologik diagnostikasi. Ko’pchilik hollarda zaxm qo’zg’atuvchisini bakterioskopik aniqlash mumkin bo’lmaydi yoki juda qiyin bo’lishi mumkin. Shuning uchun zaxm diagnostikasida serologik usul qo’llaniladi. Zaxm kasalligida ham boshqa kasalliklarga o’xshash organizm qo’zg’atuvchiga qarshi kurashadi va qonda ko’plab unga qarshi himoya antitelalar hosil bo’ladi. Kasallarning qon zardobidan bu antitelalarni aniqlash serologik usulning mohiyati hisoblanadi.
Zaxmning serologik diagnostikasida ikki tipdagi antigenlar qo’llaniladi. Antigenlarning birinchi tipi trepanemasiz antigen bo’lib maxsus (fabrichno) korxonalarda chiqariladi, tarkibi zaxm kasalligida organizmda to’qimalar va oqish trepanemalarning parchalanishi natijasida hosil bo’lgan mikrobni lipid va to’qima fosfolipid antigenlarga o’xshash, analogi bo’lib, ularga qarshi hosil bo’lgan AT bilan (buqaning yuragidan tayyorlaniladi) spesifik birika oladi.
Antigenning ikkinchi tipi trepanemali antigen bo’lib laboratoriya sharoitida ultratovush yordamida tozalangan trepanema shtammi yoki ulardan ajratib olingan rekombinat Ag hisoblanadi.
Laboratoriya sharoitida antigenga bemor qon zardobi qo’shiladi, Agar kasal qonida bu antigenlarga qarshi AT bo’lsa Antigen+antitela reaksiyasi ro’y beradi, uning natijalari turli serologik usullarda aniqlanishi mumkin. Zaxmda serologik usullari quyidagi holatlarda qo’llaniladi.
1. Ma’lum guruh aholini ommaviy tekshirish jarayonida: (homilador ayollarni, qon va organlar topshiruvchi donorlarni, harbiy xizmatchilarni, ba’zi bir mutaxassisliklar; vrachlar, oziq ovqat tayyorlash, sotish sohasidagi ishchilar, qamoq muddatini o’tuvchilar va albatta stasionarga davolanish maqsadida yotmoqchi bo’lganlar) oson va qimmat bo’lmagan, tez bajariluvchi usul qo’llaniladi. Bu usullar profilaktik maqsadda olib boriladi.
2. Ikkinchi holatda esa serologik reaksiyalar bemorga diagnoz qo’yish maqsadida (zaxmning klinikasi bor bemorlar, genital organlarida yarasi bor kishilar, bemorlar bilan jinsiy aloqada bo’lganlar, ikkilamchi zaxm bilan yaqindan kontakt bo’lganlar, zaxm bilan kasallangan ayollardan tug’ilgan bolalar, boshqa tanosil kasalliklar bilan og’rigan va diagnozi tasdiqlanganlar) har ikkala (trepanemasiz, trepanemali) antigen bilan birgalikda olib boriladi.
Profilaktik maqsadda olib borilganda quyidagi serologik usullar plazmadagi reagenlarni (AT) aniqlashda qo’llaniladi: mikropresipitasiya reaksiyasi (MPR); komplementni bog’lash reaksiyasi (KBR). Bu reaksiyalarning ijobiy xususiyati tez bajarilishi, arzonligi va murakkab reagentlarni zarur bo’lmasligi hisoblanadi. Ammo, bemor organizmida hosil bo’layotgan antilipid antitelalar, faqat zaxm kasalligida emas, balki boshqa trepanematoz, o’tkir va surunkali ko’plab kasalliklarda ham paydo bo’ladi. Antilipid AT lar qattiq shankr hosil bo’lgandan so’ng 7-14 kundan keyin yoki infeksiya yuqandan 4-5 hafta keyin paydo bo’ladi. Trepanemasiz testlarning kamchiligi:
- yolg’onmanfiy natija (bemor qon zardobida AT juda ko’p bo’lsada zardobni suyultirmaslik natijasida prozona fenomeni kuzatiladi, bu holat zaxmning ilk davrida yoki OITS bilan birgalikda kuzatiladi);
- zaxmning keyingi bosqichlarida reaksiya o’z sezgirligini yo’qotishi.
Antilipid AT lar bemor organizmida uzoq saqlanmaydi va kasallik dinamikasida, davolash davrida yo’qolib boradi. Shuning uchun bu AT larning aniqlash zaxmga taxminiy diagnoz qo’yishda va bemorlarni davolash samarodorligini aniqlashda qo’llaniladi.
Zaxmning maxsus serologik diagnostikasida trepanema testlari qo’llaniladi. Yuqorida keltirilgan usullar bilan bir qatorda quyidagi serologik reaksiyalar ishlatiladi:
- komplementni bog’lash reaksiyasi (KBR)
- immunoflyuoressensiya reaksiyasi (IFR turli modifikasiyasi)
- passiv gemagglyutinasiya reaksiyasi (PGAR)
- immunoferment analiz (IFA) rekombinatli IFA
- oqish trepanemalarni immoblizasiya reaksiyasi (OTIR)
- immunobloting
Trepanemali testlar maxsus va o’ta sezgirligi tufayli (jadval ) zaxm kasalligi diagnozini tasdiqlashda asosiy usullardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |